Qaysi elеmеntga tеgishliligi bo‘yicha




Download 17,83 Mb.
bet34/106
Sana16.05.2024
Hajmi17,83 Mb.
#238557
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
Bog'liq
5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

Qaysi elеmеntga tеgishliligi bo‘yicha: bosh to‘sin yoki fеrma; qatnov qismi to‘sini; tugun, tayanch; rеgulyatsion inshoоt; quvur kallagi; quvur zvеnosi va sh.o‘.larning shikastlanishi

Sodir bo‘lishining takrorlanishi: yalpi; ko‘p uchraydigan; kam uchraydigan.

Ko‘ndalang yoriqlar oraliq qurilmalarning ostki cho‘zilgan belbog‘lari, qatnov qismi plitasining yon devorchalarida ko‘proq sodir bo‘ladi (6.9-rasm). Ularning sodir bo‘lishi asosan oraliq qurilmalarni tayyorlash va montaj jarayoni (ishi) da texnologik operatsiyalarning yetarlicha emasligidan kelib chiqadi. Ko‘ndalang yoriqlar oraliq qurilmalarga yuklarning ta’sir qilishida sodir bo‘ladigan kuch ostida vujudga keladigan gan yoriqlar toifasiga kiradi. Kuch ta’siri ostida hosil bo‘lgan yoriqlar tarqalish chuqurligi anchaginaligi bilan xarakterlanadi. Aniqlanganki, yoriqlarning ochilish eni 0,2 – 0,3mm dan katta bo‘lganda, ular orqali kiradigan namlik armaturani chirishiga va oraliq qurilmaning yuk ko‘taruvchanligini kamayishiga olib keladi.


Oraliq qurilmalarning bosh to‘sinlaridagi qiya yoriqlar tayanch kesimi zonasida ko‘proq sodir bo‘ladi (6.10-rasm). Ular bosh cho‘zuvchi kuchlanishlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Oddiy va oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonli ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq qurilmalardagi qiya yoriqlar ularning yuk ko‘taruvchanligi va uzoqqa chidamliligini anchagina kamaytiradi. Qiya yoriqlar aniqlanganda, oraliq qurilmalarning yuk ko‘taruvchanligi bo‘yicha maxsus hisoblar yordamida tekshirish tavsiya etiladi.
Bo‘ylama yoriqlar plitaning bosh to‘sin devorlariga tutashish joylarida, to‘sin yon tomoni uchastkalarida, hamda to‘sin belbog‘laridagi kuchlangan armatura bo‘ylab paydo bo‘ladi (6.11-rasm).
Yoriqlarning oxirgi ikki ko‘rinishi ko‘proq ekspluatatsiyaning boshlang‘ich davrida kuzatiladi. Plitaning to‘singa mahkamlangan joylarida sodir bo‘ladigan yoriqlar, konstruksiya ishini o‘zgartiradigan xavfli toifasiga kiradi.





6.10-rasm. Oraliq qurilmalarda ko‘ngdalang yoriqlarni hosil bo‘lishi

6.11-rasm. Oraliq qurilmaning tayanch uchastkasida qiya yoriqlarning xosil bo‘lishi




6.12-rasm. Plitaning oraliq qurilma bosh to‘siniga tutashgan zonasida gorizontal yoriqlarni xosil bo‘lishi.

Yuza qatlamlarda tartibsiz joylashadigan ega bo‘lgan kirish yoriqlari, qoidaga ko‘ra, oraliq qurilmalarni tayyorlashda betonni parvarish qilish bosqichida texnologik rejimining buzilishi oqibati hisoblanadi. Ular kelajakda konstruksiyalarning uzoqqa chidamliligiga ta’sir qiladigan yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.


Tayanch qismi zonasidagi yoriqlar ishining buzilishi va bunda qo‘shimcha kuchlar hosil bo‘lishidan rivojlanadi. Agar tayanch qismiga zich joylashmaslik holati mavjud bo‘lsa, unda kattagina dinamik yuklar yoriq paydo bo‘lish jarayonini tezlashtiradi. Yoriqlarning tarqalish chuqurligini ultratovushli o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi. Yoriqlarning ochilish enini aniqlash uchun maxsus optik mikroskoplar qo‘llaniladi.
Betonning singan bo‘laklari qalinligining yetarli emasligi va beton himoya qatlami sifatining pastligi oqibatidir. Namning himoya qatlam orqali kirib borishi uning qatlamlanishi, armaturaning yalang‘ochlanishi va chirishiga olib keladi. Ishchi armatura zonasida betonning singan bo‘lagi uni beton bilan tishlashishi va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Betonning singan bo‘laklari oraliq qurilmalar elementlarining yuk ko‘taruvchanligi va uzoqqa chidamliligini kamaytirib, kesimining yuzasini kichraytiradi.
Beton yuzasining yoriqlar bilan qoplanishi, tashqi qatlamning yumshashi va keyin buzilishi ko‘rinishidagi shikastlanishlar namli muhitda betonning navbatma-navbat muzlashi va erishi oqibati hisoblanadi. Agar suv ichki bo‘shliq va kavakka tushsa, unda betonning singan bo‘laklari sodir bo‘lishiga olib keluvchi muzlaydigan suvning kengayishi hosil bo‘ladi.
Ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq qurilmalar materiallarining tavsiflarini chuqurroq tadqiqot qilganda, beton karbonizatsiyasi ajratiladi. Betonning karbonizatsiyasi deb gidrooksid kalsiy (ohak) ni karbonat kalsiyga aylantirish reaksiyasiga aytiladi. Karbonizatsiya jarayoni, qoidaga ko‘ra, konstruksiya yuzasidan boshlanadi, uning jadalligi beton zichligi, harorati, namligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Karbonizatsiya jarayoni cho‘zilgan elementlarda siqilganlariga nisbatan tezroq kechadi. Karbonizatsiya qatlami betonning himoyaviy xossalarini kamaytiradi va armaturaning chirishini keltirib chiqaradi.
Karbonizatsiya chuqurligi oraliq qurilmalarning 30 yil ekspluatatsiyasida 10 dan 30 mm gacha yetishi aniqlangan.


Download 17,83 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




Download 17,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qaysi elеmеntga tеgishliligi bo‘yicha

Download 17,83 Mb.