|
Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq 1-amaliy mashg ulot fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf B.ZaripovTavakkalni boshqarish. Xavfsizlik darajasini ko'tarish, xavfsizlikning asosiy nazariy
va amaliy masalasidir. Buning uchun mablag’ni 3 yo'nalishda sarflash kerak:
-ishlab chiqarish texnik tizimlari va ish ob' ektlarini takomillashtirish;
-malakali ishchilarni tayyorlashga;
-favqulodda oqibatlarni yo'qotishga;
Sarflarni bular orasida qanday bo'lishini rejalash uchun chuqur tekshirishlar o'tkazish
lozim, unda ham aniq fikrga kelish qiyin. «Tavakkal» boshqarish texnika doirasida
xavfsizlikning oldini olishda yangi imkoniyatlar ochadi. Tavakkalni boshqarishda texnik,
ma'muriy, tashkiliy yo'llarga iqtisodiy usul ham qo'shiladi.
Xavflarni o'rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi:
1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan
qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya'ni, tekshirilmaydigan xavflarni
chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar daraxtini
tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan
holda tamom bo'ladi (2.2.-rasm).
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning
murakkab masalalarini hal qilish yo'llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan
metodologik choralar yig’indisidir. O'zaro ta'siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan
aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob'ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham
tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo'lishi mumkin. Tarkibiga
odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb ataladi. Masalan, «Odam-
mashina», «odam-mashina-atrof-muhit».
|
| |