Mavzu: Vektorli grafikaning matematik asoslari




Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/263
Sana04.02.2024
Hajmi10,15 Mb.
#151310
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   263
Bog'liq
file (6)

80. Mavzu: Vektorli grafikaning matematik asoslari. 
Reja: 
1.Vektor grafikasi matematik obyektlar. 
2.Iliq va sovuq ranglar. 
3.Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish. 
Vektor grafikasi matematik obyektlar ustida tashqi qurilmalarga (monitor,рrinter) 
bog‘liqsiz holda amallar bajaradi.Vektor grafikasida birinchi navbatda obyektning formasi 
o‘zgaradi, rangi esa ikkinchi darajali bo‘ladi. Sababi vektor grafikasida rang bilan shakl bir-
biriga bog‘liq emas, shakl birinchi darajali, rang esa ikkinchi darajali bo‘ladi. 
Rastr tasvirlarni muharrirlaganda рiksel ranglarini o‘zgartirish imkoniyati tug‘iladi, 
faqat ranglarni o‘zgartirganimizda obyektning shakli o‘zgarishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Fraktal so`zi lotincha fractus so`zidan olingan bo`lib, maydalangan, bo`lib chiqilgan 
degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o`ziga o`xshash qismlardan iborat bo`lgan geometrik 
shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo`lib, ular yordamida 
daraxtlar, o`rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik 
kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual borliq, animatsiya, kompyuter 
o`yinlari va matematik modellashtirishda keng foydalaniladi. 
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki 
uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko`riladi. Fraktal grafika 
odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi. Asosiy ranglar doira chegarasi bo`lgan aylanada 
joylashgan. Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtaga mos keladigan markaziy burchak (0 
dan 360 gradusgacha bo`lgan qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120°R ga 
yashil, 240° ga ko`k rang mos keladi. Ikkilamchi ranglar: sariq (60°), havorang(120°) va 
pushti (240°) lar asosiy ranglar orasida joylashgan. Bu ranglar bir-biri bilan qo`shilib, yangi 
ranglar paydo bo`ladi. Masalan, ko`k rang (240°) bilan pushti rang (300°) orasida siyohrang 
(270°) joylashgan. Bdrinchi parametr rangning to`yinganligini bildiradi. Bu parametr 0 dan 
100 gacha bo`lgan qiymatni qabul qiladi. Bu parametming qiymati kamaygani sari rangning 
to bo`lsin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo`lsa, u oqligicha qoladi.
Yorqinlik 0 ga teng qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng 
bo`lsa, kulrang, 25 ga teng bo`lsa, to`q kul rang, 75 ga teng bo`lsa, och kul rangga aylanadi. 
Bu tizimning yaxshi tomoni unda bir-birini to`ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo`lgan ranglar 
yaqqol ko`rinib turadi. Bir-birini to`ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta diametrida bir-
biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi. Masalan, qizil va havo rang; va ko`k; 
yashil va pushti ranglar; shuningdek, oq va qora ranglar birbirini to`ldiruvchi ranglar 
hisoblanadi. To`ldiruvchi ranglardan biri fon uchun olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn 
yozish uchun ishlatiladi. Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko`rinib turadi. Matnning 
biron qismini ajratish uchun matnning asosiy rangiga yaqinroq rang tanlanadi.
Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar 
deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va sariq ranglar ko`proq bo`lgan ranglar, sovuq 
ranglarga tarkibida ko`k va siyoh ranglar ko`proq bo`lgan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga 
qora va kul ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi. 
Iliq va sovuq ranglar. 


Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar hisoblanadi. 
Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko`taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga yomon ta`sir qiladi. 
Dizayn bilan jiddiy shug`ullanishni istaganlar iliq, sovuq, neytral ranglarni va ular bilan 
ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak. CIE Lab rang moduli. 1920-yilda CIE Lab 
{Communication Internationale de FEclairage — xalqaro komissiya, L,a,b — bu sistemada 
koordinata o`qlarining ifodalanishi} rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga 
bog`liq bo`lmaganligi uchun ko`p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o`tkazish uchun 
qo`llaniladi. CIE Lab modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug`lik (L) va uning 
xromatik komponentlari: a-parametri yashil rangdan qizil ranggacha o`zgarish diapazonini, 
b-parametri ko`k rangdan sariq ranggacha o`zgarish diapazonini tashkil qiladi. 
CIE Lab ranglar. 
CIE Lab modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar (monitor, 
printer) imkoniyatlaridan yuqori bo`lganligi sababli tasvirni chiqarishdan oldin uni 
o`zgartirishga to`g`ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik jarayonlarni bir-
biriga bog`lash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul Adobe Photoshop dasturida 
standart sifatida qabul qilingan 
Ko`pyoqliklarni qurishni ko`ramiz. Buning uchun ularni uchlarini topish yetarli 
hisoblanadi.
Geksaedrni (kub) qurish qiyinchilik tug`dirmaydi.
Tetraedrni qurish uchun kubning qarama – qarshi yoqlaridagi ayqashgan diagonallarini 
o`tkazish kerak.
Oktaedr qurishda quyidagi xossadan foydalanamiz: oktaedrning uchlari kub 
yoqlarining markazlariga (og`irlik) mos keladi, ya’ni yoqlar uchlarining o`rta arifmetik 
qiymatlari. Ikosaedrni qurishni ko`ramiz. Z o`qida Z = ±0,5 markazi, r=1 radiusi va XY 
tekisligiga parallel ikkita aylana o`tkazamiz. Har aylanani beshta teng bo`lakka bo`lib, ularni 
rasmda ko`rsatilgan tartibga mos birlashtiramiz va ikosaedrning yoqlarini tashkil qiluvchi 
o`nta muntazam uchburchakni olamiz. Qolgan yoqlari uchun 𝑧 = ± √5 2 nuqtalarini olamiz 
va mos aylanalarning nuqtalari bilan tutashtiramiz. Dodekaedrning uchlari ikosaedr 
yoqlarining og`irlik markazlari bo`ladi 

Download 10,15 Mb.
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   263




Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mavzu: Vektorli grafikaning matematik asoslari

Download 10,15 Mb.
Pdf ko'rish