|
KURS ISHI BAJARISHNI TASHKIL ETISH
|
bet | 4/9 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 113,65 Kb. | | #260673 |
Bog'liq Курс иши Operatsion tizimlar882KURS ISHI BAJARISHNI TASHKIL ETISH
Kurs ishining topshirish muddati o‘quv rejasiga asosan belgilanadi. Talaba tadqiqot bajariladigan obyektning faoliyatini o‘rganadi, shuningdek, kurs ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan amaliy materiallarni to‘playdi.
Kurs ishining ilmiy rahbari talaba bilan birgalikda kurs ishini bajarish topshirig‘ini ishlab chiqadi.
Kurs ishini bajarish ilmiy rahbar bilan kelishgan holda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriqga qat’iy muvofiq holda amalga oshirilishi lozim. Kurs ishi topshirig‘ining namunasi 2-ilovada keltirilgan.
ADABIYOTLARNI O‘RGANISH, MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH, XULOSA VA TAKLIFLARNI ASOSLASH
Tanlangan kurs ishi mavzusiga muvofiq, talaba mustaqil ravishda tegishli adabiyotlarni, rasmiy hujjatlarni, tadqiqot obyekti bo‘yicha statistik materiallarini o‘rganadi. Adabiyotlarni o‘rganish talabaga tadqiqotning nazariy asoslarini aniqlab olish, ya’ni mavzuga aloqador bo‘lgan faoliyatni tashkil etish va takomilashtirish, o‘rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish konuniyatlarini va ilmiy atamalar tizimini bilib olish imkonini beradi. Mavzuga taalluqli masalalarning hozirgi ahvolini chuqur o‘rganish kurs ishini yozish uchun zarur materiallarning hajmini va xarakterini aniqlashga imkon yaratadi.
Kurs ishini bajarishda mavzuga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlarini, Qarorlarini, ma’ruzalarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini o‘rganishni nazarda tutadi. Mavzu bo‘yicha materiallarni o‘rganayotganda unga tegishli bo‘lgan maxsus adabiyotlar, jurnallar va ro‘znomalarida bosilgan maqolalarga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Tadqiqot ishining hisobot ma’lumotlari kamida so‘nggi besh yillikni qamrab olishi kerak. O‘zaro taqqoslash uchun bir xil sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotgan mos korxonalarining tajribalarini o‘rganish muhimdir.
To‘plangan haqiqiy ma’lumotlar o‘rganayotgan masalaning hozirgi axvolini ifodalashga, rivojlanish jarayonlari va yo‘llarini aniqlashga imkon beradi, ko‘rib chiqilayotgan muammoni hal qilish va uni takomillashtirish uchun zamin yaratadi.
Ayrim hollarda o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun maxsus kuzatuvlar o‘tkaziladi.
Olingan materiallarni tahlil qilish natijalari o‘rganib bo‘lingach, xulosa va takliflarni asoslashga kirishiladi. Ishning bu qismida eng muhim xulosa va takliflar bayon etiladi.
|
| |