Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

Azot
,
 
oqsillar, nuklein kislotalar, aminokislotalar, fermentlar, 
darmondorilar, xlorofill, glyukozalar kabi moddalar tarkibiga kiradi. 
Azot saqlovchi moddalar tok butasidagi moddalar almashinishi 
(metabolizm) jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Azot tuproqdagi 
gumus va mineral holida bo‘lib, ular faqat mikroorganizmlar ta’sirida 
parchalanib nitrat va ammiak shakliga o‘tgandagina o‘simlik 
tomonidan o‘zlashtiriladi. Azotning nitrat shakli o‘simlik tomonidan 
tez o‘zlashtiriladi. 
Azot yetarli bo‘lganda tok novdalari jadal o‘sadi, mahsuldorligi 
va g‘ujumlardagi qand moddalari miqdori ortadi.
Azot yetishmasa, kurtaklar kech uyg‘onadi, novdalar sust o‘sadi, 
g‘ujumlar yaxshi tugmaydi, uzum boshlari siyraklashadi, barglar och 
yashil rangga kiradi.
Azot ko‘payib ketsa
, kurtaklar 
to‘liq shakllanmaydi
, kurtaklar 
barvaqt uyg‘onib novdalar va bachkilar ko‘plab rivojlanadi, novdalar 
yaxshi pishmaydi, sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. 
Fosfor 
nuklein 
kislotalar 
tarkibiga 
kirib, 
moddalar 
almashinuvida muhim rol uynaydi. Uzumning urug‘i va g‘ujumida 
ko‘p bo‘ladi. Fosfor ta’sirida qishlovchi kurtaklarda to‘pgullar 
shakllanadi, g‘ujumlar yaxshi tugiladi, ildiz rivojlanadi, o‘suv davri 
qisqaradi, tokning qurg‘oqchilikka va sovuqqa chidamliligi oshadi. 
Fosfor yetishmaganda novdalar, barglar, to‘pgul, uzum boshlari
ayniqsa ildiz sust rivojlanadi, novdalar yaxshi pishmaydi, sovuqqa 
ta’sirchan bo‘ladi. Barglari o‘ziga xos bo‘lmagan to‘q rangga kiradi, 
maydalashadi, to‘qimalari tez yemiriladi, o‘simlik ko‘p yashamaydi. 
Fosforli o‘g‘itlar tuproqda kam harakatchan bo‘ladi. Shuning 
uchun ular ildizning asosiy qismi joylashgan tuproq qatlamiga solinishi 
lozim. Karbonatli tuproqlarda fosforni ortiqcha solish rux, temir kabi 
moddalarning o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qilib, xloroz kasalligini 
keltirib chiqarishi mumkin. 
Kaliy 
ham o‘simlik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u 


72 
tokning fiziologik va biokimyoviy jarayonlar jadal kechadigan 
to‘qimalari va organlarida ko‘p to‘planadi. Ayniqsa, novda, barg, 
kurtaklarning jadal o‘sib rivojlanayotgan davrida kaliy k o‘p bo‘ladi. 
Kaliy ta’sirida fotosintez jarayoni kuchayadi, novdalr yaxshi pishadi, 
g‘ujumlarda qand moddalari ko‘payadi, tokning sovuqqa chidamliligi 
oshadi. Kaliy yetishmaganda tokning 
sovuqqa chidamliligi, 
novdalarning pishishi, g‘ujumlarning shiradorligi pasayadi, barglar 
atrofida jigar rang hoshiya paydo bo‘ladi. 
Tok o‘simligining o‘sish va rivojlanish davrlarida kalsiy, 
magniy, temir, bor, rux, mis, marganes kabi makro va 
mikroelementlarning roli m u h i m a h a m i y a t k a s b e t a d i . 

Download 4,88 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish