• VII BOB.. KO‘PRIK VA YO‘L O‘TKAZGICHLARNI ELEMENTLARINI SAQLASH ISHLARI 7.1. Ko‘prik qoplamasi elementlarini saqlash va joriy ta’mirlash
  • 7.2. Harakat qismlarida saqlash ishlari
  • VI bob uchun nazorat savollari




    Download 17,83 Mb.
    bet37/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    VI bob uchun nazorat savollari
    1. Ekspluatatsiya jarayonida ko’prik inshootlarini uskunali kuzatish nimalarga asosan olinadi?
    2. Ko’prik va quvurlarda uchraydigan nuqson va buzilishlar qanday elementlarda ko’proq uchraydi?
    3. Nuqson va shikastlanishlarning sinflanishlarini aytib bering?
    4. Ko’prik tayanchlarida ko’p uchraydigan nuqsonlar, ularni aniqlash usullari va ta’mirlash qanday amalga oshiriladi?
    5. Ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton oraliq qurilmalarning nuqson va shikastlanishlari nimalardan iborat?
    6. Ekspluatatsiya qilinayotgan metal oraliq qurilmalarni asosiy nuqson a shikastlanishlari nimalardan iborat?
    VII BOB.. KO‘PRIK VA YO‘L O‘TKAZGICHLARNI ELEMENTLARINI SAQLASH ISHLARI
    7.1. Ko‘prik qoplamasi elementlarini saqlash va joriy ta’mirlash
    Temirbeton, beton va tosh ko‘priklarning harakat qismi suv o‘tkazmasligi qobiliyatining buzilishi bosh to‘sinlar, tayanchlar va tayanch qismlarga suv o‘tishiga olib keladi. Namlikning beton yoki termadagi yoriqlarga tushishi, beton (yoki qorishmada) sement yuvilishiga va armatura korroziyasiga olib keladi. Shu sababli ko‘prik va keluv yo‘llari harakat qismini saqlashda qoplama va suv qochirish holatiga, chegaralovchi moslamalar, trotuarlar va panjaralar ishonchligiga (mustahkamligiga), deformatsion choklar va gidroizolyatsiya holatiga, shuningdek harakat qismi konstruksiyalari elementlari tozaligiga e’tibor beriladi
    Harakat qismidan foydalanish davrida qoplamada notekisliklar, to‘lqinlar, ko‘chkilar, yoriqlar paydo bo‘lishi va qoplamaning qalinligi ortishi, qoplama yemirilishi natijasida harakat qismining pastki qatlamlari va himoya qatlamining armaturasi ochilishi, shuningdek deformatsion choklar oldida qoplama yemirilishi mumkin. Qoplama yuzasida alohida nosozliklarning paydo bo‘lishi suv yig‘ilishiga, bu esa butun qoplamaning tez muddatda yemirilishiga olib keladi. Bunday nosozliklar tez muddat ichida bartaraf etilishi lozim.
    Qoplama yuzasida kichik buzilishlar bo‘lganda ularni chuqurchali ta’mirlash yordamida bartaraf etiladi, buzilishlar talaygina bo‘lgan hollarda (butun uzunligi bo‘yicha yoki bir qismida) qoplama almashtiriladi, yangi qoplama harakat qismi qiyaliklarini ta’minlagan holda o‘rnatiladi. Yangi qoplama qalinligi ko‘prik loyihasida ko‘zda tutilganidan qalin bo‘lmasligi kerak. Qoplamaning ortiqcha qalinligi oraliq qurilmaga bo‘lgan doimiy yukni ortishiga olib keladi va shu sababli ularning yuk ko‘tarish qobiliyatini kamaytiradi. Oraliq qurilmalarida egilishlari bo‘lgan konstruksiyalarda, bosh ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar ta’mirlangandan so‘ng qoplamani tekislash ishlari bajarilishi mumkin.
    Inshootlarga tushuvchi doimiy yuklar qiymatining, turli vaziyatlarga ko‘ra, ortishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
    Harakat qismida suv turib qolish ro‘y berganda, bu hodisaning asosiy sabablarini aniqlab, tezda ularni bartaraf etishga chora ko‘rish lozim – qiyaliklarni tiklash, qoplamani ta’mirlash va shu kabilar. Ifloslangan harakat qismidan suv qochirish qiyinlashadi, shu sababli harakat qismini, suv qochirish quvurchalarini va deformatsion choklarni muntazam ravishda begona jismlardan, ifloslanishdan, axlat va suv, qor va muzdan tozalash lozim. Barcha axlat ko‘prikdan tashqariga chiqarib tashlanishi kerak: axlatni suv qochirish quvurchalari ichiga, deformatsion choklarga va qirg‘oq tayanch konuslari ustiga supirib tashlash taqiqlanadi. Harakat qismini mexanizatsiyalashgan usulda tozalash mashinalaridan foydalangan holda tozalash maqsadga muvofiq, bunda xavfsizlik to‘siqlari bo‘ylab 1 m kenglikdagi yuza qo‘lda tozalanadi.
    Yetish qiyin bo‘lgan joylarni tozalash uchun yengil kompressor moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiq (misol uchun, suv qochirish quvurchalari va deformatsion choklar tagidagi lotoklarni tozalashda). Suv qochirish quvurchalari va lotoklar – suv qochirish sistemasining asosiy elementlari, shu sababli ular doimo soz holatda bo‘lib, suvni ko‘prikdan tashqariga chiqarish uchun xizmat qilishi lozim.
    Qishki davrda harakat qismida muzlama qavati paydo bo‘lmasligiga e’tibor berish lozim, chunki bu ko‘prikda avariya holatiga olib kelishi mumkin. Qoplama yuzasiga qum, shlak, maydalangan tosh va boshqalarni sepish lozim. Ayrim hollarda yo‘llar harakat qismidagi muzlamalarga qarshi kurashda xlorli tuzlar sepiladi. Ko‘priklarda bunga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Ko‘priklarning katta qismini qordan tozalashda, qorni panjarali to‘siqlar ustidan ko‘prik osti mintaqasiga tashlash ruxsat etiladi. Yo‘lo‘tkazgichlarda qor avtotransport vositalariga ortib ko‘prikdan tashqariga olib ketiladi. Harakat qismi qordan tozalab bo‘lingandan so‘ng, trotuarlar va panjaralar tozalanadi.
    Suv qochirish va gidroizolyatsiyaning nosozliklari davomli yomg‘irlar davrida ko‘rinadi. Gidroizolyatsiyaning barcha nosozliklari, odatda, oraliq qurilma yoki butun ko‘prikning harakat qismini ta’mirlash vaqtida bartaraf etiladi, ammo ayrim hollarda giroizolyatsiyaning qismlarini ta’mirlash rejali - oldini olish ta’mirlash ishlari (ROOT) davrida bajarilishi mumkin.
    Deformatsion choklar – inshootning mas’ul elementlari, ularning ishidagi buzilishlaroraliq qurilmalarning harorat ta’siriga normal sharoitda ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va vaqtincha yuklardan harakat qismi plitasi qirralarining yemirilishiga olib keladi. Natijada suv va iflosliklar tayanch va tayanch qismlarga tushishi mumkin. Deformatsion choklar tagida oraliq qurilmalar erkin harakat qilish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Bunga xalaqit beradigan barcha jismlar olib tashlanishi lozim (misol uchun, qo‘shni oraliqlar orasidagi va shkaf devorchalari oldidagi choklar tagidan ortiqcha beton va qoliplar qoldiqlari).
    Yopiq turdagi choklarda past haroratda yoriqlar paydo bo‘lishi xavfi bor, chunki oraliq qurilmalar kichrayadi, choklar kengligi esa kattayadi. Paydo bo‘lgan yoriqlarga suv va begona jismlar tushadi. Yoriqlar orqali tushgan suv muzlaydi va qoplama, hamda chokning o‘zida buzilishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Chokdagi izolyatsiyada buzilishlar ro‘y berganda suv tayanchlar yuzasi va tayanch qismlarga tushadi yoki kompensatorlarning pastki qismida yig‘iladi, bu esa chokning tez vaqtda yemirilishiga olib keladi. Mastika bilan to‘ldirilgan choklarda eng ko‘p tarqalgan nosozliklar - mastikada va qoplamaga tegib turgan joylarida (mastika elastikligi yetarli bo‘lmaganda) yoriqlar paydo bo‘lishi.
    Ko‘p hollarda mastika o‘rniga bitum ishlatishadi. Shu sababli ta’mirlash vaqtida tavsiya etiladigan mastikalarni qo‘llash lozim.
    Rezina kompensatorli choklarni saqlashda ushbularga etibor berish lozim – rezina to‘ldirgichlarda yoriqlar bo‘lmasligi, ularning bog‘lovlari bo‘shab qolishi yoki yo‘qligi.
    Ko‘priklarning ko‘tarma bilan birlashgan joylarida qoplamada cho‘kishlar va zinachalar paydo bo‘lishi mumkin, bu ko‘priklarga chiqish va tushishda transport harakati sharoitining yomonlashuviga, shu bilan birga harakatlanuvchi avtomobillarning zarbalari ta’siridan ko‘prik harakat qismi chekkalarining yemirilishiga olib keladi. Cho‘kishlar paydo bo‘lishiga turli sabablar bo‘lishi mumkin: keluv yo‘llari qurilishi vaqtida ko‘tarmalar grunti yaxshi zichlanmagan, suv qochirish to‘g‘ri tashkil etilmaganligi sababli ko‘tarma tanasi va konuslardagi yemirilishlar, gruntlarning yuvilishi va namligi ortib ketishi, muzlagan gruntlarning qo‘llanishi, shuningdek o‘tkazish plitalarining cho‘kishi, siljishi yoki plitalarning yo‘qligi. Inshootlarni saqlash davrida ko‘prikning ko‘tarma bilan birlashuv joylariga katta e’tibor berish lozim. Bunday nosozliklar tashqi ko‘rik yoki ko‘tarmani ochish yordamida aniqlanadi.
    Birlashuv joylarini saqlash ushbulardan iborat: suv qochirish sistemasini to‘g‘ri tashkil etish, yuvilgan va cho‘kkan joylarni to‘ldirish va zichlash, qoplamadagi notekisliklarni asfaltbeton yordamida bartaraf etish.
    7.2. Harakat qismlarida saqlash ishlari
    Temirbeton, beton va tosh ko‘priklarning harakat qismi suv o‘tkazmasligi qobiliyatining buzilishi bosh to‘sinlar, tayanchlar va tayanch qismlarga suv o‘tishiga olib keladi. Namlikning beton yoki termadagi yoriqlarga tushishi, beton (yoki qorishmada) sement yuvilishiga va armatura korroziyasiga olib keladi. Shu sababli ko‘prik va keluv yo‘llari harakat qismini saqlashda qoplama va suv qochirish holatiga, chegaralovchi moslamalar, trotuarlar va panjaralar ishonchligiga (mustahkamligiga), deformatsion choklar va gidroizolyatsiya holatiga, shuningdek harakat qismi konstruksiyalari elementlari tozaligiga e’tibor beriladi.
    Harakat qismidan foydalanish davrida qoplamada notekisliklar, to‘lqinlar, ko‘chkilar, yoriqlar paydo bo‘lishi va qoplamaning qalinligi ortishi, qoplama yemirilishi natijasida harakat qismining pastki qatlamlari va himoya qatlamining armaturasi ochilishi, shuningdek deformatsion choklar oldida qoplama yemirilishi mumkin. Qoplama yuzasida alohida nosozliklarning paydo bo‘lishi suv yig‘ilishiga, bu esa butun qoplamaning tez muddatda yemirilishiga olib keladi. Bunday nosozliklar tez muddat ichida bartaraf etilishi lozim.
    Harakat qismida qarov ishlari bajarilganda suv qochirish sistemasi holatiga katta e’tibor beriladi, chunki undagi nosozliklar qoplamada suv turib qolishiga olib kelishi mumkin. Suv qochirish sistemasidagi nosozliklarga sabab faqat qoplamadagi buzilishlar bo‘lib qolmay, kerakli qiyaliklar ta’minlanmagani, suv qochirish moslamalari soni yetarli bo‘lmagani, shuningdek ularni ifloslanishi va noto‘g‘ri o‘rnatilgan ham bo‘lishi mumkin.
    Harakat qismida suv turib qolish ro‘y berganda, bu hodisaning asosiy sabablarini aniqlab, tezda ularni bartaraf etishga chora ko‘rish lozim – qiyaliklarni tiklash, qoplamani ta’mirlash va h.k. Ifloslangan harakat qismidan suv qochirish qiyinlashadi, shu sababli harakat qismini, suv qochirish quvurchalarini va deformatsion choklarni muntazam ravishda begona jismlardan, ifloslanishdan, axlat va suv, qor va muzdan tozalash lozim. Barcha axlat ko‘prikdan tashqariga chiqarib tashlanishi kerak: axlatni suv qochirish quvurchalari ichiga, deformatsion choklarga va qirg‘oq tayanch konuslari ustiga supirib tashlash taqiqlanadi. Harakat qismini mexanizatsiyalashgan usulda tozalash mashinalaridan foydalangan holda tozalash maqsadga muvofiq, bunda xavfsizlik to‘siqlari bo‘ylab 1 m kenglikdagi yuza qo‘lda tozalanadi.
    Ko‘priklarning katta qismini qordan tozalashda, qorni panjarali to‘siqlar ustidan ko‘prik osti mintaqasiga tashlash ruxsat etiladi. Yo‘lo‘tkazgichlarda qor avtotransport vositalariga ortib ko‘prikdan tashqariga olib ketiladi. Harakat qismi qordan tozalab bo‘lingandan so‘ng, trotuarlar va panjaralar tozalanadi.


    Download 17,83 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




    Download 17,83 Mb.