|
III bob uchun nazorat savollari
|
bet | 21/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxIII bob uchun nazorat savollari
1.O’zbekistonda yig’ma temirbeton oraliq qurilmalarni montaj qilish texnologiyalari nimalardan iborat?
2.Yig’ma temirbeton oraliq qurilmalarni montaj qilish sxemalarini ko’rsatib bering?
3.Uzluksiz monolit temirbeton oraliq qurilmalarni montaj qilish texnologik sxemalari nimalardan iborat?
4.Uzlukli yig’ma va uzluksiz oraliq qurilma to’sin va plitalarini montaj qilishda, qanday mashina va mexanizmlar qo’llaniladi?
5.Montaj jarayonida stropovka va ilgaklar qanday qoidalarga asosan tanlanadi?
6.Oldindan zo’riqtirilgan monolit oraliq qurilmalarni montaj qilish bosqichlari nimalardan iborat?
IV BOB. METALL KO‘PRIKLARNI QURISH TEXNOLOGIYALARI
4.1. Po‘lat temirbeton oraliq qurilmalarni qurish. Ularning konstruksiyalari
Po‘lat temirbeton oraliq qurilmalar turli sistemada qo‘llaniladi: to‘sinli, rama va birlashtirilgan. Shuningdek po‘lat temirbeton oraliq qurilmalarini to‘sin-qattiq sistemalari vantli va osma shaklda bo‘lishi mumkin.
To‘sinli po‘lat-temirbeton sistemalari keng qo‘llanilib kelinyapti. Statik sxemasi bo‘yicha ular uzunligi 42…63m gacha, temperaturaviy-uzluksiz va uzluksiz 100m gacha bo‘lishi mumkin.
Texnologik qurilishi bo‘yicha monolit yoki yig‘ma bo‘lishi mumkin.Eksplutatsiya qilish bo‘yicha monolit sxemadagi ko‘priklarga ko‘proq ishonchlilik bildiriladi.
Ko‘ndalang kesimi bo‘yicha po‘lat-temirbeton oraliq qurilmalar quyidagi konstruksiyalarga bo‘linadi:
2 ta bosh tavr to‘sinlari bilan xarakat qismi temirbeton plitalardan tashkil topgan 2 ta bosh to‘siq yuqori mustahkam boltlar bilan mahkamlangan.
Kichik balandlikka ega bo‘lgan ko‘kto‘sini yo‘lo‘tkazgichlar
Vertikal devor va monolit plitalardan tashkil topgan korobkasimon to‘sinlar.
Zavodda tayyorlangan korobkasimon to‘sinlardan va monolit plitalardan tashkil topgan.
Fermasi ichki oraliqda joylashgan.
Oraliq qurilmalarni metal konstruksiyalari uchun-kasblechirlangan list po‘latlari 10XCHD va 10XCHD-2
Fasonli prokatga ega bo‘lgan pastlechirlangan burchakli po‘lat 15×CHD.
Uglerodli po‘lat C+3CП5 bo‘ylama va ko‘ndalang biriktirish uchun.
Termik ishlov berilgan yuqori mustahkam boltlar 40X.
Beton monolit plitasi uchun-gidrotexnik B-35, sovuqbardoshlik bo‘yicha F-300 suv o‘tkazmaslik bo‘yicha W10, Armatura sinfi A-I va A-III
4.1-rasm. Po‘lat temirbeton oraliq qurilmalarni ko‘ndalang kesimlari:
a) Yig‘ma plita bilan; b) Monolit plita bilan.
1) Temirbeton plitalari bloklari; 2) Po‘lat bosh to‘sinlar; 3) Bosh to‘sinlar orasidagi bog‘lagichlar; 4) O‘rta payvandlangan to‘sin; 5) Temirbeton monolit plitasi
4.2-rasm. Po‘lat to‘sin va temirbeton plitalarni biriktirish uchun tirgaklar konstruktsiyasi
a) Bikr tirgak; b) Qayishuvchi tirgak. 1) List; 2) To‘sin yuqori belbog‘i; 3) Payvand choklar; 4) Bikr qovurg‘a.
Namunaviy po‘lat temirbeton oraliq qurilmalar yig‘ma temirbeton plitasi bilan montaj qilish.
Yuqori mustahkamli boltlarni biriktirishda 2 ta vazifani bajarish kerak.
Kontaktda bo‘lgan yuzalarini tozalash.
Loyihada berilgan qiymatgacha tortib burash.
4.3-rasm. Po‘lat temirbeton oraliq qurilmalarni namunaviy turlarini namunaviy turlarini zavodda tayyorlangan montaj elementlari
a) Bosh to‘sinni bloki payvandlangan tirgaklari bilan; b) payvandlangan ferma burchak elementlarini ko‘ndalang bog‘log‘ichlari; v) Tayanchdagi diagfraglamalrning bloklari. 1) Qattiq tirgaklar; 2) Montaj choklaridagi boltlarni devordagi teshiklari; 3) Payvand fermalarni ko‘ndalang bog‘log‘ichlari; 4) Ferma mustaxkam burchak elementlari.
Kontakda bo‘ladigan yuzalarini temir cho‘tkasi bilan tozalash kerak bo‘ladi bunda ishqalanish koeffitsienti μ-0,35 bo‘lishi zarur.
Metal elementlarini tozalagandan so‘ng 3 kun ichida yeg‘ish kerak, aks holda tozalashni yana amalga oshirish kerak.
Fasonkava to‘sinlarni oxirgi zarralari albatta tozalanishi kerak. Boltlar avval kerosin eritmasida yuvilishi zarur.Boltlarni burash chaykaburovchi pnevmo moslama bilan bajarilishi kerak. Bu moslamani sutkada bir martatarirovka qilishi kerak. Loyiha buraluvchi kuchgacha yetib borgandan so‘ng, bo‘yoq bilan belgilab qo‘yish kerak.
4.4-rasm. Yuqori mustaxkamli boltning biriktirish sxemalari
1) Yuqori mustaxkamli bolt; 2) Biriktiriladigan listlar; 3) Siqilish futulkasi; 4) Listlarni siqilish zonasi.
Po‘lat to‘sinli konstruksiyalarni loyiha holatiga o‘rnatish asosiy sxemalari.
Montaj shartlariga ko‘ra quyidagi usullari mavjud:
4.5-rasm. 3 oraliqli uzluksiz po‘lat temirbeton oraliq qurilmalardagi zo‘riqishlarni tartibga solish
a) tayanchga o‘rnatilgan oraliq qurilmaning po‘lat qismi; b) Oraliq tayanchlarda po‘lat to‘sinlarni maxkamlash; v) Monolit temirbetonni montaj qilish; g) Oraliq qurilmani tayanch qismlarga urnatish.
1) Po‘lat balkalar; 2) Temirbeton plita; 3) vaqtinchalik kataklar va damkratlar.
1-sxema.Tayyor montaj tayanchlarga bo‘ylama siljitish (avanbek bilan) keng qo‘llaniladigan usullardan biri.
84m to‘sin uzunligiga avanbekni uzunligi 21m qilib olinadi.
2-sxema.Tayyor va vaqtinchalik tayanchlar ustidan bo‘ylama siljitish olib boriladi. Bunda siljitilayotganda vaqtinchalik tayanchlardagi gorizontal ishqalanish kuchlari hisob yuriltilayotganda albatta hisobga olinishi kerak.
3-sxema. Shprengel yordamida kapital tayanchlar ustidan bo‘ylama siljitish.
4-sxema. Bo‘ylama siljitish qalqib turgan tayanchlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa kema o‘tish intensivligi ko‘p bo‘lgan daryolarda va yordamchi xovonlar o‘rnatish imkoniyati yo‘q bo‘lgan paytlarda.
5-sxema. Bo‘ylama siljitish 2 ta qirg‘oqdan o‘rta oraliqgacha bo‘ladi. Bunda bosh to‘sinni konsoli uzunligi 2 marta kichrayadi. Temperatura o‘zgarishi bilan seksiya uzunliklari o‘zgarishi kuzatiladi, bunday hollarda temperatura minimal darajada o‘zgarish vaqtlarda amalga oshirish nazarda tutiladi.
4.6-rasm. Uzluksiz po‘lat temirbeton oraliq qurilmalarni metal qismi montaj sxemalari:
a) Qalqima tayanchlarda bo‘ylama siljitish; b) Ikkita qirg‘oqdan doimiy ayanchlarga bo‘ylama siljitish; v) Yuqoridan yigish.
1) Siljitilayotgan po‘lat konstruktsiya; 2) Qalqima tayanch; 3) o‘rnatilgan oraliq qurilmadagi montaj krani; 4) Birinchi oraliq qurilmadagi butunlasi joylashgan xovonlar
6-sxema. Osma va yarim osma usuli juda kam hollarda qo‘llaniladi. Bu usulni kamchiligi yuqorida montaj ishlarini olib borish xavfi borligi.
7-sxema. Kapital va vaqtinchalik tayanchlar ustida metall konstruksiyalarni yig‘ishadi. Vaqtinchalik tayanchlar ko‘prik inveator konstruksiyalaridan yig‘iladi. Bu usul ko‘prik va shaxar estakadalari qurilishida ishlatiladi.
8-sxema. Katta yuk ko‘taradigan kranlar yordamida katta bloklar va butun oraliq qurilmalarini o‘rnatish va bu usul eng progressiv usullardan biriga kiradi.
Bunda quyidagi kranlar qo‘llaniladi:
Kozlovoy kran (L-42m og‘irligi 50 t to‘sinlar montaji uchun)
400t ko‘tara oladigan strekali o‘zi yurar kranlar.
Suvda qalqib yuradigan 100t (daryoda) va 100-5000t (dengizda)kranlar yordamida.
4.7-rasm. Uzluksiz po‘lat temirbeton oraliq qurilmalar metal qismini kran bilan montaj qililish sxemasi:
a) Yordamchi tayanchlar bilan yig‘ish; b) Butun oraliq qurilmalar bilan yig‘ish
1) To‘sinni kattalashtirilgan bloki; 2) To‘sinni butub qismi bloki; 3) Montaj kranini ilgaki “Tik oyoqli yoki strelali”; 4) Yordamchi vaqtinchalik tayanchlar; 5) Qurib bitqazilgan kapital tayanch
|
| |