78
10.Tok kesishni konuniyatlari. Muddatlai va texnologiyasi .
11.Tok kesish usullari.
12.Xomtok kilish.
Tayanch iboralar:
bir yillik hosilli va hosilsiz novdalar, qo‘ltiq
kurtak, zaxira kurtak,
bo‘g‘im va bo‘g‘im oralig‘i,
bachki novda,
madang, zang.
6,1 Tok ko‘milmaydigan joylarda uning tanasi tik, ko‘miladigan
joylarda esa yotiq yoki yerga yaqin holatda o‘stiriladi.
T
anasining bosh
qismi, ya’ni kundasi 35-45 sm uzunlikda bo‘lib, ko‘p yillik novdalar
12-18 sm uzunlikdagi butoqchalar paydo bo‘lib, ulardan esa bir yillik
hosil novdalari va kelgusi yili bahorda
hosilli va hosilsiz yashil
novdalar rivojlanadi. Hosilli va hosilsiz novdalardan esa o‘suv davrida
bachki novdalar o‘sib chiqadi. Bir yillik yashil novdalar bo‘g‘im va
bo‘g‘im oralig‘idan tashkil topib, bo‘g‘imlarda barg, jingalak,
kurtaklar, to‘pgul (keyinchalik shingilga
aylanib uzum boshini hosil
qiladi) joylashgan bo‘ladi.
Tokda bir yillik yashil novda ikkinchi yili
madangga, uchinchi yildan boshlab zangga aylanadi.
Kunda yosh (1-2 yillik) tok tupida uncha sezilmaydi. Chunki vaqt
o‘tishi bilan zangga aylangan novdalar turli balandlikda joylashgan
bo‘ladi. Tok yoshiga qarab novdalar deyarli bir tekislikda joylashib,
keyinchalik ular kundani hosil qiladi. Tok tupi qarigan sari kunda
yo‘g‘onlasha boradi. Tok tuplariga kallaksimon, kosasimon,
yelpig‘ichsimon va yarim yelpig‘ichsimon
shakl berilganda
kundalar aniq ko‘zga ko‘rinadi.
Kalta (2-3 kurtak qoldirib) kesilgan novda