Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat




Download 113,65 Kb.
bet3/9
Sana05.06.2024
Hajmi113,65 Kb.
#260673
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Курс иши Operatsion tizimlar882

KURS ISHINING MAZMUNI


O‘quv rejasida ko‘rsatilgan fan bo‘yicha kurs ishi mazmuni uning mavzusidan kelib chiqib belgilanadi.


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat:

  • kurs ishining muqovasi (titul varag‘i);

  • ish mazmunining mundarijasi (rejasi);

  • kirish;

  • kurs ishining asosiy matn qismi (nazariy va amaliy savollar paragraflarda);

  • xulosa va takliflar;

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

  • ilovalar.

Kurs ishi mundarijasi (rejasi) talaba tomonidan tuziladi va ilmiy rahbar bilan kelishgan holda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ishning kirish qismida tanlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligi va ahamiyati, real sharoitlarda bu masalaning qo‘yilishi va yechimining o‘ziga xos jihatlari asoslab beriladi. Shuningdek, bu qismda kurs ishining maqsad va vazifalari, muammoning o‘rganilganlik darajasi, kurs ishi obyekti va predmeti, kurs ishining tuzilishi aniq ko‘rsatiladi.
Kurs ishining asosiy matn qismida o‘rganilayotgan mavzuning nazariy asoslari ochib beriladi hamda tanlangan mavzuning umumnazariy masalalari ko‘rib chiqiladi. Kurs ishining bu qismida amaliy ma’lumotlardan foydalanilgan holda tadqiqot obyektining tashkiliy-iqtisodiy tavsifnomasi beriladi. Talaba tanlangan ish obyektining faoliyatini har tomonlama, chuqur tahlil qilgan holda, undagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ilmiy asoslab beradi.
Asosiy matn qismining barcha paragraflari tadqiqot obyektining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bilan tugallanadi.
Ishning xulosa va takliflar qismida o‘tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib, tanlangan kurs ishi mavzusi yo‘nalishlariga muvofiq holda tadqiqot obyekti faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va uni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflar bayon etiladi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil holda mantiqiy jihatdan ketma-ketlik, izchillik uslubda yozilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ishda foydalanilgan adabiyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib yozishga (plagiatlikka) umuman ruxsat
etilmaydi. Ishning plagiatlik asosida bajarilganligi aniqlanganda, u himoya qilishga tavsiya etilmaydi.



      1. Download 113,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 113,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat

Download 113,65 Kb.