|
Inshootlar va ularning konstruksiyalari deformatsiyalarini aniqlash hamda sinov uchun namunalarni ajratib olish
|
bet | 47/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx8.5. Inshootlar va ularning konstruksiyalari deformatsiyalarini aniqlash hamda sinov uchun namunalarni ajratib olish
Ish tartibi. Ishni bajarishda talabalar inshootlarning cho‘kishlari va ayrim qismlarining o‘zaro siljishlari haqidagi ma’lumotlar ularni geodezik xizmatlar tomonidan xatlanishidan avval olinishi kerak. Ushbu ma’lumotlar saylanma o‘lchashlar yordamida joyida tekshiriladi.
Inshootlardagi cho‘kishga oid yoriqlar. Tekshiruvlar jarayonida aniqlangan deformatsiyalar (ko‘chishlar)ni konstruksiya hamda inshootlar butunlay ko‘chadigan va deformatsiyalanadigan umumiylariga, hamda ko‘chishlar, salqiliklar, buralishlar bitta konstruksiya chegarasida, birikuv tugunlarida va h.k. larda ro‘y beradigan mahalliylariga ajratish mumkin. Inshootlarning cho‘kishlari va ayrim qismlarining o‘zaro siljishlari haqidagi ma’lumotlar ularni geodezik xizmatlar tomonidan xatlanishidan avval olinishi kerak.
Ushbu ma’lumotlar saylanma o‘lchashlar yordamida joyida tekshiriladi. Hujjatlar mavjud emasligi yoki yetishmasligida, hamda ko‘zdan kechirish davomida oshkor qilingan cho‘kishlar va siljishlar mavjudligida ularni aniqlashtirish uchun, geodezik s’emka o‘tkazish talab etiladi. Inshootlardagi tashqi ko‘rinishi bo‘yicha oson ajralib turadigan cho‘kishga oid yoriqlarning rivojlanishi notekis cho‘kishlar mavjudligi haqida fikr yuritish imkonini beradigan ishonchli alomatidir.
Amalga oshirilgan o‘lchashlarning natijasida materialning markasi yoki sinfi aniqlanadi, ya’ni mazkur inshootdagi materialning amaliy fizik-mexanik tavsiflari baholanadi, hamda material va konstruksiyalarning ahvoli, shuningdek ularning foydalanish talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Qabul qilishdagi dalolatnomalash jarayonida qo‘llanilgan materiallarning loyihaviy qiymatlarini hamda amaldagi tavsiflarini taqqoslash eng asosiy vazifadir. Agarda o‘rni bo‘lsa, qayta dalolatnomalashlarda ushbu tavsiflarning foydalanish sharoitlarida o‘zgarishi oydinlashtiriladi.
Zaruriy tadqiqotlar va o‘lchashlarni o‘tkazish usuli. Zaruriy tadqiqotlar va o‘lchashlarni o‘tkazish usuliga ko‘ra qo‘llanilayotgan usullarni quyidagi asosiy guruhlarga kiritish mumkin:
1-namunalar ajratib olish bilan bog‘liq bo‘lgan usullar, ushbu guruhga material yaxlitligining, hatto sezilarsiz o‘lchamga ega bo‘lgan namunani o‘yib olishda ham muqarrar bo‘lgan buzilishi xosdir;
2-buzmaydigan usullar, qachonki barcha o‘lchashlar bevosita ob’ektning o‘zida uning elementlariga shikast yetkazmay olib boriladi;
3-oraliq guruhga, qandaydir namunalarni o‘yib olishni talab qilmaydigan, biroq, ob’ektda bajarilgan muolajalarning kattaroq yoki kichikroq darajadagi izlarni (masalan, sirtidagi pachoqlanish) qoldiruvchi usullar kiritiladi.
Odatdagi laboratoriya sinovlari uchun namunalarni ajratib olish. Material namunalarini olish laboratoriyaga oid sinovlar o‘tkazish uchun amalga oshiriladi. Har qanday namunani ajratib olish tadqiq qilinayotgan elementning kuchsizlanishi bilan bog‘liqdir. Biroq, og‘ir beton bloklari uchun namunalarni sug‘urib olish amalda hech sezilarli emasdir, chunki hosil bo‘lgan bo‘shliqlar beton bilan ishonchli tarzda to‘ldirilishi mumkin. Metall konstruksiyalarda esa mas’uliyatli elementlardan hatto kichkina bo‘laklarni qirqib olish ham o‘ta ko‘ngilsizdir va undan keyingi kuchsizlangan kesimlarning to‘la ish qobiliyatini tiklash bo‘yicha izchil ishni talab qiladi.
Biroq, bu bilan tadqiqot uchun material namunasini olishning asosiy maqsadi buziladi, chunonchi inshoot ish qobiliyatini baholash nuqtai nazaridan konstruksiyaning mas’uliyatli elementlaridagi material holati eng ahamiyatlidir. Boshqa tarafdan, ikkinchi darajali elementlardan ajratib olingan namunalar butkul inshoot uchun xos bo‘lmasligi mumkin, chunki qurilish jarayonida mas’uliyati past bo‘lgan qismlar uchun, zaruriyatdan kelib chiqib “tasodifiy”, qo‘l ostida mavjud bo‘lgan, asosiy elementlar uchun qo‘llanila olinmagan materiallardan ham foydalaniladi.
Metall konstruksiyalardan namunalar ajratib olish. Namunalar odatda olov vositasida qirqish yo‘li bilan olinadi. Namunalarni bundan keyingi mexanik qirqish uchun belgi tushirib olishda olov bilan qirqish jarayonida shakllanadigan o‘zgarib qolgan strukturali materialning termik ta’siri sohasini istisno qilish uchun konstruksiya chetidan kamida 10 mm tashlab chamalamoq lozim. Namunalar qirralarini keyingi qayta ishlanishisiz ixtiyoriy tarhdagi namunalarni o‘yib olish imkoniyatini beruvchi elektrerrozion qirqishni qo‘llash o‘ta istiqbollidir.
Beton namunalarini ajratib olish. Metalldan farqliroq, turli yiriklikdagi to‘ldiruvchilarga ega materiali birjinsli bo‘lmagan beton uchun kichik namunalarda sinovlar qiyinroqdir. 10180-97 O‘zRST ga asosan to‘ldiruvchining yirikligi hatto eng kichik bo‘lganida ham siqilishga sinovlar uchun kublarning o‘lchamlari (qirralarining uzunliklari) 70,7 mm bo‘lishi; egilishga sinovlar uchun to‘sinchalar 400 mm uzunlikka ega bo‘lgani holda 100×100 mm kesimga ega bo‘lishi kerak va h.k.
Bunday o‘lchamli namunalarni ajratib olish faqat og‘ir beton va temirbeton konstruksiyalar hamda bloklardagina elementning ishini buzmay bajarilishi mumkin. Boshqa holatlarda tadqiq qilinayotgan elementlar kesimlari bilan chegaralangan o‘lchamli nostandart namunalarni sinashga qo‘l urishga to‘g‘ri keladi. Beton namunalarni o‘yib olishda ularga shikast yetkazish ehtimoli asosiy qiyinchilikdir. Olmos koronkalar bilan beton silindrlarni burg‘ilab olish eng yaxshi usuldir.
Sintetik olmosdan qilingan chambaraklar va disklar yordamida betonni qirqish (masalan, plitalarda) uchun ko‘chma dastgohlar ishlab chiqilgan. Xuddi shu maqsadlarda, masalan, o‘ta qattiq qotishmalar ushog‘i bilan peshlab kuchaytirilgan po‘lat disklar va tasmasimon arralardan foydalanish mumkin. Avval tez-tez ishlatib kelingan perforatorli burg‘ilashda sezilarli darajada yomonroq natijalar olinadi, chunki bunday usulda shikastlanishlardan va konstruksiya tashqi qatlam betonlarining yaxlitliligi buzilishidan qochib qutulib bo‘lmaydi.
|
| |