• To‘q tusli bo‘z tuproqlar
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    Tipik bo‘z tuproqlar. 
    Bu xildagi tuproqlar bo‘z tuproqli 
    mintaqaning o‘rta qismini egallab asosan dengiz sathidan 400-500 m
     
    dan 600-800 m gacha balandlikda uchraydi. Ayniqsa, Chirchiq va 
    Ohangaron daryolarining yuqori adir va qiyaliklarida va ular atrofidagi 
    tog‘oldilarida katta maydonni egallaydi. Shuningdek Farg‘ona vodiysi 
    atrofidagi tog‘oldi qiyaliklari va adirlarda, Zarafshon tog‘oldi 
    qiyaliklari va yuqori terassalaridya Kitob-Shahrisabz tog‘ oralig‘i 
    cho‘kmasida, Surxondaryoning yuqori terassalarda hamda ularga 
    tutashgan tog‘ osti qiyaliklarida ham uchraydi. 
    To‘q tusli bo‘z tuproqlar
    . To‘q tusli bo‘z tuproqlar tog‘oldilarida, 
    tog‘ yon bag‘irlarining quyi qismlarida tog‘oldi qiyaliklarida va tog‘lar 
    oralig‘idagi daryo vodiylarida tarqalgan. Asosan dengiz sathidan 800-
    1400m balandlikda, shuningdek, Turkiston, Oloy tog‘ tizmalari, Nurota 
    va Zarafshon tog‘ tizmalarining nam kamroq bo‘ladigan yon 
    bag‘irlarida 1600 m gacha balandlikda uchraydi. 
    To‘q tusli bo‘z tuproqlarda chirindi qatlamining qalinligi 16-20 sm 
    bo‘lib, chimli gorizontining qalinligi 40-80 sm keladi. Karbonatlarniig 
    asosiy qismi 50 -100 sm chuqurlikda joylashgan. 
    Tog‘oldi mintaqasida bu xildagi tuproqning ustki qatlamini 
    ko‘pincha suv yuvib ketib, uning unumdorligini pasaytirib yuboradi. 
    Keyingi yillarda yangi irrigatsiya inshootlari qurilishi munosabati bilan 
    to‘q tusli bo‘z tuproqlar maydoni ancha kengaymoqda. Bo‘z tuproqlar 
    bog‘ va tokzor barpo etish uchun eng yaxshi yerlardan hisoblanadi. 
    Respublikada bo‘z o‘tloq, o‘tloq bo‘z tuproqlar 783000 ga, shundan 
    sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlar-423000 gektarni tashkil etadi. 
    Jigarrang tusli va tog‘ o‘rmon tuproqlar o‘rtacha balandlikdagi 
    tog‘li yerlarda, dengiz sathidan 1400-2300 m gacha balandlikda katta 
    maydonlarni egallaydi. O‘simliklar mo‘tadil ilik iqlim sharoitida 
    rivojlanadi. Yiliga 600-1500 mm gacha, ayrim joylarda esa 1800 mm 
    gacha yog‘in yog‘adi. Yozning ikkinchi yarmi va kuzning birinchi 
    yarmida yog‘ingarchilik deyarli bo‘lmaydi. Bu xildagi tuproqlarning 
    ustki qismi chirindiga nihoyatda boy, ostki-chuqurroq qatlamda esa 
    kamroq. 
    Shuningdek 
    uning 
    tarkibida 
    zararli 
    tuzlar 
    (bi, 


    57 
    gidrokarbonatlar) joylashgan. Ustki qatlami fosfor va kaliyga boy. 
    Suvni yaxshi singdiradi. 
    Jigarrang tusli tuproq strukturali bo‘lganligi uchun suv: eroziyasiga 
    chidamli, g‘ovakligi, qovushqoqligi, shuningdek suv-havo o‘tkazish 
    xossalari yaxshiligi bilan ajralib turadi. Jigarrang tusli tuproq tarqalgan 
    mintaqada yog‘inlarning ko‘p tushishi, sug‘ormasdan meva-chevalar 
    yetishtirishga imkon beradi 

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish