10
2019 yildan boshlab O‘zbekiston 140 dan ortiq davlatlar bilan savdo
aloqalariga ega bo‘lib, 45 mamlakat bilan savdo shartnomalarini
imzoladi.
Oxirgi 10 yilda mamlakat Yevroosiyo
Iqtisodiy Ittifoqining
kuzatuvchisiga aylandi va O‘zbekiston hali JSTga a’zo bo‘lmasa-da,
mamlakat qo‘shilish bo‘yicha kerakli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
2019 yilda 2020 yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
eksporti hajmi ko‘paydi. 2018 yilda uzum va mevalar eksporti hajmi
boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga
nisbatan anchagina
yuqori bo‘ldi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, 2020 yildagi eksport hajmidagi
pasayishlar bevosita COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liqdir. Chunki,
butun dunyo mamlakatlari bo‘ylab o‘rnatilgan
karantin cheklovlari
nafaqat mamlakat milliy iqtisodiyotiga, balki xalqaro savdo
aylanmasiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.