|
Arkali ko‘priklarni qurish
|
bet | 24/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxArkali ko‘priklarni qurish.
Arkali ko‘priklarda asosiy yuk ko‘taruvchanlik elementi bo‘lib arka va gumbaz tashkil etadi. Shuningdek, aralashgan sxemadagi elementlar arka va qattiq to‘sin shaklida ham uchraydi. Temirbeton arkalar, asosan sharnirsiz, po‘latli-2sharnirli. Xarakatlanish pastdan, yuqoridan va o‘rta qismdan bo‘lishi mumkin. Arkali ko‘priklar boshqa sistemalarga qaraganda arxitekturasi bir muncha chiroyli bo‘ladi. Arkali ko‘priklar beton, temirbeton, po‘lat va ayrim hollarda tabiiy toshlardan bo‘lishi mumkin. Temirbeton arkali oraliq qurilmalar yig‘ma va monolit holatda tayyorlanadi. Yig‘ma shaklda montaj bloklari П-simon, 2 tavr va boshqa kesimda bo‘lishi mumkin. Arkali ko‘priklarni yuk ko‘taruvchi elementlari maxsus xovonlarda va aylana moslamalarda yig‘iladi.
Monolit arkalar oraliqlari 20…30m bo‘lgan seksiyalarda betonlanadi. Betonlash 2 tarafdan olib boriladi. Sharnirsiz arkali oraliq qurilmalardagi yoriq paydo bo‘lmasligi uchun ishchi choklar o‘rnatiladi asosan oraliqni o‘rta qismlarida bo‘ladi. Beton qorishmalari beton nasoslarda shuningdek kran va badyalarda uzatiladi.
Xovon va aylana moslamalardan betonlashlardan tashqari osma va osma betonlash usullari bilan amalga oshirish mumkin.
4.10- rasm. Arka sistemasidagi ko‘priklarni qurish sxemalari:
a) Xovonlar ustidan; b)osma usuldan.
1) Xovonlar; 2) Yuk ko‘taruvchi arkani montaj qilish; 3) Vaqtinchalik pilon; 4) Vantlar; 5) Arka bloklarini qurish yoki betonlash.
Vant ko‘priklarni qurish
Vantni ko‘priklar dunyo tajribasida oxirgi 50 yil ichida keng qo‘llanilib kelyapti. Statik sxemasi bo‘yicha uzluksiz bo‘lishi mumkin ular vantlar bilan kuchaytiriladi. Vantli ko‘priklar arkali sistemalarga qaraganda aerodinamik sifatlari bo‘yicha ancha ustuvor. Bundan tashqari alohida kanatlardan tashkil topgan, osma ko‘priklar kabellariga qaraganda texnologik jarayoni qulay.
Vantli fermalar uchun quyidagi bandlar qo‘llaniladi.
Vant fermalar uchun quyidagilar qo‘llaniladi:
ruxlangan simlardan tashkil topgan kanatlar;
Paralel simlardan tashkil topgan kanatlar;
7ta similar o‘ramidan yigi\lgan kanatlar.
Yuqoridagi kanatlar L 100-400 metrgacha oraliqli vant ko‘priklarda qo‘llaniladi.
Vant sistemasidagi ko‘priklarni qurish sixemalari. Bo‘ylama siljitish usuli osma ko‘priklarni pilonlari konstruktsiyalari vantli ko‘priklar pilonlariga o‘xshash bo‘lib, ular po‘lat va temirbeton bolishi mumkin. Kabellar massiv tayanchlar ankerlariga maxkamlanib siljish va uzilish zo‘riqishlarini o‘ziga qabul qiladi. Kabellar 5-7 mm diametrdagi simlardan o‘ram shaklida montaj qilinadi. Kabellar korroziyadan saqlanishi uchun ruxlangan simlar o‘ramini bo‘yash bilan tayyorlanadi.
Tayanchlardagi ankerga sim o‘ralgan g‘altaksimon buxtalar olib kelinadi va uning uzunligi tartibga solinib, tortishga tayyorlanadi.
4.11-rasm. Vant sistemasidagi ko‘priklarni qurish sxemalari:
a) Bo‘ylama siljitish usuli; b) Bikr to‘sinni osma usulda betonlash; v) Pilon bilan ko‘p oraliqli vant-to‘sinli sistemani bo‘ylama siljitish; g) vaqtinchalik bikr tayanchlar yordamida yig‘ish usuli.
1) Bikr to‘sini; 2) Plon; 3) Avanbek; 4) Turtki moslamasi; 5) Osma usulda betonlash agregati; 6) Vaqtinchalik tayanch.
|
| |