9.8-rasm. Qoplamaning birinchi qirqim halqalarini montaj qilish uchun tonnel ochish sxemasi.
Qoplama qirqim halqalari o‘rnatilishidan oldin qirqim navi g‘adir-budirliklari chaqiq tosh to‘kib yoki beton qorishmasi yotqizib, shablon bo‘yicha tekislanadi. Qoplama halqalarini yig‘ish uchun uzaytirilgan yo‘lak bo‘lagining oxirida ikkita chig‘ir o‘rnatiladi. Bittasi tyubinglarni yoki bloklarni ko‘tarish uchun, ikkinchisi esa – elementni qoplama halqasidagi mo‘ljallangan joyiga tortib borish uchun xizmat qiladi. Qoplama novining birinchi elementlari yondan ko‘rinishi holatini 10 mmdan ortiq og‘maydigan qilib o‘rnatiladi. Lotok bloklari yoki tyubinglar yog‘och ponalar bilan sun’iy bo‘shliq devorlariga mahkamlanadi, ular orqasidagi bo‘shliq esa ivimaydigan grunt yoki beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Qoplamaning keyingi elementlari navbat bilan kameraning avval bir tomonida, keyin boshqa tomonida, boltlar bilan mahkamlab, montaj qilinadi.
9.10-rasm. Chig‘irlar bilan qilish sxemasi
Montaj kamerasida yig‘ilgan qoplama qirqim halqalari qorishma qotgunga qadar ushlab turilib, so‘ngra kamera qazish zarur bo‘lgan uzunlikkacha davom ettiriladi.
Qirqim halqalarini chig‘ir ishlatmay ham montaj qilish mumkin. Buning uchun maxsus konstruksiyali BTU (universal tonnel blokyig‘uvchisi) ishlatiladi. Bunday yig‘uvchining kichiko‘lchamli ramasi 2 (9.10-rasm), uni kesimi 9 m2 ga yaqin bo‘lgan yo‘lak 1 da, maxsus kamera qurmasdan montaj qilish imkonini
yaratadi. Balandligini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan to‘rtta ustun 3 va qoplama elementlarini terish richagi 4 qirqim halqalari 5 ni mexanizatsiyalashgan usulda yig‘ish va diametri 5,5 metrdan 7,9 metrgacha bo‘lgan tonnel qazishni davom ettirish imkonini ta’minlaydi.
9.11-rasm. BTU yig‘uvchi mexanizm yordamida yo‘lakdan kesib kiruvchi qoplama halqalarini montaj qilish sxemasi.
Tonnel qazish ishlari. Qazilayotgan joydagi barcha ishlar qoplama teruvchida o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchan platformalardan to‘liq bajariladi. Grunt ko‘chirish bolg‘alari yordamida yoki burg‘ilash-portlatish usulida, qazilayotgan yuzani yig‘uvchining maydonchasidan elektrparmalar bilan yoki qo‘l burg‘ilash bolg‘alari bilan burg‘ilab amalga oshiriladi. Sun’iy bo‘shliqni mustahkamlash tasdiqlangan pasport bo‘yicha bajariladi. Sun’iy bo‘shliq shipini 40-50 mm qalinlikdagi taxtalar – marchevanlar bilan mustahkamlanib, ular soztuproq sharoitlarida bir uchi bilan qoplamaning tashqi yuzasiga, ikkinchi uchi bilan qazilayotgan joy gruntiga, qoyatosh gruntlarda esa inventar metall kronshteynlar 1 ustiga o‘rnatiladi. (9.11-rasm).
9.12-rasm. Yig‘ma qoplamalar qo‘llab, biryo‘la ochish usuli bilan tonnel qurishda qazilayotgan joyni mustahkamlash sxemasi.
Kronshteynlarni qoplama halqasining yuqori qismi, har bir element yon qirrasiga boltlar bilan mahkamlanadi. Yig‘uvchi o‘rnatilgan himoya ayvonlari oldinga chiqariladi. Qazilayotgan joy ko‘ndalang yuzasi taxtalar 2 yoki ramkalardagi metall to‘rlar bilan mustahkamlanadi. Taxta yoki ramkalar yotiq holda bir-biridan h= 1,2÷1,5 masofada joylashtiriladigan, diametri 120-150 mm metall quvurlar ortiga joylashtiriladi. Ularning sirg‘alib chiquvchi uchlari sun’iy bo‘shliq yon devorlarida qazilgan chuqurchalarga kirgizilib, tirgaklar yordamida ilgari terilgan qoplama halqasi qirrasiga zichlab yopishtiriladi. Quvurlar qazilayotgan yuzaga kirgizilgan po‘lat shtirlar 5 ga qo‘shimcha mahkamlanadi va ularga yog‘och ponalar 4 bilan mustahkamlash inshooti taxtalari yoki ramkalari tiraladi.
9.13-rasm. Qoyatosh gruntlarda ABT-5,5 kompleksi bilan yurish tonnel qurish sxemasi
Yig‘ma qoplama qurib yuzani to‘la ochish mustahkam gruntlarda metropoliten va tonnellarini qurishdagi asosiy usuldir. Yurish tonnellarining ko‘pchiligi KM-14Gp yoki ABT-5,5 qazish komplekslari bilan yopiq usulda quriladi. ABT-5,5 kompleksi bilan yopiq usulda tonnellarni qoyatosh gruntlarda qurishga mo‘ljallangan. Ishlar sikli yuqori ish unumdorligiga ega BKG-2 yoki BRU-2B turdagi o‘ziyurar, burg‘ilash aravacha (9.12 a-rasm) bilan qazilayotgan yuzani burg‘ilashdan boshlanadi. Bunday aravacha mustahkamlik koeffitsienti f ≤ 16 bo‘lgan gruntlarda diametri 42 mm, uzunligi 2,8 metrgacha bo‘lgan shpurlarni burg‘ilash imkonini yaratadi. Portlatiladigan joyni burg‘ilash vaqtida qoplama yig‘uvchi 3 qazilayotgan joydan uzoqroqqa olib ketiladi. Yig‘uvchining metall konstruksiyalari uning tagidan o‘ziyurar burg‘ilash aravachasi o‘tishini ta’minlaydi. Portlatilgan gruntni vagonetkalarga 1-PPN-5 turdagi mashinasi 5 (9.12, b -rasm) bilan ortiladi. Grunt ortish ishlari yakunlangandan so‘ng yig‘uvchini qazilayotgan joyga keltirib, richag 2 yordamida navbatdagi qoplama halqasini yig‘ishga kirishiladi.
9.13-rasm. Qoyatosh gruntlarda ABT-5,5 kompleksi bilan yurish tonnel qurish sxemasi
Burg‘ilash aravachasi grunt ortish mashinasi, qoplama yig‘uvchi va vagonetkalar alohida bo‘laklardan iborat platforma 6 ga o‘rnatilgan relslarda harakatlanadi. Kompleks oxirida qoplama ortiga qorishma yuboruvchi qurilmali texnologik aravacha 4 va strelkali o‘tkazgichli platforma 7 o‘rnatiladi.Agregatni 6 kishidan tashkil topgan brigada (burg‘ilovchi va uning yordamchisi, ikkita qazuvchi, teruvchi mashinisti va qorishma yuboruvchi) ishlatadi. Qazish tezligi mustahkamlik koeffitsienti f = 7 bo‘lgan gruntlarda, burg‘ilash chuqurligi 2,75 metr bo‘lgan holda, bir oyda 110-120 metrga yetishi mumkin.
|