|
KURS ISHIGA MAVZU TANLASH
|
bet | 2/9 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 113,65 Kb. | | #260673 |
Bog'liq Курс иши Operatsion tizimlar882
Kafedrada fanning o‘quv dasturiga mos kurs ishi mavzulari va ularning taxminiy rejalari ishlab chiqiladi. Shunga asoslanib, talaba mustaqil ravishda kurs ishi uchun mavzu tanlaydi. Talaba ayrim hollarda kafedra bilan kelishgan holda ro‘yxatda keltirilmagan, o‘zi tomonidan taklif etilgan shaxsiy mavzusi bo‘yicha kurs ishini bajarishi mumkin. Mazkur mavzu dolzarb bo‘lib, amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Talaba kurs ishi uchun mavzu tanlab bo‘lgach, uni bajarishga ruxsat berishni so‘rab kafedra mudiri nomiga ariza yozadi. Arizada kurs ishi mavzusining nomlanishi aniq ko‘rsatiladi (1-ilova).
Kafedra mudiri arizani ko‘rib chiqadi va kurs ishining mavzusini talabaga biriktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda ilmiy rahbarni tayinlaydi.
Kurs ishining mavzulari va ilmiy rahbarlari universitet rektorining buyrug‘i asosida tasdiqlanadi.
Kurs ishining mavzusi va ilmiy rahbari universitet rektorining buyrug‘i asosida tasdiqlangandan so‘ng, talaba mavzuga tegishli adabiyotlarni o‘rgangan holda ilmiy rahbar bilan birgalikda ishning rejasini ishlab chiqadilar. Mazkur jarayon talabaga ilmiy rahbar tomonidan beriladigan kurs ishi topshirig‘ida o‘z aksini topadi.
Talaba ilmiy rahbar bilan belgilangan kunlar va soatlarda muntazam ravishda uchrashib, kurs ishini bajarilishini muhokama etib borishi hamda u bo‘yicha maslahatlar olishi kerak.
Ilmiy rahbarning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ishning ilmiy rahbari uning sifati hamda mazkur uslubiy ko‘rsatma talablariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishiga mas’ul hisoblanadi.
|
| |