95
G‘ujumlarning pishishi - o‘suv davriniig beshinchi fazasi bo‘lib,
bu g‘ujumlar pisha boshlashidan to to‘liq pishgungacha davom etadi.
G‘ujumlar navga xos rangga kira boshlaydi, tarkibida kimyoviy
o‘zgarishlar ro‘y beradi, qand moddalari ko‘payadi, dastlab glyukoza,
keyinchalik fruktoza miqdori ortib boradi, pishganda ularning miqdori
baravarlashadi. Kislotaliligi va oshlovchi moddalar kamaya borib,
xushbo‘y moddalar miqdori oshadi. Qora kishmish navilrida tabiiy
qand miqdori 28-30 % gacha to‘planishi mumkin.
G‘ujumdagi urug‘lar dastlab och yashil bo‘lib, g‘ujumlar to‘liq
pishganda jigar rangga kiradi. Uzum pishganda uzum boshining bandi
ayrim navlar (Nimrng, Toyifi va h.k.) da yog‘ochlana boshlaydi.
Hosil uzumning texnik pishiqlik davrida (qand
moddalari va
kislotalilik yetarli bo‘lganda) teriladi. Iste’mol qilish, mayiz qilish, vino
tayѐrlash uchun uzum tarkibidagi qand moddasi va kislotalilik talab
darajasida bo‘lganda uziladi. Texnik pishiqlik fiziologik pishiqlikdan
oldin yoki kech va ѐki bo‘lmasa, u bilan teng kelishi kerak bo‘ladi.
Mahsuldorlik deganda tokning o‘suv davrida biologik, xo‘jalik
mahsulotlari (hosil) berishga qodirligi tushiniladi. Xo‘jalik
hosilning embrional, potensial, haqiqiy hosildorlik kabi xillari bor.
Embrional hosildorlik—bu shu yilgi pishib yetilgan novdalardagi
qishlovchi kurtaklarda shakllangan to‘pgul murtagining miqdori va
ularning tinim davridagi holatini aniqlash yo‘li bilan belgilanadi.
Biologik hosildorlik (o‘simlik organik mahsulotlari massasi) -
o‘simlikning
barg maydoni, ularning hosil shakllanishi davridagi
mahsulot hosil qilish faoliyati bilan bog‘liq. Xo‘jalik hosildorlik — har
bir tok tupi yoki bir gektarda yetishtirilgan uzum hosilining umumiy
miqdori. Potensial hosildorlik (hosil) - eng oliy sharoitda qishki
kurtaklarning 100% hosil berish qobiliyatiga ega bo‘lgandagina
olinishi mumkin bo‘lgan hosil. Amaliyotda bunga erishish juda
qiyin.
Haqiqiy hosildorlik - odatda embrional va potensial hosildan
kam bo‘ladi. Hozirda embrional hamda haqiqiy
hosilni potensial hosil
darajasiga yetkazish va buning uchun eng zarur sharoitlarni yaratish
uzumchilik oldida turgan asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu borada
uzum navi, tok tuplarida qoldiriladigan novda (kurtaklar)lar, jumladan,
hosilli novdalar miqdori, hosildorlik va hosil berish koeffitsentlari,
uzum boshlarining hajmi va h k. muhim rol o‘ynaydi.
Xosildorlik koeffitsienti — bitta
hosilli novdadagi Uzum
96
boshlarining soni. Navning asosiy belgilaridan hisoblanib, xo‘raki
va kishmishbop navlarda odatda 1, ba’zan 2, vinobop navlarda esa
2-3 ta bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkichni tok kesish vaqtida
novdalarni kerakli miqdor va uzunlikda koldirish, tokning oziqa va
suv rejimini yaxshilash, novdalar uchini chilpish, chekanka qilish,
tok novdalarini simbag‘azlarga egibroq bog‘lash kabi tadbirlar
yordamida oshirish mumkin.
Shuni
qayd etish lozimki, tokning rivojlanish fazalariga, nav
xususiyati, yilning qanday kelishi va agrotexnikaning sifatiga
chambarchas bog‘liqdir.
Respublika sharoitida uzumchilik bilan shug‘ullanadigan har bir
fermer xo‘jaliklari tokning o‘suv davrlarini belgilab, uni ilmiy asosda
o‘rganib, har bir o‘suv davridagi fazalarga alohida e’tibor berishlarini
talab etadi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan fikrlardan shu ma’lum bo‘ladiki,
tokni parvarish qilishda o‘suv davrlariga katta e’tibor berish, navning
morfo-biologik
xususiyatlarni,
tuproq-iqlim
sharoitini
chuqur
o‘rganish, navlardan foydalanish yo‘nalishlarini hisobga olish,
agrotexnik parvarishlash chora-tadbirlarni vaqtida va sifatli o‘tqazish,
maqbul resurstejamkor suv va ozuqa rejimini qo‘llash
uzumchilik
sohasining samaradorligini oshishiga sabab bo‘ladi.