|
Foydalanilgan internet saytlar
|
bet | 23/96 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 7,26 Mb. | | #146974 |
Bog'liq 2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek Foydalanilgan internet saytlar:
https://www.w3resource.com/python/
https://younglinux.info/python/task/
https://pythonru.com/
https://python-scripts.com/
https://www.rupython.com/
Vizual-didaktik resurslar
Dars o‘tiladigan guruh
|
|
|
|
|
|
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana
|
|
|
|
|
| №10-Mavzu:Axborot xavfsizligini tashkil etish O‘quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
Mashg‘ulot vaqti-80 daqiqa
|
O‘quvchilar soni: 26 –31 gacha
|
Mashg‘ulot shakli va turi
|
Amaliy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha O‘quvmashg‘uloti
|
O‘quv mashg‘ulotrejasi
|
Axborot xavfsizligini tashkil etish
Xujumlarni aniqlash
Zaifliklarni aniqlash
Tarmoq axborotini taxlillash usullari
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga Axborot xavfsizligini tashkil
etish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish
|
Mashg‘ulotdan kutilayotgan natijalar:
|
O‘quvchilarda axborot xavfsizligini tashkil etish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni
shakllantirish
|
Pedagogik vazifalar:
Axborot xavfsizligini tashkil etish to‘g‘risida tushuncha beradi;
Xujumlarni aniqlash to‘g‘risida tushuncha beradi;
Zaifliklarni aniqlash to‘g‘risida tushuncha beradi;
Tarmoq axborotini taxlillash usullari to‘g‘risida tushuncha beradi;
|
Axborot xavfsizligini tashkil etishni tushuntirib bera oladilar;
Xujumlarni aniqlashni tushuntirib bera oladilar;
Zaifliklarni aniqlashni tushuntirib bera oladilar;
Tarmoq axborotini taxlillash usullarini tushuntirib bera oladilar;
|
O‘qitish metodlari
|
Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, aqliy hujum
|
O‘qitish vositalari
|
O‘MT,ma’ruzalar matni, kompyuter, videoproektor, slayd
|
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
guruhli, juftlikda
|
O‘qitish sharoiti
|
Maxsus jixozlangan o‘quv xona (kompyuter o‘quv xonasi)
|
Qaytar aloqaning yO‘l va vositalarining yO‘l va vositalari
|
Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, berilgan o‘quv
topshiriqlarini baholash
|
O‘quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Ta’lim shakli Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchining
|
O‘quvchi- ning
|
O‘quv mashg‘uloti ga kirish (5 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshirish
|
Mashg‘ulot ga tayyorlanad i
|
2. Asosiy bosqich
(65
daqiqa)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo’yicha o‘quvchilarga savollar beriladi, ularni baholaydi (1-ilova)
Maqsad va vazifalarni belgilanishi 2.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalari bilan tanishtiriladi;
3.O‘quv ishlarida o‘quvchilarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (2-ilova); Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish 4.Tezkor
so‘rov, savol-javob, aqliy hujum texnikalari orqali bilimlarni faollashtiradi;
Yangi o‘quv metodlari bayoni:
5.Amaliy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha
xarakatlar tartibini bayon etadi.
6.Mavzu bo’yicha PowerPoint tartibida namoish va sharxlar bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi Yangi o‘quv
materialini mustahkamlash 7.Mustahkamlash uchun savollar beriladi.
|
Savollarga javob beradilar
Yozib oladilar
Guruhlarga bo‘linadilar.
Javob beradilar
Diqqat qiladilar Guruhlarda ishlaydilar Fikr almashadila r
|
3.
Yakuniy bosqich
(10
daqiqa)
.
|
Mashg‘ulot yakuni:
O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydiva rag‘batlantiradi;
Uyga vazifa berilishi:
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiriladi;
Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beriladi
|
O‘z- O‘zini O‘zaro baholashni O‘tkazadilar
.
Topshiriqni yozadilar
|
O‘tilgan mavzularni takrorlash:
O‘tgan dars yuzasidan―Aqliy hujum metodidan foydalanib savol-javob o‘tkaziladi.
«Yangi axborot tizimini tatbiq etish» hujjati
«Resurslarni inventarizatsiylash» hujjati
«Resurslarni tasniflash» hujjati
«Resurslarni taqsimlash» hujjati
Baholash mezoni
O‘quvchilarni dars jarayoni davomidagi ishtirokidan kelib chiqib, ularni baholash bo’yicha o‘quvchilarni baholash mezonlari bilan tanishtiriladi:
№
|
Baholash mazmuni
|
Ballar
|
Og‘zaki so‘rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
|
Amaliy ish quyidagi mezonlar asosida
baholanadi
|
1.
|
Mavzu atroflicha to‘liq, asosiy fikrva tuchunchalar o‘zlashtirilishiga erishilsa
|
Berigan topshiriq og‘zaki va yozma nutq me‘yorlariga amalqilingan holda to’g’ri bajarilsa
|
5
|
2.
|
Маvzu asosan, asosiy fikr va
tushunchalar qisman o‘zlashtirilishiga erishilsa
|
Topshiriqni bajarishda 4 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o‘zlashtirilishiga erishilsa
|
Topshiriqni bajarishda 7-8 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba‘zi elementlarini o‘zlashtirilishiga erishilsa
|
Topshiriqni bajarishda 8 tadan ortiq xatolikka yo‘l
qo‘yilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning O‘zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bO‘lmasa
|
|
1
|
№-10-MAVZU: AXBOROT XAVFSIZLIGINI TASHKIL ETISH
Reja:
Axborot xavfsizligini tashkil etish
Xujumlarni aniqlash
Ekspert tizimlari
Neyron tarmoqlari
1 Axborot xavfsizligini tashkil etish
Himoyalanishni taxlillash vositalari zaifliklarni topib va o‘z vaqtida yo‘q qilib xujumni amalga oshirish imkoniyatini bartaraf qiladi. Natijada, himoyalash vositalarini ishlatilishiga bo’ladigan barcha sarf-harajatlar kamayadi.
Himoyalanishni taxlillash vositalari tarmoq sathida, operatsion tizim sathida va ilovalar sathida ishlashi mumkin. Ular tekshirishlar sonini bora- bora ko‘paytirish, axborot tizimiga "ichkarilab borish" va uning barcha sathlarini tadqiqlash orqali zaifliklarni qidirishi mumkin.
Tarmoq protokollari va servislari himoyalanishini tahlillash vositalari. Har qanday tarmoqda abonentlarning O‘zaro aloqasi ikkita va undan ko‘p uzellar orasida axborot almashinish muolajalarini belgilovchi tarmoq protokollari va servislaridan foydalanishga asoslangan. Tarmoq protokollari va servislarini ishlab chiqishda ularga ishlanuvchi axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha talablar (odatda shubxasiz yetarli bo‘lmagan) qo‘yilgan. Shu sababli, tarmoq protokollarida aniqlangan zaifliklar xususida axborotlar paydo bo‘lmoqda. Natijada, korporativ tarmoqda foydalanadigan barcha protokol va servislarni doimo tekshirish zaruriyati tug‘iladi.
Himoyalanishni taxlillash tizimi zaifliklarni aniqlash bo’yicha testlar seriyasini bajaradi. Bu testlar niyati buzuq odamlarning kor’orativ tarmoqlarga xujumlarida qo‘llaniladiganiga o‘xshash.
Zaifliklarni aniqlash maqsadida skanerlash tekshiruvchi tizim xususidagi dastlabki axborotni, xususan, ruxsat etilgan protokollar va ochiq portlar, O‘eratsion tizimnnig ishlatiluvchi versiyalari va h. xususidagi axborotni olish bilan boshlanadi. Skanerlash keng tarqalgan xujumlar, masalan, tO‘liq saralash usuli bo’yicha parollarni tanlashdan foydalanib, suqilib kirishniimitatsiyalashga urinish bilan tugaydi.
Himoyalanishni taxlillash vositalari yordamida tarmoq sathida nafaqat Internetning kor’orativ tarmoqdan ruxsatsiz foydalanishi imkoniyatini testlash, balki tashkilot ichki tarmog‘ida tekshirishni amalga oshirish mumkin. Tarmoq sathida himoyalanishni taxlillash tizimi tashkilot xavfsizlik darajasinibaholashga hamda tarmoq dasturiy va a’’arat ta’minotini sozlash samaradorligini nazoratlashga xizmat qiladi.
2Xujumlarni aniqlash
Tarmoq axborotini taxlillash usullari. Mohiyati bo’yicha, xujumlarni aniqlash jarayoni korporativ tarmoqda bo‘layotgan shubhali harakatlarni baholash jarayonidir. Boshqacha aytganda xujumlarni aniqlash- hisoblash yoki tarmoq resurslariga yo‘naltirilgan shubhali harakatlarni identifikatsiyalash va ularga reaktsiya ko‘rsatish jarayoni. Hozirda xujumlarni aniqlash tizimida quyidagi usullar ishlatiladi:
statistik usul;
Ekspert tizimlari;
neyron tarmoqlari.
Statistik usul. Statistik yondashishning asosiy afzalligi allaqachon ishlab chiqilgan va O‘zini tanitgan matematik statistika apparatini ishlatish va sub’ekt xarakteriga moslash.
Avval tahlillanuvchi tizimning barcha sub’ektlari uchun profillar aniqlanadi. Ishlatiladigan profillarning etalondan har qanday chetlanishi ruxsat etilmagan foydalanish hisoblanadi. Statistik usullar universal hisoblanadi, chunki mumkin bo‘lgan xujumlarni va ular foydalanadigan zaifliklarni bilish talab etilmaydi. Ammo bu usullardan foydalanishda bir qancha muammolar paydo bo’ladi:
Statistik tizimlar xodisalar kelishi tartibiga sezuvchanmaslar; ba’zi xollarda bir xodisaning O‘zi, kelishi tartibiga kO‘ra anomal yoki normal faoliyatni xarakterlashi mumkin.
Anomal faoliyatni adekvat identifikatsiyalash maqsadida xujumlarni aniqlash tizimi tomonidan kuzatiluvchi xarakteristikalar uchun chegaraviy (bO‘sag‘aviy) qiymatlarni berish juda qiyin.
Statistik usullar vaqt O‘tishi bilan buzg‘unchilar tomonidan shunday "O‘rnatilishi" mumkinki, xujum harakatlari normal kabi qabul qilinadi.
3Ekspert tizimlari.
Ekspert tizimi odam-Ekspert bilimlarini qamrab oluvchi qoidalar to’plamidan tashkil topgan. Ekspert tizimidan foydalanish xujumlarni aniqlashning keng tarqalgan usuli bo‘lib, xujumlar xususidagi axborot qoidalar ko‘rinishida ifodalanadi. Bu qoidalar harakatlar ketma-ketligi yoki signaturalar ko‘rinishida yozilishi mumkin. Bu qoidalarning har birining bajarilishida ruxsatsiz faoliyat mavjudligi xususida qaror qabul qilinadi. Bunday yondashishning muhim afzalligi - yolg‘on trevoganing umuman bo‘lmasligi.
Ekspert tizimining ma’lumotlari bazasida hozirda ma’lum bo‘lgan aksariyat xujumlar stsenariyasi bo‘lishi lozim. Ekspert tizimlari, dol-zarblikni saqlash maqsadida, ma’lumotlar bazasini muttasil yangilashni talab etadi. Garchi ekspert tizimlari qaydlash jurnallaridagi ma’lumotlarni ko‘zdan kechirishga yaxshi imkoniyatni tavsiya qilsada, so‘ralgan yangilanish e’tiborsiz qoldirilishi yoki ma’mur tomonidan qo‘lda amalga oshirilishi
mumkin. Bu eng kamida, Ekspert tizimi imkoniyatlarining bo‘shashiga olib keladi.
Ekspert tizimlarining kamchiliklari ichida eng asosiysi - noma’lum xujumlarni akslantira olmasligi. Bunda oldindan ma’lum xujumning xatto ozgina O‘zgarishi xujumlarni aniqlash tizimining ishlashiga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
4Neyron tarmoqlari.
Xujumlarni aniqlash usullarining aksariyati qoidalar yoki statistik yondashish asosida nazoratlanuvchi muhitni tahlillash shakllaridanfoydalanadi. Nazoratlanuvchi muhit sifatida qaydlash jurnallari yoki tarmoq trafigi ko‘rilishi mumkin. Bunday taxlillash ma’mur yoki xujumlarni yaniqlashtizimi tomonidan yaratilgan, oldindan aniqlangan qoidalar to‘plamiga tayanadi.
Xujumni vaqt bo’yicha yoki bir necha niyati buzuq odamlar o‘rtasida har qanday bo‘linishi Ekspert tizimlar yordamida aniqlashga qiyinchilik tug‘diradi.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
Axborot xavfsizligini tashkil etish
Xujumlarni aniqlash
Ekspert tizimlari
Neyron tarmoqlari
Uyga vazifa
Tarmoq axborotini taxlillash usullari.
Statistik usul
Foydalanilgan adabiyotlar
Axborot texnologiyasi. Axborotlarni kriptografik muxofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 1105:2006
.B.Boltayev, A.Azamatov, A.Asqarov, M.Sodiqov, G.Azamatova. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinfi uchun darslik. Toshkent: “Cho‘lpon” nomidagi NMIU, 2015. – 160 b.
N.Taylaqov, A.Axmedov, M.Pardayeva, A.Abdug'aniyev, U.Mirsanov O'rta ta'lim muassasalarining 11-sinflari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalario'quvchilari uchun darslik. «Extremum-press» Toshkent – 2018.
Кадиркулов Р.А., Рыскулбекова А. Информатика, 7 класс. https://www.opiq.kz/Kit/Details/61
|
| |