Hosildor tokzorlarni parvarishlash




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

 5.3. Hosildor tokzorlarni parvarishlash 
Tabiat in’om etgan turli xil omillardan to‘liq foydalanish va har 
bir metr maydondan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun toklarni 
parvarishlashda texnika vositalaridan samarali foydalanib, ularni 
o‘stirishning turli xil tizim va usullari qo‘llanilmoqda. Bunda o‘sish 
sharoiti, tokning morfo-biologik xususiyatlari, uzum navlaridan 
olinadigan mahsulotlar qaysi maqsadda foydalanilishi hisobga olinadi. 
O‘sish kuchi turlicha bo‘lgan texnik, vinobop uzumlarni, o‘rtacha 
o‘suvchi kishmish va xo‘raki uzum navlari va lalmi yer yoki suv taqchil 
bo‘lgan yerlarda o‘stiriladigan toklarni tik simbag‘azlarda, kuchli 
o‘suvchi, xo‘raki va kishmishbop navlarini qayirma simbag‘az va 
ishkomlarda o‘stirish maqsadga muvofiqdir.
O‘stirish usuli va tizimiga ko‘ra, tok tuplarini shakllantirish uchun 
ko‘chat o‘tqazilgandan so‘ng, fermer xo‘jaliklari ikkinchi yili ustunlar
o‘rnatishlari lozim. Ustunlarni uzoq muddatga xizmat qilishini 
istaganlar temir-beton ustunlardan foydalanadilar. Ular iqtisodiy 
jihatdan samarali hisoblanadi. Yog‘och ustunlar o‘rnatadigan bo‘lishsa, 
akasiya daraxtidan yasalgan ustunlar uzoq xizmat qiladi. 


70 
Xomtok qilish vaqtida novdalarning kesilgan joyi kuzgi 
kesishdagiga nisbatan tezroq bitadi va o‘sadi. 
O‘g‘itlash toklarni oziqlashtirishning eng muhim zarur shartlaridan 
biri hisoblanadi. Tok bir joyda bir necha yillar davomida o‘sib, tup- 
roqdan anchagina oziq moddalarni o‘zlashtiradi.
Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ma’lumotlariga ko‘ra, gektaridan 
200-300 s. hosil yetishtirish uchun, bir yillik novdalarning o‘sishiga va 
olingan xosil hisobiga tok o‘simligi yerdan: 90-105 kg. azot, 40-50 kg. 
fosfor hamda 200-300 kg. kaliy moddalarini o‘zlashtirishi keltirilgan. 
Oziq, moddalarning tuproqdan ko‘p miqdorda chiqib ketishi eng avvalo 
barglar, g‘ujumlar, kesilgan novdalar hisobiga vujudga keladi. Tok oziq 
moddalarning asosiy kismini novdalar o‘sa boshlashidan, to hosilning 
pishguniga kadar o‘zlashtiradi. Shuning uchun tok o‘simligi o‘g‘itga 
doimo talabchan bo‘ladi. 
Tok yillik o‘sish jarayonida tuproq va havodan anorganik 
moddalarni o‘zlashtirib, ularni organik moddalarga aylantiradi va 
o‘zining vegetativ va reproduktiv organlarini shakllantirishga sarflaydi. 
Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tok butasi uchun 70 dan ortiq oziq moddalar 
zarur bo‘lar ekan. Ammo, ushbu oziq moddalar o‘simlik tomonidan 
turli shakl va miqdorda o‘zlashtiriladi. Asosiy oziq moddalarga 
uglerod, kislorod, vodorod, jumladan, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, 
magniy, temir, oltingugurt kabi makroelementlar hamda bor, marganes, 
molibden, mis, rux, kobalt, yod kabi mikroelementlar kiradi. 
Tok boshqa o‘simliklar qatori oziq moddalarni, asosan bargi va 
ildizi 
orqali o‘zlashtiradi.
S.G.Bondarenko(1980) ma’lumotlariga binoan, tok butasi quruq 
massasining taxminan 90% ini uglerod va kislorod (deyarli teng 
miqdorda), 5% ni vodorod, qolgan 5%ni esa mineral elementlar 
tashkil etishini o‘z tadqiqotlarida aniqlagan. 
Tokning me’yor darajada oziqlanishi uchun asosan, quyidagi 
sharoitlar bo‘lis hi zarur: a)tuproqda so‘ruvchi ildizlarning ko‘p 
bo‘lishligi, b)tuproq namligi yetarli bo‘lishi, v)ildizlarning kislorod 
bilan ta’minlaganligi, g) oziq moddalarning mavjudligi.
Dastlabki ikki sharoit tuproqqa ishlov berish va sug‘orish kabi 
agrotexnik tadbirlar tuproqqa o‘g‘it berish bilan yakunlanadi. 
Tokzor tuproqlari turli ekologik sharoitlarda, hatto bir xo‘jalikning 


71 
o‘zida mexanikaviy va kimѐviy tarkibi bo‘yicha farq qilishi mumkin. 
Shuning 
uchun 
xo‘jalikning 
yer 
maydonini 
agrokimyoviy 
kartagrafiyalash asosida o‘g‘itlashni tashkil etish zarur. Tuproq 
unumdorligini ko‘rsatuvchi omillar aniqlangach, shu asosida 
tokzorlarni o‘g‘itlashni amalga oshirish kerak. 
Ayniqsa, azot, fosfor, kaliy kabi asosiy mineral moddalarning tok 
o‘simligi hayotida muhim rol o‘ynaydi. 

Download 4,88 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish