|
KURS ISHIGA TAQRIZ YOZISH VA UNI HIMOYA QILISH
|
bet | 6/9 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 113,65 Kb. | | #260673 |
Bog'liq Курс иши Operatsion tizimlar882KURS ISHIGA TAQRIZ YOZISH VA UNI HIMOYA QILISH
Yozib tugallangan va ilmiy rahbar tomonidan ma’qullangan, muqovalangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga topshiriladi hamda taqriz kilinadi.
Kurs ishi taqrizida ishning ilmiy darajasiga, amaliy tavsiyalarning asoslanganligiga va ularning ahamiyatiga baho berilishi, yo‘l qo‘yilgan mavjud kamchiliklar ko‘rsatilishi hamda talaba mahorati baholanishi lozim (6-ilova).
Talaba kurs ishini himoya qilishga tayyorgarlik paytida bajarilgan mavzuning mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqacha ma’ruza matnini tayyorlashi hamda himoya taqdimoti uchun zarur bo‘ladigan ko‘rgazmali materiallarini tayyorlab qo‘yishi, taqriz mazmuni bilan tanishib chiqishi va taqrizchi e’tirozlariga javob tayyorlagan bo‘lishi kerak. Kurs ishi himoyasiga axborot-kommmunikatsiya vositalaridan foydalangan holda taqdimot tayyorlash talab etiladi.
Kurs ishi himoyasi uch a’zodan iborat tarkibdagi komissiyaning ochiq majlisida himoya qilinadi. Talaba 10 daqiqagacha kurs ishining asosiy natijalarini, taklif va xulosalarni izohlab beradi. Berilgan savollarga javob beradi.
Komissiya kurs ishining himoya natijasi va ilmiy rahbarning taqrizini hisobga olgan holda uni 100 ballik tizim bo‘yicha baholaydi.
BAHOLASH TARTIBI VA MEZONLARI
Talabalarning kurs ishi bo‘yicha bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari darajasi, ular bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom qoidalari asosida ballarda ifodalanadi.
Talabaning kurs ishi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi – 100 - ballik tizimda baholanadi va 5-baholik tizimiga o’tqaziladi.. Amaldagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i, 26.09.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3069) ilovasiga muvofiq 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalshga o‘tkazish quyidagi 1-jadvalda ko’rsatilgan.
jadval
|
| |