Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

Nazorat savollari:
1.
Tokning rivojlanishini izohlab bering 
2.
Tokning vegetativ organlarini ayting 
3.
Tokning generativ organlarini ayting 
4.
Tokning ildiz tizimi va qismlari nimalardan iborat va 
vazifasi 
5.
Tok poyasi va uning tutgan o‘rni 


48 
6.
Tok bargi, tuzilishi, o‘sish va rivojlanishdagi tutgan o‘rni 
7.
Barg va barg bandlarining shakllari va ularning ahamiyati 
8.
Jingilak va uning vazifasi 
9.
To‘pgul, gulning tuzilishi va ahamiyati 
10.
Uzumboshi g‘ujumi, katta-kichikligi,tuzilishi 
bo‘yicha ma’lumotlarni ayting 
11.
Uzum urug‘i va uning tuzilishini izohlang 
 
 
3-MAVZU: EKOLOGIK OMILLARNING TOKNI 
O’SISHI, RIVOJLANISHI, HOSILDORL
 IGI, HOSIL 
SIFATIGA 
TA’SIRI
 
 
Reja: 
1. Iqlim sharoiti 
2. Tuproq sharoiti 
3. Uzum tokiga ta’sir etuvchi omillar 
 
3.1. Iqlim sharoiti. 
O‘rta Osiyo respublikalari bo‘yicha 
O‘zbekiston mo‘tadil iqlimli hududda joylashganbo‘lib, Sharqda 
Qirg‘iziston va Tojikiston, shimolda Kozog‘iston va qisman 
Afg‘oniston bilan chegaralangan. Mamlakatimiz hududida turli xil 
iqlim sharoitlarini ko‘rish mumkin. U okean va dengizlardan uzoqda, 
yer kurrasining turli xil baland-pastliklarida joylashgan bo‘lib, g‘arbiy-
sharq tomon yo‘nalishida Tyanshan va Pomir-Oloy tog‘lariga duch 
kelamiz.Tog‘larning balandligi 3600 m ni, ayrim cho‘qqilari dengiz 
sathidan 4750 m balandlikda joylashgan. Bu tog‘larda, asosan kuz, qish 
va bahorda 800 mm dan to 1500—2000 mm gacha yog‘ingarchilik 
miqdorini tashkil qiladi, dengiz sathidan 3000 m va undan baland 
joylashgan tog‘larda abadiy muz, qor qoplamlari bo‘lib, tekislikda 
joylashgan hududlarni yozin-qishin suv bilan ta’minlab turadi. Tog‘li 
hududlarning yana bir ijobiy tomoni shundaki, sanoatni va qishloq 
xo‘jaligini elektr quvvati bilan ta’minlaydi, aholining hordiq 
chiqaradigan zonasi bo‘lib xizmat qiladi. Tog‘lardan oqib tushadigan 
suv hisobiga, tekisliklardagi sug‘oriladigan hududlarning asosiy 
qismida paxta yetishtiriladi. Serhosil bog‘-rog‘lar va tokzarlar asosan, 
sug‘oriladigan yerlarda joylashgan. Sug‘oriladigan hududlarda meva 


49 
daraxtlar me’yor darajasida o‘sadi va muttasil mo‘l hosil beradi. Tog‘li 
hududlarda esa sug‘oriladigaya yerlarga nisbatan meva hosili kamroq 
bo‘ladi. Dengiz sathidan balandlikka ko‘tarilgan sari, bog‘ va tokzorlar 
kamayib boradi. 
O‘zbekistonda mavjud bog‘ va tokzorlar maydoniga nisbatan 
dengiz sathidan 250 m balandlikda joylashgan yerlarda 7,4 %. 250 dan 
to 500 m gacha bo‘lgan yerlarda 46,7 %, 500 dan to 750 m gacha 
bo‘lgan yerlarda 29,2 %, 750 m dan baland bo‘lgan yerlarda esa bog‘ 
va tokzorlarning 16,7 %i joylashgan. Ayniqsa, respublikamiziiig past 
tekisliklarida joylashgan hududlarda havo harorati tez-tez o‘zgarib 
turadi. Tog‘ va tog‘ oldi hududlarida esa havo ko‘pincha o‘zgarmaydi. 
Tekislik mintaqasi. Bu mintaqaga dengiz sathidan 600—750 m
balandlikda joylashgan yerlar kiradi. Mirzacho‘l, Jizzax, Markaziy, 
Farg‘ona, Qarshi, Surxondaryo cho‘llari, Amudaryo etaklaridagi 
o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan yerlar ana shu 
mintaqada joylashgandir. Keyingi yillarda bu mintaqada ko‘p 
yerlarning meliorativ holati yaxshilanib yirik, katta maydonlarda 
paxtazorlar, bog‘u-rog‘lar barpo etish bilan bir qatorda, qishloq 
xo‘jaligining boshqa tarmoqlari ham rivojlanayapti. 
Tog‘ oldi mintaqasi (adirlar) - dengiz sathidan 700-750 m dan 1200-
1600 m balandlikda joylashgan yerlardir. Bu mintaqadagi yerlar 
ma’lum darajada qiya bo‘ladi. Bu yerlarda bog‘dorchilik va 
uzumchilikni rivojlantirish uchun iqlim va tuproq sharoiti juda qulay 
hisoblanadi. Yil davomidagi yog‘ingarchilik miqdori 450-700 mm ni 
tashkil etadigan yerlar lalmikor bog‘dorchilik va uzumchilik uchun juda 
mos keladi. 
Tog‘li mintaqa. Bu mintaqaga dengiz sathidan 1200-1600 m dan 
2700-2800 m balandlikda joylashgai yerlar kiradi. Mana shu 
balandlikda joylashgan tog‘ etaklari bog‘dorchilik va uzumchilik uchun 
juda qulaydir. Bu yerlarnn sug‘ormasdan ham bog‘ barpo qilish 
mumkin. Mazkur mintaqada ko‘plab yovvoyi olmazor, yong‘oqzor, 
tog‘olchazori, do‘lanazorlarni uchratish mumkin. 
Baland tog‘li mintaqaga dengiz sathidan 2700-2800 m balandlikda 
joylashgan yerlar kiradi. Bu yerlarda meva va buta daraxtlari 
uchramaydi, chunki ularning o‘sishi, rivojlaiishi va hosil berishi uchun 
issiqlik yetishmaydi, yoz mavsumi ham qisqa bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan mintaqalarda zarur agrotexnika 


50 
tadbirlari amalga oshirilgan taqdirda, meva daraxtlari va rezavor meva 
o‘simliklaridan muttasil mo‘l hosil olish imkoni yuqori. 
Dengiz sathidan 500—600 m balandlikda joylashgan yerlarda yil 
davomidagi yog‘in miqdori 650—700 mm ni tashkil qilgan yerlarda 
kerakli agrotexnik tadbirlar amalga oshirilganda lalmi bog‘dorchilikni 
barpo etish mumkinligi ko‘p yillik tajribalarda aniqlangan. 
O‘zbekiston sharoitida issiq kunlarning davomli bo‘lishi ham 
issiqsevar mevalardan: anor, anjir, xurmo, danakli va urug‘li mevalarii 
o‘stirish uchun juda qulay hisoblanadi. Bunday mintaqalarda mevali 
daraxtlar yaxshi o‘sib, tez rivojlanadi va barvaqt hosilga kiradi. Foydali 
haroratning yuqori bo‘lishi meva ko‘chatlarining baquvvat o‘sishiga 
imkon yaratadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo 
anor, anjir va xurmo ko‘chatlarini standart talablariga to‘liq javob 
beradigan qilib yetishtirish uchun juda qulay muhit hisoblanadi. 
Vahorda ko‘chatzorga ekilgan anor, anjir, tok, smorodina 
qalamchalaridan kuzga kelganda doimiy boqqa ekish mumkin bo‘lgan 
bir yashar standart ko‘chat olish mumkin. Surxondaryo viloyatida eng 
issiqsevar o‘simliklardan shakarqamish o‘stiriladi, hozirgi kunda 
shakarqamishdan gektaridan 400—500 s dan hosil olinmoqda. 
O‘zbekistonning 
iqlimi 
mo‘tadil 
bo‘lib, 
Qrim 
bilan 
solishtirilganda,uning ayrim tumanlarida sovuq 30—35°C ga yetadi. 
O‘zbekiston sharoitida esa yozda issiq 40° dan ham oshib 
ketadi.Ayniqsa, oxirgi yillarda global isishlar natijasida janubiy 
viloyatlar sharoitida havo haroratining 50-54
0
C gacha ko‘tarilish 
holatlari kuzatildi(2022yil ma’lumotlar). Turli xil meva va uzum 
yetishtirish uchun qulay sharoit mart oyidan boshlanib, oktabr-noyabr 
oylarigacha davom etadi, shundan keyin kunlar soviy boshlaydi. 
Shahar, viloyat va tumanlarning dengiz sathidan baland yoki past 
joylashishiga qarab, yiliga yog‘adigan yog‘in miqdori va yillik o‘rtacha 
foydali harorat yig‘indisi o‘zgarib turadi. Masalan, Nukusda va 
Urganchda yil davomida yog‘adigan yog‘in miqdori atigi 82 mm ga 
yetsa, Shahrisabz va Toshkent viloyatning Bo‘stonliq tumanlarida 
545—1000 mm ni tashkil qiladi. Janubiy tumanlarda shimoliy 
tumanlardagiga nisbatan yog‘in miqdori kam bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng issiq yerlariga: Sherobod massivi, Denov, 
Kogon, G‘uzor, Xovos mintaqalari kiradi. Toshkent viloyatning 
Bo‘stonliq tumanida dengiz sathidan 1550—1600 m balandlikda 
joylashgan mintaqasida yillik foydali harorat yig‘indisi 1935°C ni, 


51 
yillik yog‘in miqdori esa 800—9000 mm ni tashkil qiladi.Ushbu 
ma’lumotlar 7-jadvalda yoritilgan. 
7- j a d v a l 
O‘rtacha yillik havo harorati miqdori 
Meteorologik 
stansiyalar 
Temperatur
a +10
0

Bahorda 
dan 
oshadigan 
muddati 
Kuzgacha 
Foydali harorat 
yig‘indisi /
0
C/ 
Toshkent 
24/III 
27/X 
4485 
Samarqand 
28/ III 
1/XI 
4505 
Andijon 
22/ III 
24/X 
4510 
Namangan 
20/ III 
30/X 
4105 
Qo‘qon 
21/ III 
25/X 
4545 
Farg‘ona 
24/ III 
23/X 
4345 
Urganch 
2/IV 
18/X 
4220 
Kogon 
22/ III 
2/XI 
5035 
Denov 
15 III 
14/XI 
5045 
G‘uzor 
14/ III 
12/XI 
5300 
Sherobod 
8/ III 
24/XI 
5980 
Jizzax 
25/ III 
31/X 
4720 
Mirzacho‘l 
23/ III
27/X 
4515 
Ursat’evskiy 
22/ III 
2/X 
5030 
Chimyon 
13/V 
20/IX 
1935 
Tog‘li tumanlarda bahor kech boshlanib, daraxtlar kech uyg‘onadi. 
Bodom daraxtlari O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, 
Namangan viloyatlarida fevral oyining oxiri, mart oylarining boshlarida 
to‘liq gullasa, tog‘li tumanlarda u 15—20 kun kech gullaydi. Bahorda 
tog‘li tumanlarda tekislikda joylashgan tumanlarga nisbatan qora 
sovuq kam bo‘ladi. 
O‘zbekistonning eng issiq yerlariga: Sherobod massivi, Denov, 
Kogon, G‘uzor, Xovos mintaqalari kiradi. Toshkent viloyatning 
Bo‘stonliq tumanida dengiz sathidan 1550—1600 m balandlikda 
joylashgan mintaqasida yillik foydali harorat yig‘indisi 1935°C ni, 
yillik yog‘in miqdori esa 800—9000 mm ni tashkil qiladi. 
Tog‘li tumanlarda bahor kech boshlanib, daraxtlar kech uyg‘onadi. 
Bodom daraxtlari O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, 
Namangan viloyatlarida fevral oyining oxiri, mart oylarining boshlarida 
to‘liq gullasa, tog‘li tumanlarda u 15—20 kun kech gullaydi. Bahorda 
tog‘li tumanlarda tekislikda joylashgan tumanlarga nisbatan qora 
sovuq kam bo‘ladi. 


52 
Shuningdek tog‘li tumanlarda bahor qisqa bo‘lib, bu tumanlarning 
janubiy qiyaliklariga tushgan qor kechroq eriishi bois,mevali daraxtlari 
ham bu yerlarda kechroq uyg‘onadi. Yillik foydali harorat yig‘indisi 
ham boshqa joylarga nisbatan ancha kam bo‘ladi. 
Iqlim sharoitning o‘zgarishiga vaqti-vaqti bilan esib turadigan 
shamollar ham ta’sir ko‘rsatadi. Yilning birinchi yarmida esadigan 
shamollar meva daraxtlarini me’yoriy gullashiga, yosh novdalarning 
o‘sishiga, gullarni changlatuvchi asalarilarning uchishiga xalaqit qilib,
bog‘larda hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi. 

Download 4,88 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish