Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar
uchun etarli darajada kerak bo'lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni
aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilishda
xavflar ruyxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi.
Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab
deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-
muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi
mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish
( kungi lsiz oqibatlar). Mutloqa xavfsiz bo'lgan ish (faoliyat) bo'lishi mumkin emas. Demak,
faoliyat qanday bo'lmasin, unda yashirin xavf bo'ladi. Bu aksioma hayot faoliyat
xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Tavakkal nazariyasi.1950-yil senyabr’ oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo'lib
o'tgan birinchi jahon kongresida hayot faoliyat xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o'z
ma'ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo'lladilar va bu tushunchani har bir olim o'zicha
talkin kildi. Masalan, V.Marshal’ «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» dedi.
Miqdoriy baho kungi lsiz hodisalarni aniq bir davr ichida bo'lib o'tgan sonining bo'lishi
mumkin bo'lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal»ni aniqlashda nimani «tavakkali» deyish
mumkin savoliga javob berish kerak.
Tavakkalning turlari.Tavakkal ikki xil bo'ladi: shaxsiy «tavakkal»- ayrim shaxs
uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko'pchilik «tavakkali»- takroriy hodisalar natijasida
jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik. Bizda hozircha ijtimoy «tavakkal» bo'yicha
hech qanday ma'lumot yo'q. Xorijda esa alohida ishlab chiqarish korxonalari, sanoat
tarmoqlari, xavf turlari bo'yicha to'liq ma'lumotlar mavjud.
Jamoat «tavakkali» xavfni sub'ektiv (boshqacha) ravishda qabul etadi. Odatda
ko'pchilik kam uchraydigan va ko'p qurbon bo'lgan voqealarga keskin ravishda ahamiyat
beradi. Masalan, ishlab chiqarishda har yili o'rta hisobda 200-250 kishi halok bo'ladi. Ammo
bir halokatda 5-10 kishi qurbon bo'lgani oldingi ma'lumotlardan ko'ra odamlarga ko'proq
ta'sir qiladi. Kishilarning bu ruhiy holatini qabul qilishi mumkin bo'lgan «tavakkal» masalasi
kurilganda hisobga olish lozim.
Xavflarni baholashda tavakkal («Т») usulini qo'llash boshqa usullarga qaraganda
ko'proq to'g’ri keladi, deb hisoblanadi. Masalan, har xil sabablar natijasida halokatli (o'lim
bilan) tugagan ayrim shaxsiy «tavakkal» (AKSH ning umumiy aholisiga nisbatan)
qiymatlari quyidagichadir:
1. Yo'l transporti hodisasidan-3