|
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi sathi
|
bet | 42/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxKo‘priklar ekspluatatsiyasi sathi – konstruktiv elementlar va inshoot umumiy ko‘rinishining texnik holatini aniqlashni yoritadigan ko‘rsatkichlar majmuasi. Ko‘priklarning talab qilinadigan sathi, ekspluatatsiya bo‘yicha zaruriy ishlar majmuasini yoritadigan, ajratiladigan mablag‘ hajmiga muvofiq Buyurtmachining Pudratchi bilan shartnomasida o‘rnatiladi.
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha rahbarlik “Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Sonli tarkibi quyidagi mezon bo‘yicha aniqlanadi: 2500 p.m. ko‘prik uzunligida bitta mutaxassis, ammo mutaxassislarning minimal soni – 2 ta odam.
“Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik bo‘limi quyidagi asosiy vazifalarni
1.1)Texnik ro‘yxat – bu texnik hujjatlarni yurgizish orqali ko‘prik har bir elementining holati va yedirilish darajasini qayd qilish. Texnik hujjatlar tarkibi:
Ko‘prik kartochkasi. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, regulyatsion inshootlar, kirish yo‘llari va mudofaasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlardan tashkil topgan;
Ko‘prikning texnik pasporti. 6 ta shakldan tashkil topgan. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, mavjud texnik hujjatlar ro‘yxati, nuqsonlar ro‘yxati, texnik holatining bahosi, fotografiya va rasmlar;
Yo‘l uchun ko‘priklar ro‘yxati va texnik holatining mavjudligi. Quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: inshootning o‘rnashgan joyi; inshootda bajarilgan ta’mirlash ishlarining muddati va turlari; ko‘prikning texnik tavsiflari; texnik holatining bahosi;
Ko‘prikning alohida kitobi. Quyidagi ko‘priklar uchun tuziladi: temirbeton – uzunligi 300m dan va metall – uzunligi 100 dan katta. Tashkil topgan: inshootning o‘rnashgan joyi; yuk ko‘taruvchanligi to‘g‘risida ma’lumot; harakatning uzoq cheklanganlik muddati; ko‘prikdagi hodisalar ro‘yxati; o‘tkazilgan ko‘rik va ta’mirlar ro‘yxati: ko‘prik polotnosi, oraliq qurilma, tayanch va regulyatsion inshootlar; ko‘prik (elementlari bo‘yicha) nuqsonlarini kuzatish tarkibi; o‘zan o‘lchovlari profili va ularning joylashish rejasi; saqlov bo‘yicha fikr va farmoyishlar.
Umumiy kitob. Kichik va o‘rtacha ko‘priklar uchun tuziladi. Tashkil topadi: alohida kitobdagi kabi bo‘ladi, faqat har bir ko‘prik uchun alohida bob ajratiladi. Hujjatlar ikki nusxada rasmiylashtiriladi, kartochkalar esa 5 nusxada. Hujjatlar ko‘prik ustasi tomonidan to‘ldiriladi yoki mutaxassislashtirilgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin. 4 nusxa kartochka bilan hujjatlarning bir nusxasi “Buyurtmachi” ga topshiriladi.
|
| |