• 6.3. Nuqson va shikastlanishlarning sinflanishi
  • 6.4. Ko‘prik tayanchlarida ko‘p uchraydigan nuqsonlar, ularni aniqlash usullari va ta’mirlash
  • Qiya yoriqlar o‘rtasidagi bеtonning parchalanishi




    Download 17,83 Mb.
    bet32/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    Qiya yoriqlar o‘rtasidagi bеtonning parchalanishi.
    Suv o‘tkazish yuzasini kamaytirish imkoni bo‘lgan hollarda shikastlangan quvur ichiga diametri kichikroq bo‘lgan boshqa quvur o‘rnatiladi.
    Metall quvurlarning asosiy shikastlari ushbular: korroziya, yoriqlar va boltli bog‘lovlarda metalldagi uzilishlar, himoya qatlamlari va lotokdagi shikastlar. Aniqlangan nuqsonlar tezda bartaraf etilishi, quvur metallida uzilishlar ko‘p bo‘lgan hollarda esa almashtirilishi lozim.
    6.3. Nuqson va shikastlanishlarning sinflanishi
    Temirbeton elementlardagi nuqson va shikastlanishlar. Bugungi kunda ekspluatatsion xizmatlari inshootlardagi nuqsonlar va ularning paydo bo‘lish sabablariga oid tezkor, tizimlashtirilgan ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur. Bu nuqsonlilikni oldindan belgilash, zarur ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini rejalashtirish va ko‘priklarni saqlash sifatini oshirish imkonini beradi. Hozirda shikastlanishlar va nuqsonlar quyidagi belgilariga ko‘ra sinflangan:



    6.7-rasm. Suv o‘tqazuvchi quvurlardagi shikastlanish va nuqsonlar


    • shikastlanish turi (charchash, mexanik, turg‘unlik yo‘qolishi, siljishlar, cho‘kishlar, chirish va h.k.);

    • yuzaga kelish chastotasi; konstruktiv belgilari; xavflilik darajasi; rivojlanish davomiyligi.

    Metall oraliq qurilmalarning eng ko‘p tarqalgan nuqsonlari:

    • qurilma (zaklepka) va bolt ulamalarining ishdan chiqishi;

    • zo‘riqish maksimal jamlangan joylardagi sinish va yoriqlar, charchash yoriqlari;

    • nogabarit yuklar tashib o‘tilishi oqibatidagi mexanik shikastlanishlar;

    • agressiv muhit, yuqori namlik, kezib yuradigan elektr toklari zonalarida ishlash oqibatidagi chirishga oid shikastlanishlar.

    Temirbeton ko‘prik inshootlariga xos bo‘lgan, eng ko‘p uchraydigan shikastlanishlar:

    • konstruksiyaning turli qismlaridagi yoriqlar (bo‘ylama, ko‘ndalang, betartib joylashgan);

    • beton ko‘chib sinishlari va himoya qatlamining ko‘chishlari;

    • gidroizolyatsiya shikastlanishi;

    • armatura chirishi;

    • plita konsollarining yemirilishi.

    Ko‘p hollarda nuqsonlar miqdori shu qadar ko‘p bo‘ladiki, kuchaytirish ishlarini amalga oshirish iqtisodiy nuqtai nazardan befoyda, buning o‘rniga yangi oraliq qurilmasini o‘rnatish samaraliroq bo‘ladi va bunda ko‘prikning mashina o‘tkazish va yuk ko‘tarish xususiyatini oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Shuningdek ko‘prik tayanchlari nuqsonlari: yoriqlar, terilgan tosh (g‘isht) buzilishi, ustki bezak qismining yemirilishi, cho‘kish, siljish, qiyshayish kabilarni aniqlash va ularni bartaraf etish ham muhim o‘rin tutadi.
    Terilgan tosh (g‘isht) mustahkamligi yo‘qolganida tayanchlar kuchaytirilishi talab etilib, uni betonlashning turli texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Biroq eng xavfli shikastlanishlar – tayanchlar siljishi bo‘lib, ular qudratli kontrforslar jihozlanishi, qoziqlar, og‘ir tirgaksimon plitalar o‘rnatilishi, shuningdek poydevor ostidagi grunt mahkamlanishini talab qiladi.
    Ko‘prikning temirbeton elementlaridagi yoriqlar. Ochilish eni 0,25 mm dan katta bo‘lgan statik yoriqlar konstruksiya kesimi yuk ko‘tarish imkonining yetarli emasligidan dalolat berib, jiddiy oqibatlar yuzaga kelishi uchun xavf (armatura chirishi, charchash tufayli yemirilish va h.k.) tug‘diradilar. Yoriqlar ko‘pincha plitalarning konsolli chiqish joylari, to‘sinlar markazida, shuningdek kolonna(ustun)larning kapitel va poydevor qismida paydo bo‘ladi.
    Karbonizatsiya jarayonlari oqibatida beton himoya qatlamining yemirilishi. Namunaviy (odatiy) nuqsonlar deb quyidagilarga aytiladi: beton himoya qatlami qalinligining yetarli emasligi yoki uning yuqori darajadagi o‘tkazuvchanligi sababli beton himoya qatlamining ko‘chishi va armatura chirishi. Beton himoya qatlamining karbonizatsiya oqibatida armatura o‘z tabiiy himoyasidan mahrum bo‘lib, bunda po‘lat chirish jarayonlariga duchor bo‘ladi va chirish hosilalari ancha katta hajmga ega bo‘lib, bu beton qatlamining ko‘chishi va butunlay yemirilishiga sabab bo‘ladi.
    Ta’mirlangan uchastkalardagi takroriy yuzaga kelgan nuqsonlar. Ta’mirdan chiqarilgan uchastkalarning yuzalaridagi yangi nuqsonlarni ko‘pincha ishlarning chala bajarilishi va materialni noto‘g‘ri tanlash bilan izohlash mumkin. Betonga yotqizilgan himoya muayyan talablarga (masalan, yoriqlar ustini yetarli darajada qoplamaslik, ob-havo sharoitlariga chidamsizlik, adgeziya darajasining pastligi, oqibatda qatlam ko‘chishi va h.k.) javob bermasa, takroriy chirish yoki yangi yoriqlar qisqa vaqt ichidayoq ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lib qoladi.
    Beton himoya qatlami yetarli bo‘lmagan yoki boshqa zaif joyi, masalan, gidroizolyatsiyasi qoniqarsiz bajarilgan uchastkalarda maxsus ta’mirlash texnologiyalari va materiallarini qo‘llash lozim.
    Qurilish ob’ektlarida uchraydigan tipik (odatiy) nuqsonlar:

    • betonning yetarli bo‘lmagan darajadagi zichligi, tirqishlar mavjudligi, yirik to‘ldiruvchi va armaturaning ochilib qolishi, beton qorishmasining qatlamlanishi, betondagi yoriqlar;

    • armatura yaqinidagi beton himoya qatlamining buzilishi;

    • ishchi choklari zonasida yangi va eski betonning yaxshi birikmaganligi;

    • betonlashdagi tanaffusda hosil bo‘lgan loyihada ko‘zda tutilmagan chok;

    • konstruksiyalarning loyiha o‘lchamlaridan chetlashishi (rejasiga ko‘ra va balandligi bo‘yicha, vertikal va gorizontal bo‘yicha og‘ishlari);

    • beton yaxshi isitilmaganligi, qotayotgan betonning muzlab qolishiga yo‘l qo‘yilishi;

    • qurilish jarayonida konstruksiyalarga tushadigan yuk ortib ketishi, konstruksiyalar shikastlanishi, oqibatda, yoriqlar va bukilishlar, siniqlar paydo bo‘lishi, betonning uvalanib ketishi.

    Ishlab turgan transport inshootlarida nuqsonlar, asosan, agressiv muhitlar ta’sirida, muzlatib qo‘yish va eritish tufayli, yuqori haroratlar ta’sirida, dinamik yuklarning uzoq vaqt davom etgan ta’siri natijasida yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida yuzaga kelib, armatura va beton chirishi, betonda yoriqlar hosil bo‘lishi, himoya qatlamining qatlamlanib ko‘chishi, betonning uvalanishida ifodalanadi. Bunday hollarda beton ta’mirlanib, himoya qatlami tiklanishi, nuqsonlar barataraf etilishi va betonli konstruksiya tiklanishi talab etiladi.
    Oraliq qurilmalari ularning konstruktiv va texnologik xususiyatlari hamda ekspluatatsion shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda yuzaga kelgan va rivojlangan nuqson va shikastlanishlarga ega bo‘ladilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1907, 1925 va 1931 yillardagi loyiha asosida qurilib, o‘sha payt yuklariga mo‘ljallangan oraliq qurilmalarida eng ko‘p nosozliklar mavjud. (Oraliq qurilmalarning umumiy miqdorining 52%), bu birinchi navbatda ularning uzoq muddat ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
    Ko‘prik temirbeton va metall elementlarining chirishi. Atrof muhit ta’siri (namlik, harorat o‘zgarishi, shamol, atmosferada agressiv moddalar mavjudligi) – yemiruvchi omillar ichidagi eng kuchlisidir. Bunda armatura va betonni himoyalash to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish talab etiladi.
    Turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tadqiq etish natijasida olingan ko‘p sonli ma’lumotlar asosida, shikastlangan armaturani baholashda quyidagi koeffitsientlarni tavsiya etish mumkin: diametri 25 mm bo‘lgan sterjenlar uchun chirish yorig‘ining ochilish kengligi 1,0 mm bo‘lganida armaturaning shikastlanishlanish darajasi – 8%, kengligi 2,0 mm bo‘lganida – 12%, 3,0 mm bo‘lganida esa – 15%.
    Ishqorli aralashmalar, kislota aralashmalari ta’sirida chirish bilan shikastlanganda, beton mustahkamligining pasayish darajasini baholash maqsadida, foydalanish vaqti bo‘yicha ob’ektlarni dastlabki o‘rganish bosqichida va jamlangan tajriba va tadqiqotlar asosida baholash hisob-kitoblarini o‘tkazishda beton ishi shart-sharoitining quyidagi koeffitsientlarini tavsiya etish mumkin: 1 yil uchun 0,7, 2 yil uchun 0,6, 3 yil uchun 0,55 va 5 yil uchun 0,4.
    Bu holda tarkibiga xlorid kirgan beton to‘lig‘icha olib tashlanib, yuqori sifatli ta’mirlovchi materiallar bilan almashtirilishi lozim. Har yili xalq xo‘jaligi yalpi ijtimoiy mahsulotining 4% ga yaqin qismi chirish tufayli yo‘qotiladi. Agar biz maxsus himoya choralaridan voz kechganimizda bu yo‘qotishlar yana ham katta bo‘lar edi. Biroq, muntazam va aniq kelishilgan chora-tadbirlar yo‘qotishlarni qisqartirish imkonini beradi.
    6.4. Ko‘prik tayanchlarida ko‘p uchraydigan nuqsonlar, ularni aniqlash usullari va ta’mirlash
    Temirbeton tayanchlarda uchraydigan nuqsonlarning asosiysi betondagi yoriqlardir. Ruxsat etilmagan kenglikdagi yoriqlarning mavjudligi armaturaning jadal ravishda korroziyalanishi va konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyati kamayishiga olib kelishi mumkin. Oldindan zo‘riqtirilgan simli armaturaning korroziyasi ayniqsa xavflidir. Shu sababli temirbeton ko‘priklarni saqlash davrida gidroizolyatsiya, suv qochirish holati va yoriqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini oldini olish lozim, birinchi navbatda konstruksiyalarning ko‘tarish qobiliyatini kamayishiga olib kelishi mumkinlariga e’tibor beriladi. Bunday yoriqlarga, birinchi navbatda, devorchalardagi qiya yoriqlar va harakat qismi plitasining to‘sinlar devorchalariga birlashuv qismidagi bo‘ylama yoriqlar kiritiladi.
    Yig‘ma konstruksiyalarni ekspluatatsiya qilishda yig‘ma elementlar choklariga, ularda yoriqlar, beton sinishlari, betonning himoya qavati yemirilishidan armaturaning ochilib qolishiga va boshqa nuqsonlarga e’tibor beriladi.

    1. konstruksiyaning ish muddati va ko‘tarish qobiliyatini kamaytirmaydigan nuqsonlar (yuzadagi g‘ovaklar, ochilish kengligi 0,2 mm dan kam bo‘lgan yoriqlar, armatura ochilishisiz betondagi ko‘chkilar va shu kabilar);

    2. konstruksiyaning ish muddatini kamaytiradigan nuqsonlar (ochilish kengligi 0,2 mm dan katta bo‘lgan yoriqlar, armatura ochilishiga olib keladigan betondagi ko‘chkilar va g‘ovaklar);

    3. konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyatini kamaytiradigan nuqsonlar (to‘sin devochalaridagi qiya yoriqlar, plitaning va devorchalarning birlashuv qismidagi gorizontal yoriqlar va shu kabilar).

    a - guruhi nuqsonlarining mavjudligi tez muddatda ta’mirlash ishlarini olib borilishini talab qilmaydi. Bu nuqsonlar joriy saqlash jarayonida bartaraf etilishi mumkin.
    b - guruhi nuqsonlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlash ishlari inshootning ish muddatini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda qo‘llaniladigan materiallar yaxshi himoya xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim.
    v - guruhi nuqsonlarini bartaraf etishdan maqsad konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyatini tiklash.
    Ta’mirlash ishlari texnologiyasi va qo‘llaniladigan materiallar mustahkamlik talablariga javob berishi kerak.
    Temirbeton ko‘priklarni ta’mirlash vaqtida qo‘llaniladigan materiallar, ta’mirlash turiga qarab, beton bilan birlashgandan so‘ng yoki sement toshga yaqin hususiyatlarga, yoki katta deformativ xossaga ega bo‘lishi kerak (elastik germetiklar).
    Sifatli ta’mirlashni ta’minlash uchun ta’mirlash ishlari texnologiyasiga kat’iyan rioya qilish lozim.
    Yoriqlarning ochilish kengligiga qarab yoriqlarni berkitishning ikki usuli taklif etiladi:

      1. polimer qorishmalar yordamida - yoriqlarning ochilish kengligi 0,3 mm dan kam bo‘lganda;

      2. epoksid kompozitsiyalar yordamida in’eksiyalash - yoriqlarning ochilish kengligi 0,3 mm va undan ortiq bo‘lganda.

    Konstruksiyalarni tiklash vaqtida epoksid kompozitsiyalar bilan in’eksiyalash usuli, yaxlitligi shikastlangan konstruksiyalarni to‘liq tiklanishini ta’minlaydi. In’eksiyalashda yuqori mustahkamlikka ega kley tarkiblari oldindan germetizatsiya qilingan yoriqlarga yuqori bosim ostida yuboriladi.
    Temirbeton oraliq qurilmalari konstruksiyalaridagi yoriqlarni berkitishda, ta’mirlash joylarini tayyorlash ushbu tartibda bajariladi:

    1. temirbeton konstruksiyalari yuzasini turli iflosliklardan tozalash lozim – asfalt, moy, sement suti, eski bitum mastika va bo‘yoq izlari po‘lat chyotkalar, boshqa asboblar yoki qum oqimi usuli bilan. Yog‘li ifloslanishlar aseton yordamida tozalanadi;

    2. yoriqlar 2-3 mm chuqurlikka 45-60 burchak ostida tozalanadi;

    3. betonning shikastlangan yuzalari urib tushiriladi (chegaralari bolg‘a bilan urib chiqish yordamida aniqlanadi);

    4. ochilib qolgan armatura zangdan, okalinadan yoki boshqa iflosliklardan po‘lat chyotkalar yordamida toza metall rangigacha tozalanadi. Tozalangan armatura changsizlantiriladi va aseton bilan yog‘sizlantiriladi;

    5. beton yuzasi bosim ostida suv bilan yuviladi va quritiladi.

    Polimer qorishmalar yordamida yoriqlarni bartaraf etishda, qorishmalarning ushbu tarkibi tavsiya etiladi:
    Polimer qorishmasini tayyorlash va ishlatish ushbu tartibda bajariladi:

        1. Polivinilasetat emulsiyasi suv bilan aralashtiriladi.

        2. Aralashmaga portlandsement, qum qo‘shiladi va yengil harakatchan qorishma tayyor bo‘lguncha aralashtiriladi.

    Kam miqdordagi polimer qorishmani - 3-4 kg gacha, “qo‘l” usulida yaxshilab aralashtirish yordamida tayyorlash mumkin. Katta miqdordagi qorishmalarni tayorlashda vibroqoruvchi yoki boshqa turdagi qoruvchi moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
    Polimersement qorishmalar surtish oddiy masteroklar, shpatellar va shu kabilar yordamida bajariladi. Qorishma surtilgandan so‘ng taxminan 1 soatdan so‘ng suv bilan namlanadi, sement sepiladi va tekislanadi. Tashqi muhit harorati yuqori bo‘lganda (T30S) ta’mirlash joyi har kuni 2-3 marta namlanadi.


    Download 17,83 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qiya yoriqlar o‘rtasidagi bеtonning parchalanishi

    Download 17,83 Mb.