|
Mineral va organik o‘g‘itlar, ularning tavsifiBog'liq 13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)Mineral va organik o‘g‘itlar, ularning tavsifi
Mineral (azotli, fosforli, kaliyli) hamda organik
(go‘ng, go‘ng
shaltog‘i, kompost, parranda axlati, fekaliy va h.k.) o‘g‘itlar bo‘ladi.
Mineral o‘g‘itlar o‘z navbatida oddiy (azotli, fosforli, kaliyli) va
murakkab (kompleks) o‘g‘itlarga bo‘linadi.
Oddiy azotli o‘g‘itlarga
ammiakli selitra (33-34% nitrat va
ammiak shaklida azot bor), sulfat ammoniy (20-24% ammiak shaklida
azot bor), mochevina yoki karbamid 46% azot bor);
fosforli
o‘g‘itlarga
oddiy superfosfat (14-20% fosfor bor),
qo‘sh donador
superfosfat
(42-49% fosfor kislotasi bor),
presipitat
(38-40% fosfor
bor),
tomosshlak
(12-20% fosfor kislotasi bor),
fosforit uni
(14-30%
fosfor bor);
kaliyli o‘g‘itlarga
kaliy tuzi (20-40% kaliy bor), kaliy
xlorid (48-60% kaliy bor), kaliy sulfat (42- 52% kaliy bor) va
boshqalar kiradi. Tarkibida 1,5-2% azot bo‘lgan donador superfosfat
ham qo‘llaniladi.
Murakkab (kompleks) o‘g‘itlarga
nitrofoska (12-
16% azot, 10-16% fosfor, 12-16% kaliy bor), ammofos ( 10-11% azot,
42-60% fosfor bor), diammofos (18-20% azot, 52% fosfor bor) va h.k.
kiradi.
Mikroelementlar (bor, mis, molibden, marganes, rux va h.k.)
tok
o‘simligi hayotida muhim rol o‘ynab, ular ko‘pincha murakkab
o‘g‘itlar b i l a n b i r g a l i k d a , u n i n g tarkibiga qo‘shib ishlatiladi.
Ular tokning ildizi orqali hamda ildizdan tashqari (o‘simlikka 0.05-
0.1% li suvli eritmasini purkash orqali) qo‘llaniladi.
Ekologik muhitni zararlamaslik hamda ekologik toza mahsulot
yetishtirishda organik (mahalliy) o‘g‘itlarning ahamiyati j u d a katta.
Go‘ng tuproqni sog‘lomlashtirishda va o‘simliklar hayotida
muhim rol o‘ynaydi. Uning tarkibida 0,55-0,86% azot, 0,26-0,58%
73
fosfor, 0.60-0,90% kaliy, shuningdek, kalsiy, magniy, temir, bor kabi
moddalar bo‘lib, tok butasining o‘sishi, rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi organik birikmalardan: oqsil, kraxmal, qand va h.klar
mavjud bo‘lib, ular tarkibida tuproq unumdorligini oshiruchi foydali
mikroorganizmlar bor. Go‘ng asosan kuzda, yerni shudgolash vaqtida
solinadi.
|
| |