6.6. Ekspluatatsiya qilinayotgan metall oraliq qurilmalarning asosiy nuqson va shikastlanishlari
Tayanch so‘zlar va iboralar korrozion shikastlanishlar, korrozion shikastlanishlarning rivojlanish darajasi, metall sifati, ko‘priklar oraliq qurilmalarining antikorrozion qoplamasi, joriy saqlash, korroziyaga uchragan metall ko‘priklar.
Metall oraliq qurilmalarning eng ko‘p tarqalgan asosiy shikastlanishlari quyidagilar hisoblanadi: korroziya, parchin mixli va boltli birikmalarning buzilishi, charchoq va mexanik shikastlanishlar.
Korroziyaga uchragan metall ko‘priklar elementlari texnik holatini diagnostika qilish jarayonida, qoidaga ko‘ra, dastlab korroziya turi aniqlanadi. Bu elementlar ko‘taruvchanlik xususiyati va yuk ko‘taruvchanligiga korrozion shikastlanishlarning ta’sirini aniqroq topish, hamda ko‘proq asoslangan ta’mirlash-tiklash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Metall ko‘priklarning korrozion shikastlanishlari korroziyaning har xil turlariga bo‘linadi (6.13-rasm).
Mеtall korroziyasi
|
Yalpi (bir tеkisli)
|
Korrozion barqarorlik uncha katta bo‘lmagan mеtall va himoya qoplamasi uchun xaraktеrli – korroziya mahsulotlarining ko‘rinadigan qatlami bilan yopiladi
|
|
Mahalliy (lokal)
|
Nuqtali (pittingli)
|
Ayrim mayda va chuqur yarachalar ko‘rinishida sodir bo‘ladi
|
|
Kristallararo
|
Ko‘p sonli yoriqlarning bir tеkis tarqalishi bilan xaraktеrlanadi
|
|
Yarali
|
Mеtallning noqulay (salbiy) strukturasi (sulfid miqdorining yuqoriligi) bilan bog‘langan). Vaqt o‘tishi bilan shaparak yoriqlarga aylanadigan korroziya mahsulotlari qalin qatlamining sodir bo‘lishi bilan kuzatiladi
|
|
Korrozion yoriqlar bilan qoplanishi
|
Cho‘zuvchi kuchlanish va tajovuzkor muhitning bir vaqtda ta’sir qilishida yakka va ko‘p sonli yoriqlarning sodir bo‘lishi bilan po‘latning kvazi mo‘rt sinish turi
|
|
Korrozion toliqish
|
Siklik kuchlanish va tajovuzkor muhitning bir vaqtda ta’sir qilishida mayda yoriqlar ko‘rinishida po‘latning kvazi mo‘rt sinish turi
|
|
Tutashish
|
Yalpi korroziya kirish chuqurligining har xil jinsli mеtallar orasidagi tutashish chеgarasigacha mahalliy oshishi bilan ifodalanadi
|
Ekspluatatsiya jarayonida metall oraliq qurilmalarda ko‘rsatilgan korroziyalarning to‘la kompleksi sodir bo‘ladi (6.7-6.13-rasmlar). Korrozion shikastlanishlar elementlarning ko‘ndalang kesim yuzasini kichraytiradi, yuk ko‘taruvchanligi va uzoqqa chidamliligini kamaytiradi. Korroziyaning rivojlanish tezligi metallning kimyoviy tarkibi, muhitning tajovuzkorlik turi, namligi, harorati, antikorrozion himoyasi, kuchlanganlik holatlariga bog‘liq.
Parchin mixli birikmalarning buzilishi. Parchin mixli birikmalar buzilishining asosiy sababi ularning tutashishi yuzasi bo‘ylab biriktiriladigan elementlarining jami siljish (ko‘chish) lari natijasida sodir bo‘ladigan mexanik yemirilish hisoblanadi. Jami siljishlar ta’siri va xarakteri birikmalarning kuchlanganlik holati, harakat jadalligi va harakatlanadigan tarkibdan tushadigan vaqtinchalik yukning dinamik ta’sirlariga bog‘liq.
Parchin mixli birikmalarning buzilishi parchin mix tuynugi yaqinida kuchlanishlar konsentratsiyasining ancha oshishiga, charchoq shikastlanishlarining tezkor jamlanishiga va charchoq yoriqlarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
6.14-rasm. Po‘lat oraliq qurilmalar elementlarining korrozion shikastlanishlari turlari
Yaxlit bosh to‘sinli oraliq qurilmalarda toliqish shikastlanishlari eng ko‘proq ustki belbog‘da sodir bo‘ladi. Ularning rivojlanish xarakteri har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Toliqish shikastlanishlari belbog‘li burchaklik ustki gorizontal tokchalarida yoriqlar ko‘rinishda, ayniqsa bosim vertikal tekislikda to‘sinlarning eguvchi momentlari keltirib chiqargan mahalliy kuchlanishlaridan katta bo‘lgan ko‘prik bruslari ostidagi uchastkalarda; ostki belbog‘li burchakliklarda ko‘ndalang toliqish yoriqlari va to‘sinlar devorlarida, qoidaga ko‘ra, metall korroziyasi tashkil qilgan kuchlanishlar konsentratsiyasi zonasida sodir bo‘ladi (6.14-rasm).
6.15-rasm. Metall oraliq qurilma va fermalarda shikastlanish va nuqsonlar
Payvandlangan oraliq qurilmalarda toliqish shikastlanishlari payvandli choklar va asosan metallda o‘zining rivojini topadi. Bunday yoriqlar payvand keltirib chiqargan tashqi yuk va qoldiq kuchlanishlardan cho‘zuvchi kuchlanishlar konsentratsiyasi joylarida sodir bo‘ladi. Avvalom bor, bu listlarning uzilishi, bikirlik qovurg‘asi, nakladka (metall planka) ning payvandlanishi, va b.lar keltirib chiqargan kesimning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq uchastkalar.
Yoriqlarning tashqi belgilari mavjudligi bo‘lib zang izlari va bo‘yoqning ishqorlanishi xizmat qilishi mumkin (6.15-rasm). Toliqish shikastlanishlarini aniqlash uchun, har xil pribor (ultratovushli va elektr magnitli defektoskop) lar qo‘llaniladi. Toliqish shikastlanishlari oshkor qilingan oraliq qurilmalar elementlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.
Mo‘rt sinishlar kuch ta’sirida seziladigan plastik deformatsiyalarsiz, eng kuchsiz joylarda paydo bo‘ladigan yoriqlarning rivojlanishidan sodir bo‘ladi. Mo‘rt sinishda yoriqlarning bir zumda sodir bo‘lishi xarakterli, ular katta xavf tug‘diradi. Mo‘rt sinishlarning sodir bo‘lish imkoniyati metall strukturasi, kimyoviy tarkibi, kuchlanganlik holati, atrof muhit harorati va b. larga bog‘liq. Parchin mixlangan oraliq qurilmalarda toliqish shikastlanishlarining sodir bo‘lishi mo‘rt sinish sodir bo‘lishining ehtimolini oshiradi.
|