79
rivojlanishida yaqqol ko‘rinadi. Bu holat auksinlarning avval
novdaning uchki o‘sish nuqtasiga, so‘ngra undan pastki qismiga jadal
oqib kelishi natijasida ro‘y beradi.
Uzumchilikda bunday qutblilikni bartaraf
etish uchun barcha
kurtaklarning qariyib bir vaqtda uyg‘onishi, o‘suvchi hosilli va hosilsiz
novdalarning yaxshi rivojlanishini ta’minlash maqsadida zang va
madang (hosil beruvchi novda)largoizontal holatda egib bog‘lanadi.
Natijada o‘suv davrining oxiriga borib, novdalar yaxshi pishib yetiladi
va o‘sishdan to‘xtaydi, barglari to‘kilib, navga xos bo‘lgan
rangga
kiradi (och va to‘q, jigar rang, qizg‘ish jigar rang va
h.k.).
Asosiy novda qishlovchi kurtakning markaziy ko‘zidan o‘sib
rivojlanadi. Novda o‘sgan sari har bir barg qo‘ltig‘ida rivojlangan
kurtakdan ikkinchi tartib, ya’ni qo‘ltiq, yoki bachki novda rivojlanadi.
Qo‘ltiq, yoki bachki novdalarning barg qo‘ltig‘idan kurtaklar
shakllanib, undan uchinchi tartib novdalar o‘sib chiqadi,
ularning
asosida qishlovchi kurtaklar shakllanadi. Qo‘ltiq novdalarda kurtak
va ulardan novdalarning hosil bo‘lishi asosiy novdalarnikidan
deyarli farq qilmaydi. Qo‘ltiq, novdalar asosiy novdalarga nisbatan
sust rivojlanadi, ko‘pincha nimjon bo‘lib, eng yuqoridagilari o‘suv
davrining oxirigacha pishib ulgurmaydi.
10-rasm.
Tok organlarning
poyada joyla- nishi.
1 - hosilli novda (1 yillik);
2 - hosilsiz novda (1 yillik);
a - bo‘g‘imlar;
b - bo‘g‘im oralig‘i;
v - barg;
g - qo‘ltiq kurtak;
d - qo‘ltiq (bachki novda;
ye – jingalak (mo‘ylovlari)
j – (sho‘ra) to‘pgul;
z - novda uchi (o‘suv
nuqtasi);
i - o‘tgan yilgi novda(2yillik);
k- zang
10-rasmda tok tanasidagi mavjud hosilli va hosilsiz novdalar va
jingalaklarning poyada joylanishini umumiy ko‘rinishi aks etgan.
Tinim davrida yotgan (uyg‘onmagan, zaxira) kurtaklardan chiqqan
80
novdalar surx(qizil) yoki
bachki novdalar deyiladi, ya’ni kuchli o‘sadi,
rivojlanadi hosil bermaydi. Bu turdagi novdalar hosilsiz novdalar
guruhiga kiradi. Ular bir yillik boshqa novdalarga nisbatan yo‘g‘onroq
bo‘lishi bilan farqlanadi, hosil elementlari kam shakllanadi. Yosh
o‘suvchi novdalar yashil, o‘tsimon va mo‘rt bo‘ladi. Suv bilan yaxshi
ta’minlangan yerlarda bu novda bir
tomonga biroz yegilib turadi,
o‘sishdan qolgandan keyin esa uchi to‘g‘rilanib qoladi. Yosh o‘suvchi
novdalar bilan ko‘p yillik novdalarga parvarishlash jarayoniga katta
e’tibor berish lozim bo‘ladi.Uzum boshlari hosil novdalari pastidan
hisoblangana, odatda, uzum navlariga qarab, 3-10 bo‘g‘imlarida barglar
qarshisida joylashgan bo‘ladi.