Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

Nazorat savollari: 
1.Ko‘chatxona nima,tasniflang? 
2. Ko‘chat yetishtirish texnologiyasi deganda nimani tushunasiz? 
3. Ko‘chat qanday tayyorlanadi? 
 
 


65 
5-MAVZU: TOKZOR BARPO QILISH. 
 
Reja: 
1.
. Y osh tokzorlarni barpo etishning axamiyati.
2.
Y osh tokzorarni barpo etishda kuralidiganchora- tadbirlar rejasi 
3.
Y osh tokzorlarni parvarishlash agrotexnologiyasi
4.
Y osh tokzorlarni ugitlash va sugorish tizimlari 
Tayanch suzlar Yosh tokor,tok kochati,ekladigan maydon, barpo 
etish.tadbirlar rejasi, parvarishlash,agrotexnologiva,ugitlash, sugorish 
Tokzorlar bunyod etishdan oldin, tok ko‘chati ekiladigan maydonlarni 
obdon ekishga tayyorlash ishlarini sifatli bajarishni talab qiladi.
Avvalam bor, yer maydoni tanlanib, uni turli xil ko‘chatga xalal 
beruvchi tosh va shag‘allardan tozalanadi. Texnika vositalarini yaxshi 
ishlashi va tokzorlarni oziqalashda, sug‘orishda qulay muhit yaratish 
maqsadida, notekis maydonlar tekislanadi. Yerni ekishga tayyorlashda 
buldozer, skriper va greyderlar va boshqa yordamchi mexanizmlar 
qo‘llaniladi. 
Yer tanlashda yer osti suvi juda yaqin bo‘lmagan yerlar 
tanlanishi lozim. Yer osti sizob suvi qanchalik yaqin bo‘lsa, u g‘ovlab 
ketib, hosil shoxi o‘rniga ko‘proq o‘suv shoxi rivojlanib, kam hosilli, 
novdalari g‘ovakli bo‘lib, sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. Agar tokzorlarni 
barpo etishda noto‘g‘ri yer tanlanib, biron-bir xatolikka yo‘l qo‘yilgan 
taqdirda, mazkur tokzorlardan 50-60 yil davomida kam hosil olinadi, 
iqtisodiy samaradorlik past bo‘ladi. 
Buxoro viloyatining qariyib barcha maydonlari turli darajada 
sho‘rlangan bo‘lganligi va yer osti sizob suvlari yuza joylashganligini 
inobatga olib, kuchli sho‘rlangan yerlar kech kuzda va qish mavsumida 
sho‘ri yuviladi, sizob suvi sathini pasaytirish uchun gorizontal va 
vertikal zahburlar qaziladi. 
Viloyatning tog‘li hududlarga yaqin bo‘lgan yon bag‘irli 
adirlarning qiyaligi (tikligi) 10

dan kam bo‘lsa, tok ko‘chatlarini kontur 
usulida o‘tqaziladi. 
Yon bag‘irlarning tikligi 10

dan ortiq bo‘lgan tog‘li hududlarda 
terasser, buldozer, greyderlar bilan terrassalanadi, ularning kengligi
kamida 4 m bo‘lishi lozim. 


66 
Keyingi barcha agrotexnik tadbirlar (tuproqqa ishlov, oziqalash, 
sug‘orish, simbag‘azlarga yashil novdalarni bog‘lash, xomtok-sho‘ra 
va g‘o‘ra xomtoklarni o‘tkazish, himoyalash va h.klar) tok gullaganidan 
keyin amalga oshiriladi.
Tokzorlar mahsuldor bo‘lishi uchun dastlab, tok ildizlarining 
rivojlanishiga optimal sharoit, ya’ni maqbul suv-havo, oziqa, 
yorug‘lik, issiqlik rejimlarini yaratish zarur bo‘ladi.
Ikkinchi navbatda, ko‘chat ekishga tanlangan yer maydonini 50-
60 sm chuqurlikda to‘liq ag‘darib haydaladi. Kerakli mahalliy va 
mineral o‘g‘itlar aralashmalari ko‘chat o‘tqaziladigan maydonning 
ekish chizig‘i bo‘ylab, tuproqning unumdor, ya’ni yosh ko‘chatning 
ildiziga yaqin bo‘lgan chuqurlikka solinib ekilsa, ko‘chatlarning 
unuvchanligi ortadi, o‘simlik ildizi orqali oziq moddalarini tuproqdan 
olishi va oziqlanish darajasi yaxshilanishi yevaziga o‘sish va 
rivojlanishi yaxshilanib, tez voyaga etadi va barvaqt hosil solishga 
kirishadi.

Download 4,88 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish