|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 35/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx6.13-rasm. Betonning himoya qatlami ko‘chishi va armatura yuzalari ko‘rinib qolishi
Oraliq qurilmalarning temirbeton konstruksiyalarini saqlash ishlari elementlarni tozalikda saqlash va konstruksiyalardagi nosozliklarni aniqlash maqsadida muntazam ko‘riklar o‘tkazish va aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iborat. Nosozliklar ushbulardan iborat: yoriqlar, o‘ymalar, sinishlar, beton himoya qavatining yemirilishi va to‘kilishi natijasida armaturaning ochilishi va shu kabilar. Bu nosozliklar material (beton, armatura, tosh terma) mustahkamligi va ish muddatiga ta’sir etishi mumkin.
Oraliq qurilmalarning ko‘p nosozliklari sinchiklab ko‘rib chiqish vaqtida aniqlanadi. Yashirin nosozliklar (chuqur bo‘lmagan bo‘shliqlar, past sifatli beton bo‘laklari, himoya qavatining ko‘chishi va boshqalar) beton yuzasini bolg‘acha yordamida urib chiqish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Beton sifati yuqori bo‘lganda zarba ovozi jarangdor chiqadi, nosozliklari bo‘lganda esa – jarangsiz. Mayda yoriqlarni zang izlari va termadan oqib chiqqan ohak izlaridan aniqlash mumkin.
Ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval nosozliklarning paydo bo‘lish sabablari aniqlanadi va konstruksiyaning ishlash xususiyatini e’tiborga olgan holda buzilishlari bor joylarni tiklash usullari ishlab chiqiladi. Ko‘prik inshootlarining turli elementlari ishlash davrida turli zo‘riqish holatlari ostida bo‘ladi. Doimiy va vaqtincha yuklardan katta ta’sir ostida bo‘lgan elemenlarni ta’mirlashda, ta’mirlangan qismidagi yangi material asosiy konstruksiya materiali bilan birga ishlashini ta’minlash lozim. Katta yuklar ta’siri ostida ishlamaydigan elementlarda, ta’mirlashning asosiy maqsadi konstruksiya shakli va o‘lchamlarini tiklash, beton ichiga namlik o‘tishini va uning yemirilishi davom etishini bartaraf etishdan iborat.
Ta’mirtalab joydagi konstruksiya elementi katta deformatsiyalar ta’sirida ishlasa, eski beton bilan yaxshi yopishadigan va yuqori plastik va mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan materiallardan foydalanish lozim. Bunday materiallarga, xususan polimer qorishmalar kiradi.
Polimer qorishmalar yordamida ta’mirlash ishlarini o‘tkazishning asosiy vazifalari beton yemirilishini to‘xtatish va konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyatini pasayishi yoki yo‘qolishini oldini olish. Xususan, ulardan ushbu hollarda foydalaniladi:
yuqori g‘ovaklikka va past mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan past sifatli beton bo‘laklarini ta’mirlashda;
temirbeton konstruksiyalarining himoya qavatini tiklashda;
turli turdagi yoriqlarni, sinishlarni, chuqurchalarni, bo‘shliqlarni va boshqalarni bartaraf etishda.
Mayda chuqurchalar va sinishlar ko‘p hollarda polimer tarkiblar yordamida yo‘qotiladi. Sement kompozitsiyalardan, ularning mexanik xususiyatlari pastligi, ta’mirlanayotgan yuzaga nisbatan adgeziyasi pastligi, ta’mirlash ishlarini qisqa vaqt ichida bajarilishi kerakligi sababli, foydalanish imkoni bo‘lmagan hollarda polimer materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Shtukaturka qilingan oraliq qurilmalar yuzasida yoriqlar bo‘lganda, shtukaturka ochilishi kerak, chunki shtukaturkadagi yoriqlar beton yoki termadagi yoriqlarga mos kelmasligi mumkin. Yoriqlar chekkalari belgilanadi (misol uchun, bo‘yoq bilan) va yoriqlar aniqlangan sana qayd etiladi. Bundan tashqari yoriqning uzunligi, ochilish kengligi va imkoni boricha chuqurligi o‘lchanadi. Yoriqlarning ochilishi kengligi Brinnel mikroskopi, lupa va yoriqo‘lchagichlar yordamida o‘lchanadi. Yoriqlar aniqlangandan so‘ng uning paydo bo‘lish sababi o‘rganiladi, buning uchun ayrim hollarda uzoq muddatli kuzatuv ishlarini olib borish kerak bo‘ladi.
Yoriqlarni bartaraf etish usulini tanlashda ularning paydo bo‘lishi sababi va yuk ko‘tarish qobiliyatiga, hamda ko‘prikning ish muddatiga ta’siri o‘rganiladi. Yoriqlarni bartaraf etish uchun material tanlashda ularning konstruksiyadagi joylashuvi, ochilish kengligi, yuk ostida yoriqlarning ochilib-yopilishi, atrofidagi beton holati e’tiborga olinadi. Betonning ochiq qismlarida va oldindan zo‘riqtirilgan armatura bog‘lari oldida joylashgan, hamda ochilishi kengligi 0,3 mm dan ortiq bo‘lgan yoriqlar albatta bartaraf etilishi lozim.
Yoriqlarning paydo bo‘lishi sababi armaturada korroziya qoldiqlarining yig‘ilishi bo‘lsa, nosozlikni bartaraf etish himoya qavatini ochish va armaturani tozalash, so‘ngra nosozliklarni fazoviy usulda bartaraf etish texnologiyasi bo‘yicha himoya qavatini tiklashdan iborat bo‘ladi.
Yoriqlarni bartaraf etish ushbu usullarda bajarilishi mumkin:
himoya qavati hosil qilish (bo‘yash, gidrofobizatsiya, plenkasimon materiallar yoki sement asosidagi suyuq qorishmalar);
shpaklevkalash yoki xamirsimon qorishmalar surtish:
suyuq ta’mirlash qorishmalarining o‘zi oqib tushish usuli;
ta’mirlash qorishmalarini bosim ostida yuborish (in’eksiyalash).
Shpaklevkalash usuli oldindan tayyorlangan yoriqlar o‘rtacha quyuqlikdagi qorishmalarni shtukaturkalash ishlari texnologiyasi yoki shprislash usulida bilan to‘ldiriladi, so‘ngra tekislanadi. Ta’mirlashdan oldin yoriqlarga qirralari 45-60 gradus burchak ostida pona yoki kengligi 10 mm kenglikdagi va 10 mm dan kam bo‘lmagan chuqurlikdagi to‘rtburchak shaklida ishlov beriladi, bu yoriqlar devorchalarini tozalash va ta’mirlash qorishmasini sog‘ beton bilan ishonchli yopishishini ta’minlaydi. Nosozlikni to‘ldirish uchun joylashtirilgan qorishma metall shpatel, cho‘pcha yoki boshqa moslama bilan, to‘ldirilayotgan fazo shakliga qarab, zichlashtiriladi.
Qorishmaning o‘zi oqib tushish usulida burni cho‘zilgan yog‘lov idishiga o‘xshash moslamadan foydalaniladi. Yuqoriga qaragan gorizontal joylashgan yoriqlarni butun uzunligi bo‘yicha to‘ldirib qorishma quyib chiqiladi. Qorishma devorchalarga singib ketsa, qo‘shimcha qorishma joylashtiriladi. Yoriqlar tubsiz bo‘lgan hollarda, pastki qismi kengligi 30-50 mm oynali matolar bilan yopishtiriladi yoki quyuqroq polimer qorishmalardan foydalaniladi.
Transport harakati ta’siridan konstruksiyalar deformatsiyasi va vibratsiya, remont qorishmasining qotishi sifatiga ta’sir etishi mumkin.
Shu sababli ayrim hollarda ish vaqtida harakatni yopishga to‘g‘ri keladi, ayrim hollarda esa faqat og‘ir transport ko‘prikni aylanib o‘tishini tashkil etish kifoya. Harakat yopilmagan hollarda, yo‘lda harakat tezligi bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi (30 km/s) va konstruksiyada dinamik yuklarni keltirib chiqaradigan yo‘l qoplamasining kamchiliklari yo‘qotiladi. Ta’mirlash qorishmasi bilan yoriqlarni sifatliroq to‘ldirish uchun, ishlarni boshlashdan oldin konstruksiyaga kichik miqdorda yuklama o‘rnatiladi (buzuvchi yukning 2-5%), polimer materiallar qo‘llanilgan hollarda, yuklama 6-10 soatdan so‘ng olinadi.
Ta’mirlab bo‘yash ishlari uchun yuzalarni tayyorlashga bo‘lgan talablar
Yuzalarni
tayyorlash
darajasi
|
Ifloslanishlar va korroziya mahsulotlaridan tozalanish darajasi
|
Tayyorlangan yuzalar xususiyatlari
|
I
|
Lak-bo‘yok qoplamasi va korroziya mahsulotlaridan to‘liq tozalash
|
Okislarni ikkinchi darajagacha yo‘otish (asboblarsiz ko‘rish imkoni yo‘q). Yuzani tayyorlash yangi mahsulot uchun tayyorlangandеk davom ettiriladi.
|
II
|
Katta bo‘laklari kuchayotgan eski lak- bo‘yoq qoplama, zanglash qoldiqlari, okalinalardan tozalash
|
Qoplama yuzasida ushbular qoladi: zich joylashgan yupqa gruntovka, zanglarning ayrim nuqtalari, asosiga zich joylashgan okalinalarning kichik bo‘laklari, avval zangi bo‘lgan qismlarda zang rangiga o‘xshash bo‘laklar
|
III
|
Asosidan ajralgan eski lak-bo‘yoq qoplamalarining nosoz qismlari
|
Konstruktsiyalarning yuzasida lak-bo‘yoq qoplamasining buzilmagan, asosiga zich joylashgan bo‘laklari
|
|
| |