• tok tuplarini yashil ksmlari xomtok novdani uchini chilpish kilish xalkalash
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    5.
     
     Tok tuplarini yashil kismiga tasnif bering. 
    6.
     
     Xomtok va uni utkazish tartibi. 
    7.
     
    Navdalarni uchini chilpish kilish. 
    8.
     
    Ustiruvchi tormozlovchi retardantlar va biostimulyatorlardan 
    foydalanish.
    9.
     
     Tok tuplarini yashil ksmlari xomtok novdani uchini chilpish 
    kilish xalkalash 
     
    Tayanch iboralar: 
    o‘suv davri, tinim davri, shira harakati, novda 
    va 
    to‘p gullarning o‘sishi, gullash, g‘ujumlarning o‘sishi, 
    g‘ujumlarning pishishi, barglarning to‘kilishi,
    tok tuplarini yashil 
    ksmlari xomtok novdani uchini chilpish kilish xalkalash 
    7.1.
    Uzumchilikda tok kesish muhim agrotexnik tadbirlardan biri 
    bo‘lib, tokning o‘sishi va meva qilishini tartibga soluvchi vositadir. Bu 
    shakl berish usuli tokni parvarishlash uchun qulay bo‘lib, u 
    tokzorlardan foydalanish muddatini uzaytiradi, ya’ni yoshartiradi. 
    Tokka to‘g‘ri shakl berilish, uni o‘stirish tizimini tupdan yaxshilab, 
    uzoq vaqt va muttasil hosil olinishini ta’minlaydi, quyosh nuridan, 
    issiqlik, suv va oziqa moddalaridan to‘liq foydalanishga, shuningdek, 
    texnika vositalaridan keng qo‘llanishiga sharoit yaratadi. Pirovard 
    natijada katta daromad keltiradi.
    Agar tok qishda ko‘miladigan mintaqada o‘stirilsa, ko‘pincha, 
    ularni ko‘p yengli, yelpig‘ichsimon shaklidan uzumchilik fermerlari 
    ko‘proq foydalanishadi. Bu tok tuplarini ko‘mishni osonlashtiradi, hosil 
    elementlarni beshikast saqlab qoldirishga imkon beradi.
    Tuplarni shakllantirishda va ulardan foydalanishda o‘z vaqtida, 
    to‘g‘ri xom tok qilish muhim ahamiyatga ega. 
    Uzum 
    tupida 
    yetarli 
    miqdorda kurtaklar bo‘lmasa, 
    rivojlanadigan novdalar soni amalda kamayib ketadi. Kurtaklar 


    85 
    qo‘ltig‘ida me’yordan ortiqcha kurtak bo‘lsa, hosildorlik pasayadi, 
    uzum boshi va mevasining o‘rtacha og‘irligi kamayadi, keyingi yili 
    meva olish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan novdalar uzunligi va 
    sonini qisqartirish lozim bo‘ladi.
    Tokzorlarda tok kesishni birinchi navbatda, erta va o‘rtapishar 
    navlardan boshlash zarur, chunki ularning novdalari tezroq pishadi, 
    kesishga qulay bo‘ladi. 
    Tokni umum qabul qilingan texnologiya bo‘yicha kesish tavsiya 
    etiladi. Bunda o‘tkir tok qaychi va arradan foydalanish tavsiya etiladi. 
    Yenglar faqat ichki tomondan kesiladi va bunda kesilgan joylar 
    yaqinidagi zararlangan maydonlarning tutashib ketishiga yo‘l 
    qo‘yilmasligi kerak. Natijada bu tupning o‘sishini susaytiradi va 
    hosildorligini kamaytiradi. Zanglarni kunda qoldirmay kesish, burchak 
    kurtakdan novda hosil bo‘lishini istisno etish lozimligi ko‘rsatilgan. 
    O‘rinbosar novda har doim mevali novdadan pastda va yengning 
    tashqi tomonida qoldirilishining afzalligi isbotlangan.Yengda bir necha 
    mevali 
    novda 
    qoldirilganda, 
    kesish 
    uzunligini 
    ularning 
    joylashganligiga koʻra tabaqalashtirish kerak: mevali novda eng 
    asosidan qancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, u shunchalik uzoqda (uzun) 
    qoldirilib kesish tavsiya qilingan. Novdadagi kesik silliq bo‘lishi va tez 
    bitishi uchun tok qaychining bo‘rtik kesuvchi jag‘i tupda qoladigan 
    novda yoki eng qismiga qaratilib kesish zarurdir.
    Kuzgi tok kesishni shakllantirish uchunkeraksiz novdalar va o‘sib 
    ketgan yenglar olib tashlanadi, bir yillik novdalarni ishlatilish 
    maqsadiga (novda yoki mevali novda) ko‘ra kaltalashtiriladi va bu 
    yaxshi natija beradi.
    Meva qiladigan yelpig‘ichsimon shakldagi tuplar tup boshidan 
    kesiladi, bunda skelet novda bargdan tozalanadi. Tik o‘suvchi novdalar 
    asosga taqab kesiladi. O‘sib ketgan va egilmaydigan bo‘lib qolgan 
    yenglar olib tashlanadi. Ular o‘rniga bachki(o‘rinbosar) novdalar 
    qoldiriladi. Tupda pishgan novda to‘rttadan kam bo‘lsa, u holda qator 
    joylashgan kuchli novdalar yangi yeng shakllantirish uchun qoldiriladi. 
    Yenglar uchun asosga yaqin joylashgan ikki-uchta kuchli novda 
    tanlanadi, tupning ichki tomoniga qarab o‘sgan eng pastki 2-3 ta 
    ko‘zcha, undan yuqorisida 6-7 ta, eng yuqorisida 10-15 ta ko‘zcha 
    koldirib kesish maqsadga muvofiqdir. Yeng tez o‘sib ketmasligi uchun 
    o‘rinbosar novdalar qoldiriladi. Ikkita hosilli novda kuchli hosil 
    bo‘g‘inini tashkil etadi. 


    86 
    Toklari ko‘miladigan tumanlarda kuzda ularni kesishda qabul 
    qilingan kesish me’yoridan 20-25% ortiq miqdorda hosilli novdalar 
    ko‘proq qoldirilib kesiladi. Chunki, qish fasli va erta bahor qanday 
    kelishiga qarab, hosilli novdalarning ko‘zchalari ko‘p qoldiriladi va 
    ko‘klamda toklar ochilgandan so‘ng, sovuq urgan, shikastlangan 
    novdalar olib tashlanadi va korrektirovka qilinadi. 
    Har yili tok navlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun ulardagi 
    kurtaklar sonini, tokning o‘sish kuchi, nav xili va hosil berish 
    xossalarini inobatga olib, tok kesishni o‘tkazish tavsiya etiladi. 
    Meva qilish koeffisiyenti past bo‘lgan (rivojlangan novdalardagi 
    uzumboshi sonlari), kuchli o‘suvchi xo‘raki uzum navlaridan: Oq va 
    Pushti toyfi, Nimrang, Husayni, Surxak kitabskiy, shuningdek, 
    mayizbop uzumlardan-Qora va Oq Kishmish, Kishmish Xishrau, 
    Kishmish So‘g‘diyona, Kishmish Samarqand va h. k.larda ko‘zchalar 
    (pindiq) ko‘proq qoldiriladi. Tokning yoshi va o‘sish kuchi, nav xiliga 
    qarab, yenglarida kuchaytirilgan hosilli novdalar qoldirilib, ularning 
    soni novdaning yo‘g‘on va ingichkaligiga qarab, 10-16 tagacha, voish 
    va so‘ritoklarda uzum naviga qarab, 20 tagacha kurtak qoldirib 
    kesiladi. Baquvvat, ko‘p yillik toklarda 200-300 tagacha kurtak 
    qoldirib kesiladi. 
    Soyaki, Bayan-shirey, Kuljinskiy navlarida oziqlanish maydoni 
    3x2,5 m ni tashkil etib, hosilli novdalarida 160-200 tagacha kurtaklar 
    qoldirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
    O‘rtacha o‘suvchi Pushti Muskat, Saperavi, Aleatiko vinobop 
    uzum navlarida kurtaklar soni 150 dan 180 tagacha bo‘lganda, hosili 
    mo‘l va sifatli bo‘ladi. Hosil novdalari ko‘p va kuchsiz o‘suvchi
    vinobop navlarda Pino chernыy va Risling navlarida kurtaklar sonini 
    80-100 tadan ortiq qoldirmaslik kerak. 
    Viloyat sharoitida tok navining o‘sish kuchi va navning xiliga
    turiga qarab, kuchli o‘suvchi navlar uzun, sekin o‘suvchi navlar esa 
    kalta kesiladi. Hosil novdalarida 6-8, 9-12, 13-16-20 tagacha kurtak 
    qoldirib kesiladi. 
    Viloyatning ko‘pgina tumanlarida tok tupini ko‘mishdan oldin va 
    ochgandan keyin erta bahorda bo‘lib turadigan qora sovuqlar, 
    kurtaklarning zararlanishiga, tok tanasining ko‘p yillik qismlaridagi 
    to‘qimalarning qurishiga olib kelishi mumkin. 
    Kuchli zararlangan tokzorlarda qisqa muddat ichida tok tupi yer 
    ustki qismini qayta tiklash va ikkilamchi novdalardan (bachkilar) va 


    87 
    ko‘p yillik tok tanasidagi uyg‘onmagan kurtaklarning uyg‘onishidan 
    hosil olish uchun tok tupiga yuqori agrotexnik tadbirlar o‘tkazish 
    natijasida hosil olish imkonini yaratish mumkin. 
    Ta’kidlash joizki, tokning asosiy novdvlarida, kundaning pastki 
    qismida rivojlanmagan, uyg‘onmagan kurtaklar zaxirasi mavjud. 
    Ulardan asosan o‘suv shoxlari, ya’ni mevasiz novdalar paydo bo‘ladi 
    va tok tupini qayta tiklanishiga sabab bo‘ladi. 
    Tokka yaxshi suv-oziqa rejimi qo‘llanilganda, qo‘shimcha 
    kurtaklarning rivojlanishiga olib keladi. Sovuqdan zararlangan 
    tokzorlarni birinchi navbatda, sug‘orish va sug‘orish bilan birgalikda 
    oziqalash talab etiladi. 
    Sug‘orilgandan keyin tok novdasida ko‘plab bachkilar o‘sib 
    chiqadi, ulardan tana tupida qulay joylashgan, tupning pastki qismida 
    va qator bo‘ylab o‘suvchi 8-10 ta kurtakli novda qoldiriladi, qolganlari 
    yulib tashlanadi. Bu tadbirni imkon qadar barvaqt, ya’ni yosh novdalar 
    tez yulinadigan davrda o‘tkazilishi lozim. 
    Plastik, yengli qilib to‘g‘ri shakllantirilgan va kesilgan tok tupi 
    oson va ixcham holda yer betiga joylashadi, bunday holat tokni kechki 
    kuzda sifatli qilib ko‘milishga imkon beradi. 
    Ko‘p yillik ma’lumot natijalariga qaraganda, O‘zbekiston 
    Respublikasining shimoliy hududlarida ko‘pincha, noyabr oyining 
    birinchi dekadasida havo harorati minus 10-12
    0
    Sgachani tashkil etgan. 
    Ana shunday ayozli kunlarda hali novdalari pishib ulgurmagan va 
    ko‘milmaydigan tok novdalariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu 
    bois, qora sovuq tushma- sidan oldin toklarni oktyabr 
    oyining 2-dekadasdan boshlab, ularni kesish, hosilni yig‘ish va ko‘mish 
    ishlarini tugallash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
    Yarim yelpig‘ichsimon shakl berilgan tok novdalari faqat bir 
    tomonga pastki va ikkinchi simlarga, hosil beruvchi novdalar esa, 1-2 
    va istisno tariqasida(baquvvat, tez o‘suvchi tok navlari) 3 –simlarga 
    tartib bilan novdarni joylashtirib bog‘lanadi. Tok novdalarining pishib 
    etilishi, hosil berishi, uning sifatli va ko‘rimli bo‘lishi, ularni qishgi 
    mavsumga tayyorlash ishlari o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlarning 
    sifatli va o‘z muddatida to‘g‘ri bajarilishiga bevosita bog‘liqdir.
    Bir qator tok navlarida gullar qo‘sh jinsli bo‘ladi. Ayrim uzum 
    navlari esa ayrim jinslidir. Masalan, Charos, Kattaqo‘rg‘on va Nimrang 
    va boshqa shunga o‘xshash uzum navlarining gullari urg‘ochi tipdagi
    gul toifasiga kiradi. Bunday tipdagi uzum navlarini yaxshi 


    88 
    parvarishlash bilan birgalikda, chetdan yaxshi changlanishiga (sun’iy 
    changlantirish) sharoit yaratish ham lozim bo‘ladi. Shundagina ularning 
    gullari yaxshi changlanib urug‘lanadi. Qayerda shu toifadagi tok 
    navlari bo‘lsa, ularning yaqiniga Oq va Qora kishmish, Husayni, 
    Pushti Toyfi singari uzum navlarini ekish tavsiya etiladi. 
    Tok novdalarini xomtok qilish asosan ikki marta o‘tkaziladi. 
    Birinchisi 

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish