KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH




Download 113,65 Kb.
bet5/9
Sana05.06.2024
Hajmi113,65 Kb.
#260673
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Курс иши Operatsion tizimlar882

KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH


Kurs ishiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri, uni belgilangan qoidalar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirish hisoblanadi. Chunki ishni to‘g‘ri rasmiylashtirish uning sifatini oshiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi.


Ishning rejasi mavzuning mazmunini to‘liq yoritishga qaratilishi kerak. Matnda ketma-ketlik buzilmasligi hamda izchillikka rioya qilinishi shart. Matnda yangi fikrni ifodalaydigan jumlalar abzatsdan yoziladi. Agar biror bir manbalardan misollar keltirilsa, ular qaysi manbadan olinganligi ishorasi sahifaning eng pastida chiziq tagida satr boshidan yoziladi. Agar bir nechta manba keltirilsa, ishoralar shu yerda tartib raqami bilan ko‘rsatiladi.
Kurs ishini bajarish jarayonida to‘plangan va qayta ishlangan ma’lumotlar aniq, tartibli va xaqqoniy bo‘lishi kerak. Materiallar bayoni mantiqiy izchil, jumla tuzilishlari qisqa va aniq, mavhumlik va qaytarishlar bo‘lmasligi, xulosalar isbotlangan va tavsiyalar asoslangan bo‘lishi kerak.
Kurs ishi muqovasi 3-ilovada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Mundarija (reja) kurs ishining qismlarini, savollarning nomlanishlarini, betlarning raqamlanish tartibini o‘zida ifoda etadi. Kirish, xulosa va takliflar bo‘limlarini istisno etgan holda barcha savollar, arab raqamlari bilan raqamlanishi kerak. Savollarning tartib raqamidan keyin nuqta qo‘yiladi va savollar yoziladi. Kurs ishi mundarijasini (rejasini) rasmiylashtirish namunasi 4-ilovada keltirilgan.
Kurs ishi betlari sahifaning pastki qismining o‘rtasidan ketma-ketlik bo‘yicha raqamlanishi lozim. Muqova varag‘iga tartib raqami qo‘yilmaydi. Agar kurs ishida rasmlar, chizmalar va jadvallar bo‘lsa, ularni umumiy raqamlanishga qo‘shish kerak. Ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham ketma-ketlikda raqamlanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati foydalanilgan barcha manbalarni alfavit tartibi bo‘yicha o‘zida jamlaydi (5-ilova).
Ilova kurs ishining oxirida beriladi. Har bir ilova yangi betdan boshlanadi, sahifaning o‘ng tomonidan yuqori burchagida “ilova” degan so‘z yozib qo‘yiladi. Har qaysi ilova sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Mabodo kurs ishida ikki va undan ziyod ilova bo‘lsa, ular ketma-ketlikda raqamlanadi, ya’ni «1-ilova», «2-ilova» va hokazo. Ishda illyustratsiyalar ularning mazmuniga qarab belgilanadi va bayon qilinayotgan matnda aniqlik kiritish uchun yetarlicha bo‘lishi kerak. Barcha illyustratsiyalar (chizmalar, diagrammalar, grafiklar va hokazolar) rasmlar deb nomlanadi. Rasmlar ham ketma-ketlik bo‘yicha raqamlanadi. Ular bevosita kurs ishi matni qayd etilgan joyda yoki keyingi betda yo bo‘lmasa qayd etilgan sahifaga yaqinroq joyda joylashtirilishi lozim.
Raqamli ma’lumotlarni jadval tarzida ifodalash tavsiya etiladi. Har bir jadval o‘z mazmunidan kelib chiqgan holda nomlanishi va tegishli jadval tepasida, jadval so‘zi yozilishi kerak.
«Jadval» so‘zi botiq harflar bilan sahifaning o‘ng tomonida yoziladi.
Sarlavhani ajratib ko‘rsatishning hojati yo‘q.
Jadval matnda birinchi marta eslatilgandan keyin joylashtirilgani ma’qul. Jadval keyingi sahifaga ko‘chiriladigan bo‘lsa, ustun raqamlanadi va bu raqamlanish
keyingi betda takrorlanadi. Jadvallar ham xuddi rasmlar kabi raqamlanadi, ya’ni «1- jadval», «2-jadval» va hokazolar.
Ishda formulalar keltirilsa, ular aniq yozilishi kerak. Berilgan formula ostida belgilar va son darajalari tushuntirish ma’nosiga qarab, ular formulada kanday berilgan bo‘lsa, shu tartibda berilishi lozim. Har bir belgi va son darajasining ma’nosi yangi so‘z qatoridan beriladi.
Matnda keltirilgan ma’lumotlar manbasi tartib raqami bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatib o‘tiladi.
Kurs ishini yozayotganda, adabiyot manbalaridan, ko‘rsatmalardan, idoraviy ma’lumotlardan ko‘chirish, shuningdek, rasmiy qabul kilinmagan so‘zlarni, iboralarni, atamalarni ishlatish ta’qiqlanadi.
Kurs ishini yozib tugatgach, uni savollarining o‘zaro bog‘lanishiga va bayon etilish usuliga (adabiy tiliga) alohida e’tibor bergan holda qayta o‘qib chiqish kerak. Ko‘pincha qayta o‘qilishda ilgari bilinmagan xatolarga, qaytarishlarga, qarama-qarshi fikrlarga, noto‘g‘ri tanlangan qiyoslashlarga va turlihil hatolarga duch kelinadi. Ayniqsa, formulalarni, raqamlarni, ko‘chirmalarni, bibliografik yozuvlarni dastlabki manbalar bo‘yicha diqqat bilan tekshirib chiqish talab etiladi. Zarurat tug‘ilganda qo‘lyozmani to‘ldirib, maromiga yetkazish lozim.
Kurs ishining matni 210-297 mm. shakldagi oq qog‘ozga ko‘lyozma shaklida yozilishi kerak. Jadvallar, rasmlar, chizmalar va grafiklar kompyuterda yozilishi mumkin. Matn tushunarli husnixatda, tuzatishlarsiz, yozuv qog‘ozining bir tomoniga yozilishi kerak. Ishning umumiy hajmi 30-40 betdan iborat bo‘lishi lozim. Har bir betda: chap tomondan -3 sm, o‘ng tomonidan - 1sm, yuqoridan va pastdan - 2 sm ochik joy qolishi kerak. Kurs ishi rejasidagi savollarning nomlari ishning tegishli joylarida sarlavha sifatida takrorlanishi lozim. Yozib tugallangan kurs ishiga talaba tomonidan imzo qo‘yiladi.



      1. Download 113,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 113,65 Kb.