• VIII BOB.O‘ZBEKISTODA MAVJUD SUN’IY INSHOATLARDAGI EKSPLUATATSIYA XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI 8.1. Ekspluatatsiya xizmatini takomillashtirish uchun tadbirlar
  • 8.2. Ko‘priklar ekspluatatsiyasining vazifasi, strukturasi va tarkibi
  • VII bob uchun nazorat savollari




    Download 17,83 Mb.
    bet40/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    VII bob uchun nazorat savollari
    1. Ko’prik harakat qismi qoplamalarini joriy ta’mirlash qanday amalga oshiriladi?
    2. Sun’iy inshoot harakat qismida saqlash ishlari qanday tashkil etiladi?
    3. Temirbeton oraliq qurilmalarni ta’mirlash qanday amalga oshiriladi?
    4. Temirbeton quvurlarni saqlash ishlari qanday tashkil etiladi?
    5. Ekspluatatsiya jarayonini tekshirish va sinashda qanday asbob, uskuna va moslamalardan foydalaniladi?

    VIII BOB.O‘ZBEKISTODA MAVJUD SUN’IY INSHOATLARDAGI EKSPLUATATSIYA XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISH XUSUSIYATLARI
    8.1. Ekspluatatsiya xizmatini takomillashtirish uchun tadbirlar
    Inshootlarning ko‘zda tutilgan xizmat davrida normal ishlashini ularni loyihalash, qurish va undan foydalanish davrida ta’minlanadi. Ko‘prik kechuvi suv oqimining tabiiy jarayonini o‘zgartiradi. Suv oqimi jarayonidagi eng katta o‘zgarishlar suvning yuqori sathi davrida suv ostida qoladigan va keng daryo poyiga ega bo‘lgan tekislikdagi daryolarda ro‘y beradi. Bunday hollarda ko‘prik uzunligini kamaytirish maqsadida daryo poyining bir qismida keluv yo‘li ko‘tarmalari quriladi, bu esa o‘z navbatida yuqori suv davrida oqimning siqilishiga olib keladi. Buning natijasida, ko‘prik ostida suv oqimi tezligi ortadi va o‘zanda turli o‘zgarishlar ro‘y beradi.
    Yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra ko‘priklardan foydalanishda ko‘prik osti o‘zani va ko‘prik kechuvi moslamalarini saqlash uchun maxsus tadbirlar ishlab chiqish lozim, bu tadbirlar o‘zandagi o‘zgarishlarni nazorat qilish va inshoot ishi ishonchliligini ta’minlashdan iborat.
    Daryolarning ko‘prik kechuvi mintaqasidagi gidrologik holati va o‘zandagi deformatsiyalarni baholash maxsus Yo‘riqnomalar asosida bajariladi, bunda suv oqimi va sathi, yuqori suv belgilari, daryo o‘zani profili, o‘zanni plandagi holatida o‘zgarishlar va boshqalar doimiy kuzatuvlar ostida bo‘lishi lozim. Kuzatuvlar natijalari ko‘prik inshooti kitobida qayd etiladi.
    Katta hajmdagi gruntlarni ko‘chishi bilan bog‘liq bo‘lgan, umumiy va nuqtali ko‘chishlarning ko‘prik kechuvidan foydalanishga bo‘lgan salbiy ta’sirlarini bartaraf etish murakkab masala, chunki ular katta hajmdagi va qimmat bo‘lgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq (misol uchun, ko‘prik osti kengligini oshirish uchun grunt qatlamini olib tashlash va shu kabilar). Ammo, ayrim hollarda shu kabi ishlarni bajarishga majbur bo‘linadi.
    Shu sababli sel vaqtlarida yuvilishi mumkin bo‘lgan tayanchlarni mahalliy yuvilishlardan himoya qilish lozim. Ushbu tadbirlarning bir turi sifatida tayanchlar oldidagi bo‘sh gruntlarni tosh bilan to‘ldirilgan qoplar yordamida kuchaytirishni misol keltirish mumkin. Bundan tashqari yuvilishi mumkin bo‘lgan joylarda, kerakli bo‘lgan materiallar zaxirasi tashkil etiladi. Sel davrida tayanch oldidagi mahalliy yuvilish ruxsat etilgan qiymatlardan oshgan hollarda, tayanch oldilari darhol toshlar, beton bo‘laklari yoki qum solingan qoplar bilan to‘ldiriladi. Suv oqimi tezligi katta bo‘lgan daryolarning tayanchlarini himoyalash uchun sim to‘rlardan yasalgan va tosh bilan to‘ldirilgan to‘g‘ri burchakli gabion – qutilardan foydalaniladi. Kerak bo‘lgan hollarda ustidan suv oqib o‘tuvchi turli balandlikda bo‘lgan inshootlar va dambalar quriladi.
    Daryodagi oqimni yo‘naltiruvchi dambalar, yo‘naltiruvchi inshootlar traversalari va ko‘tarmalari (kerak bo‘lganda qirg‘oqlar ham) oqayotgan suv va to‘lqinlar ta’siridan yuvilishini oldini olish maqsadida chaqiq toshli tayyorlov ustidan yig‘ma beton yoki yaxlit temirbetondan himoyalash konstruksiyalari quriladi. Daladagi dambalar qiyaliklari, odatda, o‘tlar ekish bilan himoyalanadi. Yig‘ma temirbeton plitalar turli o‘lchamda bo‘lishi mumkin, bir-biri bilan plitalar burchaklaridan chiqib turgan armatura o‘zaklari yordamida birlashtiriladi.
    Ekspluatatsiyadagi inshootlarda ko‘zda tutilmagan yuvilishlar ro‘y bersa, paydo bo‘lgan ochilishlarni berkitish uchun ko‘prik oldida tayyorlab qo‘yilgan toshlar va tetraedrlardan foydalaniladi. Sel oqimlari o‘tgandan so‘ng qiyaliklarni mahkamlash konstruksiyalarining loyiha holati tiklanadi.
    Ko‘prik osti o‘zanini mahkamlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish ko‘p hollarda qo‘shimcha tosh yoki chaqiq toshli tayyorlov ustidan monolit beton yordamida himoyalash bilan bajariladi. Chaqiq tosh bilan to‘ldirilgan va sim yordamida birlashtirilgan avtomobil g‘ildiraklarini qo‘llash yassi qiyaliklarda qo‘llaniladi (<1:1,5).
    8.2. Ko‘priklar ekspluatatsiyasining vazifasi, strukturasi va tarkibi

    Download 17,83 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




    Download 17,83 Mb.