O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI
SANOAT ELEKTRONIKASI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu:mantiqiy mikrosxemalar
GURUH: 33S20-EE
BAJARDI: Axmedov.Z
QABUL QILDI: Muxammadjonov.U
TOSHKENT-2023
Mantiqiy mikrosxemalar
Qo‘shish amalini bajaruvchi jahondagi birinchi uskuna mexanik soat asosida yaratilgan
edi. 1623 yili uni T’yubingen dorilfununi (Germaniya) sharq tillari kafedrasining professori
Vilgelm Shikard yaratdi. Bizning davrimizda uskunaning ishchi modeli chizmalar bo‘yicha qayta
tiklandi va o‘zining ishlay olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Ixtirochining o‘zi esa o‘z maktublarida
mashinani "qo‘shiluvchi sonlar" deb atagan. 1642 yili fransuz mexanigi Blez Paskal (1623-1662)
sonlarni qo‘shuvchi ixchamroq uskunani ishlab chiqdi. U asosan Parijlik
sudxo‘rlar
va sarroflar (pul almashuvchilar) uchun seriyali ravishda ishlab chiqarilgan jahondagi birinchi
mexanik kalkulyator bo‘lib qoldi.
1673 yili nemis faylasufi V.Leybnits (1646-1717) qo‘shish va ayirish amallarini ko‘p marta
takrorlash yo‘li bilan ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ham bajaruvchi mexanik kalkulyatorni
yaratdi.(1. rasm)
1.-rasm.
Ma’rifat davri sifatida ma’lum bo‘lgan XVIII asr mobaynida yangi, ancha takomillashgan
modellar paydo bo‘ldi, ammo hisoblash amallarini mexanik boshqarish tamoyillari o‘sha-
o‘shaligicha qoldi. Hisoblash amallarini dasturlashtirish g‘oyasi yana o‘sha soatsozlik sanoatidan
keldi. Monastirlarning qadimiy minora soatlari qo‘ng‘iroqlar tizimi bilan bog‘langan mexanizmni
berilgan vaqtda ishga tushiradigan qilib sozlaganlar. Bunday dasturlashtirish o‘ta qat’iy edi. Bitta
amalning o‘zi har kuni bir vaqtda bajarilar edi. Mexanik uskunalarni perforatsiya qilingan qog‘oz
tasma yordamida moslanuvchan dasturlash g‘oyasi 1804 yili "Jakkard" to‘quvchilik dastgohida
amalga tadbiq qilingan edi, shundan so‘ng hisoblash amallarini dasturiy boshqarishgacha bir
qadam qoldi.
Bu qadam ingliz matematigi va ixtirochisi Charlz Bebbidj (1792-1871) tomonidan uning
tahlil mashinasida qo‘yiladi. Afsuski, bu mashina kashfiyotchi tomonidan uning hayoti davrida
oxirigacha qurib bo‘linmadi. Ammo u bizning davrimizda olimning chizmalari bo‘yicha qayta
tiklandi va shuning uchun biz tahlil mashinasi haqida real mavjud bo‘lgan uskuna haqida
so‘zlagandek gapirishimiz mumkin. Tahlil mashinasining o‘ziga xosligi shunda ediki, unda
birinchi bo‘lib axborotni buyruqlar va ma’lumotlarga bo‘lish tamoyili amalga oshirilgan edi. Tahlil
mashinasi ikkita yirik qism "ombor" va "tegirmon"dan iborat bo‘lib, ma’lumotlar "ombor"ning
mexanik xotirasiga shesterenkalar bloki o‘rnatish yo‘li bilan kiritiladi, keyin esa
perforatsiyalangan kartalardan (xuddi Jakkard to‘qimachilik dastgohida bo‘lganidek) kiritilgan
buyruqlar yordamida "tegirmon"da qayta ishlanadi.
Charlz Bebbidj ijodining tadqiqotchilari tahlil mashinasining loyihasini yaratishida
mashhur shoir Lord Bayronning qizi, grafinya Ogusta Ada Lavleys (1812-1852)ning alohida
rolini, albatta, ta’kidlab o‘tadilar. Hisoblash amallarida perforatsiyalangan kartalarni ishlatish
g‘oyasi (1843) aynan unga tegishlidir. Xususan, o‘z maktublaridan birida u "tahlil mashinasi
algebrik kashta-bezaklarni to‘qimachilik dastgohi gullar va yaproqlarni qayta tikilgandek to‘qiydi"
deb yozgan edi. Ledi Adani to‘liq asos bilan jahondagi birinchi dasturchi deb atash mumkin.
Bugun dasturlashning mashhur va ma’lum tillaridan biri uning nomi bilan atalgan.
|