|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 45/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx2.2)Profilaktika – bu inshoot elementlarining 10% gacha yedirilishida nuqsonlar sodir bo‘lishining boshlang‘ich bosqichida bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar. Ishning taxminiy tarkibi: beton va temirbeton uchun – betonning gidrofobizatsiyasi (nam yuqtirmasligi), yog‘och uchun – antiseptiklash, metall uchun – bo‘yash. Davriyligi 3 – 10 yil.
2.3)Rejali-ogohlantiruv ta’miri (ROT) – bu inshoot elementlarining 10% dan ko‘p, ammo 25% dan kam yedirilishida nuqsonlarni bartaraf etishni ta’minlovchi ishlar. ROT texnik pasportning nuqsonlar vedomosti asosida bajariladi. Ishning taxminiy tarkibi: qoplamaning chuqurlar ta’miri; xavfsizlik to‘siq va perilalari ayrim elementlarining ta’miri; piyodalar yo‘li va deformatsion choklarning ta’miri; gidroizolyatsiyaning lokal ta’miri; tayanch va oraliq qurilmalar elementlarining yuzalarini tishlash; kirish ko‘tarmasi bilan ko‘prik birikish tugunlarining ta’miri. Davriyligi 5 – 20 yil.
8.3. Foydalanishdagi ko‘priklar va inshootlarning diagnostikasi
Korroziya.
Tayanch so‘zlar va iboralar: s’yomka, umumiy ko‘zdan kechiruv, asboblar va anjomlar bilan mukammal ko‘zdan kechirish, rasmlar va eskizlar.
Tekshiruv bo‘yicha ishlar odatda ikki bosqichda bajariladi. Ulargacha texnik hujjatlarni izchillik bilan o‘rganib chiqish bajariladigan, birinchi bosqichda umumiy ko‘zdan kechiruv amalga oshiriladi. Umumiy ko‘zdan kechiruv ma’lumotlari asosida, keyinchalik asboblar va anjomlar bilan o‘lchab olib boriladigan yanada mukammalroq ko‘zdan kechiriladigan, detal va elementlar oshkor qilinadi. Bunday element va detallarni shikastlanish yoki nuqsonlarga ega bo‘lganlarining orasidan tanlab olinadi.
Ko‘priklar va quvurlarni tekshirish materiallari bo‘yicha inshootlarning sifatini baholash va ularning keyingi foydalanishga moyilligi masalalari hal qilinadi, yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi, ayrim qismlarini ta’mirlash hamda kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va h.k. Shu o‘rinda foydalanish shart-sharoitlari ham belgilanadi. O‘ta mas’uliyatli hollarda tekshiruv materiallari sun’iy inshootni yuk ostida sinash bilan to‘ldiriladi. Ko‘prikni tekshirish jarayonida ko‘prik polotnosining ahvolini baholashga alohida e’tibor qaratmoq lozim.
Tarx va profilning s’yomkasi geodezik asboblar bilan turli punktlardan turib kamida ikki bora bajariladi, bu xatolarni bartaraf etib, uning aniqligini oshiriladi. O‘lchashlarni qayd qilish jurnallarida s’yomkani amalga oshirish paytidagi sharoitlar uqtirib o‘tiladi, ya’ni: ob-havo, havoning harorati va h.k. Reykalarni o‘rnatilish joylari konstruksiyalar elementlarida bo‘yoq bilan yoki kern ochib belgilab qo‘yiladi, bular to‘g‘risida grafiklarda yoki tushuntirish xatlarida yozuvlar qilinadi, hamda qayta syomkalar jarayonida xuddi mana shu nuqtalar olinadi.
Metall oraliq qurilmalar. Parchin mixli va boltli birikmalarning nosozligi. Parchin mixli oraliq qurilmalarning eng keng tarqalgan nuqsonlaridan biri parchin mixli va boltli birikmalarning nosozligidir; u, asosan, birikish kontakti tekisliklari bo‘yicha jami ko‘chishlar (siljishlar) kattaligiga bog‘liq bo‘lgan yemirilish bilan bog‘liqdir.
Charchashdan buzilishlar. Ko‘priklar metall oraliq qurilmalaridan foydalanish amaliyotida so‘nggi yillarda charchoq yoriqlarining vujudga kelish hollari ko‘paydi. Ma’lumki, materialning charchashi – yuklarning ma’lum sharoitlarda buzilishga olib keladigan, ko‘p karra qaytalanuvchi ta’siri jarayonida shikastlanishlarning asta-sekin to‘planib borishi jarayonidar. Yoriqlar ko‘rinishidagi charchoq buzilishlari nisbatan past kuchlanishlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Payvandli va payvand qo‘llab kuchaytirilgan oraliq qurilmalarda elementlar kesimlarining keskin o‘zgarishlari, yon tomon choklarining chetlari, choklarning nuqsonlari (yoriqlar, payvandlanmay qolish va h.k.) eng xavfli kuchlanishlar konsentratorlaridir.
Qatnov qismi to‘sinlari elementlarining, hamda ularni biriktiruvlarining charchoq buzilishlari metall oraliq qurilmalarning nisbatan keng tarqalgan nuqsonlaridir.
|
| |