• Leybnitsning ikkilik tizimi.
  • Innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 439,57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana03.02.2024
    Hajmi439,57 Kb.
    #150882
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish Axmedov2

    Ilk matematik manbalar 
    Agarda zamonaviy kompyuterlarning o‘tmishdoshi qanday ob’ektlar bilan ishlagani ustida 
    fikr yuritib ko‘rilsa, raqamlar yo reykali va halqali mexanizmlarning chiziqli harakati ko‘rinishida, 
    yoki tishli hamda richakli mexanizmlarning burchakli harakati ko‘rinishida taqdim etilganligini 
    tan olish kerak bo‘ladi. U holatda ham, bunisida ham bular harakat bo‘lib, bu uskunalarning 
    o‘lchamlari va ish tezligida aks etmasligi mumkin emas edi. Faqat harakat (ko‘chish)ni qayd 
    etishdan signallarni qayd etishga o‘tishgina o‘lchamlarni sezilarli darajada kamaytirish va 
    harakatlar tezligini oshirish imkonini berdi. Biroq bunga erishish yo‘lida yana bir nechta muhim 
    tamoyillar va tushunchalarni kiritishga to‘g‘ri keldi. 
    Leybnitsning ikkilik tizimi. Mexanik uskunalarda tishli g‘ildiraklar fiksirlangan juda ko‘p 
    va eng muhimi bir-biridan farqlanadigan holatlarga ega bo‘ladi. Bunday holatlar soni kamida 
    shesternyaning tishlarini miqdoriga teng bo‘ladi. Elektr va elektron uskunalarda gap konstruksiya 
    elementlarining holatlarini ro‘yxatga olish haqida emas, balki uskuna elementlari holatlarini qayd 
    etish haqida boradi. Bunday barqaror va farqlanadigan holatlar ikkita: yoqilgan-o‘chirilgan; ochiq-
    yopiq; zaryadlangan-zaryadsizlantirilgan va hokazo. 
    Shuning uchun mexanik kalkulyatorlarida ishlatilgan an’anaviy o‘n raqamli yoki o‘nlik 
    tizim elektron hisoblash vositalari uchun qulay emas. 
    Har qanday raqamni (faqat raqamlarnigina emas) ikkilik raqamlar qilib tasvirlash birinchi 
    bo‘lib, Gotfrid Vilgelm Leybnits tomonidan 1666 yili taklif qilingan. U qarama-qarshiliklar birligi 
    va kurashi falsafiy konsepsiyasini tadqiq qilish bilan shug‘ullana turib, hisoblashning ikkilik 
    tizimiga kelgan, uni kashf etgan. Olamning yaralishini ikki ibtido, ikki boshlanish nuqtasining 
    ("oq" va "qora"ning, "erkak" va "ayol"ning, yomonlik va yaxshilikning) bir-biriga uzluksiz o‘zaro 
    ta’siri sifatida tasavvur qilishga va uni o‘rganishga "sof" matematikani qo‘llashga urinish 
    Leybnitsni ma’lumotlarni nollar va birlar yordamida ikkilik sanoq tizimida tasavvurining


    xususiyatlarini tasvirlashga undadi. Shuni aytish lozimki, Leybnits o‘sha vaqtdayoq ikkilik 
    tizimini hisoblash uskunasida ishlatish fikriga kelgan, ammo mexanik uskunalar uchun bunga hech 
    qanday ehtiyoj bo‘lmagani uchun u o‘z kalkulyatorida ikkilik tizimini ishlatgani yo‘q. 

    Download 439,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 439,57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 439,57 Kb.
    Pdf ko'rish