|
Metall konstruksiyalar diagnostikasining o‘ziga xos xususiyatlari va charchashdan buzilishlar
|
bet | 46/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx8.4. Metall konstruksiyalar diagnostikasining o‘ziga xos xususiyatlari va charchashdan buzilishlar
Nuqsonlar paydo bo‘lishining ehtimoliy sabablari orasida mexanik, dinamik, korrozion, haroratga oid, namlikka doir ta’sirlarni, shuningdek zamin deformatsiyalanishining notekisligi bilan shartlangan nuqsonlarni ajratish mumkin. So‘nggilari devorlar qo‘shni sohalarini (masalan, chetki – o‘zi yuk ko‘taradigan va bo‘ylama – yuk ko‘taruvchilari) yuklanishining darajasidagi farq bilan ham, qo‘shni uchastkalardagi geologik sharoitlardagi farq bilan ham, shuningdek yer osti yoki avariyaviy suvlar ta’sirida poydevor ostidan gruntning yuvilishi, o‘ta cho‘kuvchan gruntlarning namlanishi va h.k. oqibatida ham kelib chiqishi mumkin. Tekshiruv jarayonida yoriqlar vaqt jarayonida o‘suvchi ekanligini oydinlashtirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsaddda yoriqlarga mayoqlar o‘rnatiladi.
Tekshirish jarayonida, avvalam bor, siqilgan elementlarga alohida e’tibor qaratmoq lozim, chunki ularning kesimlari yupqa bo‘lganligi uchun ularning mustahkamligi emas, balki mahalliy ustivorligi cheklanadi. Tugunga oid birikuvlar metall konstruksiyalarning o‘ta mas’uliyatli elementlaridir, shu sababli tekshiruvning boshlang‘ich bosqichida elementlar va tugunlar kesimlarining loyihaga mosligi aniqlangan, sterjenlarning to‘g‘ri chiziqliligi, ayniqsa siqilgan sterjenlardagi biriktirish ustamalarining mavjudligi tekshirilgan bo‘lishi kerak.
Elementlarning me’yoriy salqiliklaridan, burilish burchaklaridan va bo‘lak ko‘chishlardan ortib ketishlarning mavjudligini oshkor qilish zarur. Po‘latning yuqori sifati (ayniqsa, zarrasining o‘lchami va bir jinsliligi) va yasalish hamda montaj qilish texnologiyasi (payvandlov sifati va h.k.) po‘lat konstruksiyalar ishonchliligini oshirishning muhim shartlaridir.
Yuqorida keltirilgan hususiyatlarni e’tiborga olgan holda, po‘lat konstruksiyalarni tekshirish o‘tkazish jarayonida jamlangan yuklardan baland mahalliy zo‘riqishlarga, ta’sir etayotgan cho‘zuvchi kuchlanishlar yo‘nalishiga ko‘ndalang yo‘nalgan, baland mahalliy kuchlanishlar bilan uyg‘unlikdagi keskin kuchlanish konsentratorlariga ega bo‘lgan tugun va detallarga, konstruksiyalar elementlaridagi payvandlanma choklarning yo‘nalishlaridagi yaqinlashuvlarga (tugunlardagi tutashuv va kesishuvlar) hamda ularning keskin o‘zgarishlariga, elementlar kesimlarining keskin ko‘tarilib-tushishlariga, shuningdek ularning payvandlanma choklar og‘irlik markazlariga nisbatan ekssentrisitet bilan birikuvlariga va h.k.larga alohida e’tibor qaratmoq lozim.
Burchakdagisini – parmalash usulida, choklarga doirlarini – nazoratning fizik usullarida. Parmalash chokning o‘qi bo‘ylab diametri chokning tashqi sirti kengligidan 6 mm ga ortiq bo‘lgan oddiy parma bilan amalga oshiriladi.
Parmalangan joyni ko‘zdan kechirishni lupa orqali ikki bora – parmalashdan so‘ng darhol va payvandlanma chokning chegaralarini aniqlash uchun azotli kislotaning 20%-li eritmasi bilan qayta ishlanishidan so‘ng bajariladi. Mas’uliyatli payvandli birikmalardagi nazoratning fizik usullari tegishli jihozlar va mutaxassislarning mavjudligida amalga oshiriladi. Ushbu usullarga quyidagilar kiradi: rentgan va γ-nurlar bilan nurlash, magnit va kukunli defektoskopiya (GOST 21105-87), magnitografik va radiografik (GOST 7512-82), elektrmagnit va ultratovush (GOST 23858-79).
Po‘lat kolonnalarda, avvalam bor, konstruksiyalar texnologik o‘tuv joylarida hamda materiallarni saqlash sohalarida mexanik shikastlanishlar bor-yo‘qligini, kolonnalarning poydevorlarga ankerli qotiruvlarning, shuningdek kranosti to‘sinlarning konsollarga tayanish tugunlarining ahvolini tekshirish, bog‘lanishlar qotiruv tugunlarining asralganligiga ishonch hosil qilish zarur.
Kranosti to‘sinlarida tepa belbog‘ga oid choklardagi, bikrlikka doir kalta qovurg‘alar osti devorchalaridagi va qovurg‘alarni tepa belboqqa qotirish choklaridagi yoriqlar, to‘sinning tepa belbog‘idagi salqiliklar hamda ko‘ndalang yoriqlar o‘ta xavfli hisoblanadi.
Inshoot turli qismlarining gorizontal va vertikal tekisliklardagi holatini tekshirish uchun, uning tarhi va profilining s’emkasi amalga oshiriladi. Tekshiruv avvaldan ishlab chiqilgan tarhga ko‘ra amalga oshiriladi, uning natijalari esa mahsus qayd daftar (jurnal)larida rasmlar va eskizlar bilan birgalikda qayd qilinadi. O‘ziga xos nuqsonlarni fototasvirga tushirish tavsiya qilinadi.
Ko‘priklar va quvurlarni tekshirish materiallari bo‘yicha inshootlarning sifatini baholash va ularning bundan buyongi foydalanishga yaroqliligi masalalari hal qilinadi, yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi, ayrim qismlarini ta’mirlash hamda kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi va h.k. Shu o‘rinda foydalanish shart-sharoitlari ham belgilanadi. O‘ta mas’uliyatli hollarda tekshiruv materiallari sun’iy inshootni yuk ostida sinash bilan to‘ldiriladi. Ko‘prikni tekshirish jarayonida ko‘prik polotnosining ahvolini baholashga alohida e’tibor qaratmoq lozim.
Oraliq qurilmalar tugunlaridagi yoriqlarning xillari. Qatnov qismi to‘sinlari elementlarining, hamda ularni biriktiruvlarining charchoq buzilishlari metall oraliq qurilmalarning nisbatan keng tarqalgan nuqsonlaridir. Gorizontal listlarga ega bo‘lmagan bo‘ylama to‘sinlarning tepa belboqqa oid burchakliklaridagi yoriqlar eng keng tarqalgandir (8.1a–rasm). Ular ko‘prik bruslari ostidagi burchakliklar gorizontal tokchalarida buramalar atrofida paydo bo‘ladi, hamda dastavval bo‘ylama yo‘nalishga, so‘ngra esa ko‘ndalang yo‘nalishga ham ega, buning natijasida o‘ziga xos o‘piriq hosil bo‘ladi. Bu xildagi shikastlanishlar ham ichki, ham tashqi belboqqa oid burchakliklarda uchrab turadi. Belboqqa oid burchakliklardagi ko‘prik bruslaridan tushuvchi bevosita bosimdan vujudga keladigan sezilarli mahalliy kuchlanishlar ushbu yoriqlar paydo bo‘lishining asosiy sababidir.
To‘sinlarning yoriqlari ko‘prik bruslaridan bosimni bevosita qabul qiluvchi, hamda bo‘ylama to‘sinlarni ko‘ndalanglariga biriktiruvdagi momentlardan o‘qqa oid zo‘riqishlarga shiddatli ishlaydigan yuqori “baliqcha” fasonkalarda ham uchrab turadi.
Yoriqlar (8.1-rasm) ko‘ndalang to‘sindan boshlab hisoblaganda, birinchi yoki ikkinchi qatordagi parchin teshiklari yaqinida paydo bo‘ladi. Uzunligi 80 m dan ortiq bo‘lgan oraliq qurilmalarda ko‘ndalang to‘sinlarning pastki belboqqa oid burchakliklarida ba’zan charchoq yoriqlar kuzatiladi. Ushbu yoriqlarning paydo bo‘lish sabablaridan biri qatnov qismi to‘sinlarining, ko‘ndalang to‘sinlarning o‘z tekisligidan egilishi bilan kechadigan bosh fermalar bilan birgalikdagi ishidir.
b)
a) b)
8.1-rasm. Toʼsinlarning koʼndalanglariga birikuv burchakliklaridagi yoriqlar (a); payvandli tugunda boʼylama yoriqlarning paydo boʼladigan xos joylari (b).
|
| |