• (ypyg‘ uchi bor). Upyg‘
  • Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/126
    Sana29.06.2024
    Hajmi4,88 Mb.
    #266182
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
    Bog'liq
    13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

    Partenokarpiya 
    xilida 
    g‘ujumlar 
    mutlaqo 
    urug‘lanmasdan tugunchadan rivojlanib, ular mayda va dumaloq, 
    bo‘ladi 
    (masalan, 
    funksional 
    urg‘ochi 
    gulli 
    navlarda). 
    Stenospermakarpiya xilida 
    esa g‘ujumlar to‘liq, urug‘lanmay 
    hosil bo‘ladi. Bu, asosan kishmishbop navlarda ro‘y beradi. 
    Urug‘ urug‘kurtakdan rivojlanib, u tokning jinsiy ko‘payish 
    organi hisoblanadi.Pishib yetilgan 
    ypyg‘ 
    ovalsimon, noksimon 
    bo‘lib, yuqori tomoni dumaloqroq, pastki tomoni (tumshuqchasi) 
    cho‘ziqroq bo‘ladi. Usti pishiq po‘st bilan qoplangan. Po‘st tagida 
    murtak va endosperm 
    (ypyg‘ 
    uchi bor). 
    Upyg‘ 
    tumshuqchasida 
    murtak joylashgan. U ikkita urug‘palla, ular orasida esa uchki 
    kurtakcha, poya hamda ildizcha shakllangan bo‘ladi. 
    Urug‘ning g‘ujum ichiga qaragan tomoni orqa tomon, qarama-
    qarshi tomoni old tomon hisoblanadi. Urug‘ning old tomonining 
    yuzasida uzunasiga ketgan ikkita o‘yiqcha bo‘lib, ular bir- biridan 
    ypyg‘ 
    choki bilan ajralib turadi. Orqa tomonda 
    xalaza 
    (xalqasimon 
    botiq joy) joylashgan. Xalaza orqali 
    ypyg‘ 
    ichiga 
    uni 
    oziqlantiruvchi nay tolali bog‘lamlar kirgan. Uzum urug‘lari hajmi, 
    shakli, tumshuqchasining uzunligi, xalazasining hajmi va qanday 
    joylashganligi kabi morfologik belgilari bilan o‘zaro bir-biridan farq 
    qiladi. 
     
     
    Jingalak
    – bu shakli o‘zgargan novda bo‘lib, simpodial tipda 
    o‘sadi. Jingalaklar shoxlanmagan va shoxlangan bo‘lishi mumkin. 
    Asosan, u bargning qarama-qarshisida joylashgan bo‘lib, hosilsiz 


    47 
    novdalarda jingalaklar pastki 3-4 bo‘g‘imidan, hosilli novdalarda esa 
    yuqori bo‘g‘imlarda paydo bo‘ladi. 
    Jingalaklar faqat tokni biron-bir tayanch o‘simlik bilan birikib 
    o‘sishida mexanik vazifani bajaradi. Tok kesish vaqtida novdalarni 
    simbag‘azlardan bo‘shatishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
    9-rasm. Jingalak va uzum to‘pgullarining jingalakda paydo 
    bo‘lishining oraliq shakli 
    Shuni qayd etish lozimki, uzumboshidan yuqori bo‘g‘imlarda 
    jingalak o‘sib chiqadi. Hosilsiz novdalarda u ikkinchi va uchinchi 
    bo‘g‘imdan boshlab o‘sadi. Har bir novdada tok novdalariga va 
    ularning hosildorligiga qarab, o‘rtacha 1 tadan to 2-3 tagacha va hatto, 
    undan ham ko‘proq jingalak bo‘lishi mumkin, bu holat uzum uchun 
    normal sharoit hisoblanadi.
    Jingalaklar tokning chirmashib o‘sishiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. 
    Tok mana shu jingalaklar yordamida daraxt yoki boshqa tirgaklarga 
    chirmashib yuqoriga qarab o‘sadi. Jingalaklar biror tirgak yoki daraxtga 
    yaqinlashmasa, keyinchalik ular ko‘k holida asta-sekin tushib ketadi. 
    Tok o‘simligi uchun jingalaklar ham o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. 

    Download 4,88 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 4,88 Mb.
    Pdf ko'rish