9.5-rasm. Ortish mashinalari:
a - relyef da yuradigan pog‘onali ortuvchi davriy ishlaydigan ortish mashinasi (1 PNN-5)j b - relyefda yuradigan tо‘g‘ri (biryо‘la) ortadigan davriy ishlaydiganortish mashinasi (PPN-1S); v - gusenitsada yuradigan tuproqni yig‘ishtiriboladigan belkuraklari bо‘lgan uzluksiz ishlaydigan ortish mashinasi (PNB-ZK).
PPN-1S, PPN-2, PPN-3, PPU-4, PPN-4P va boshqa, relslarda harakatlanuvchi ortish mashinalari 2,2 dan 4,8 m gacha bо‘lgan cheklangan ortish frontiga ega. Masalan, kengligi 6 m dan ortiq tonnellarni kavlashda, gruntni ortish mashinalariga qо‘lda ortish о‘rniga ikkita parallel ishlaydigan mashina о‘rnatishga tо‘g‘ri kelib, qazilayotgan joyda tiqilinch hosil bо‘ladi va ish unumdorligi pasayadi. Shuning uchun gusenitsali yoki pnevmog‘ildirakli ortish mashinalaridan foydalanish ularning qо‘zg‘aluvchanligi (manyovrligi) va unumdorligini kо‘tarish imkonini yaratadi. Chо‘michli mashinalarning davriy ish tartibi ularning foydali ish koeffitsiyenti past (10÷15%) bо‘lishiga sababdir.
Yuqorida kо‘rsatilgan kamchiliklardan yig‘ishtiruvchi kurakchali uzluksiz harakatlanuvchi ortish mashinalari holidir. Bunday mashinalar tayyorgarlik ishlariga nisbatan kam vaqt talab qilishi va qо‘zg‘aluvchan bо‘lgani sababli, ularning ish unumdorligi katta chо‘michli mashinalarga nisbatan 50÷70% yuqori. Ayni vaqtda ularning qator kamchiliklari bor: katta elektrenergiya sarfi; konstruksiya murakkabligi; konveyer va ortish qismi detallarini tez almashtirib turish zarurligi; nisbatan yuqori narxi.
Shuni qayd etish lozimki, TK-2, TK-1S va boshqa tonnel komplekslarida ortish qurilmasi markaziy tozalash konveyeriga ega juft-juft yig‘ishtirish kurakchalaridan iborat bо‘lib, ular qazilayotgan joydagi gruntning uzluksiz harakatini samarali ta’minlab, konveyerga uzatadi. Bu transportning ish unumdorligi relsli transportda tashishga nisbatan 2-4 marta kо‘p.
Kо‘ndalang kesim yuzasi 50 m2 gacha bо‘lgan tonnellarni qurishda grunt ortish uchun PPN-1S, PPN-2, PPN-3 va boshqalar davriy harakatlanuvchi va PNB-ZK, PNB-ZD, PNB-4 uzluksiz harakatlanuvchi ortish mashinalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Uncha uzun bо‘lmagan (600 metrgacha) tonnellar qurilishida PD-5, PD-8, PD-12 ortish-eltish mashinalaridan foydalanish mumkin. Katta kо‘ndalang kesimli (80 m2 dan katta) tonnellar qurilishida grunt ortish ishlari uchun yer osti ishlariga moslashtirilgan (G-kо‘rinishli qisqartirilgan yoy, mashina korpusining uzunligi kichik) gusenitsali, birchо‘michli tо‘la aylanadigan ekskavatorlardan foydalanish mumkin.
Tonnel ekskavatorlarining afzalliklari – gruntni bir yо‘la ikki izdagi vagonetkalarga yoki avtoо‘ziag‘dargichlarga ortish imkonini beradigan yuqori darajadagi qо‘zg‘aluvchanlik (manevrlik) va katta ish unumdorligidadir.
Grunt tashish, yordamchi ashyolar, asbob-anjomlar va odamlarni qurilayotgan tonnel chegarasida shaxta nayigacha yoki peshtoqqacha eltish, shuningdek, gruntni yer yuzasida tо‘kish joylarigacha olib borish davriy va uzluksiz harakatlanuvchi tonnel transporti bilan bajariladi.Tonnel qurilishida davriy_harakatlanuvchi relsli transport keng tarqalgan. Bu holda grunt va ashyolar qiya sun’iy bо‘shliqlarga qurilgan vaqtinchalik tor temir izlardagi vagonetkalarda, elektrovoz, pо‘lat arqon yoki qо‘l yordamida g‘ildiratib, tashib chiqiladi. Shuni inobatga olish kerakki, vagonetkalarni qо‘l yordamida faqat 100 metrgacha bо‘lgan masofaga 4 km/s dan yuqori bо‘lmagan tezlikda siljitish ruxsat etiladi.
Uzun tonnellarni qurishda elektrovoz tonnel transportining asosiy turidir. Temir yо‘l relslar, shpallar va biriktirgichlardan tashkil topadi. Bunday yо‘l qurish uchun asosan R24 turdagi relslarni ishlatish lozim. Tо‘g‘ri yо‘llarda temir izlar kengligi harakatlanuvchi vosita turi bilan aniqlanib, 600, 750 va 900 mm bо‘ladi.yasalgan maxsus, oldinga suriluvchi bо‘g‘inlardan foydalanib bajariladi.
Grunt tashish uchun turli hajmdagi, ammo 1,5 m3 dan kichik bо‘lmagan vagonetkalar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda tonnel qurilishida bunker-poyezdlarga birlashtiriladigan VPK turdagi vagonetkalardan foydalanish kuzatiladi. Tо‘ntariladigan о‘zibо‘shovchi vagonetkalar grunt tushirish joylarida 30÷40° engashtiriladi, maxsus ag‘darish qurilmalari kerak bо‘lmaydi, о‘zi tuntarilmaydigan vagonetkalar yesa, yer yuzasiga о‘rnatilgan baraban kо‘rinishidagi, bо‘ylama о‘qi atrofida aylanadigan aylana tо‘ntargichlar (9.6-rasm) yordamida ag‘dariladi. Bunday tо‘ntargichlarda vagonetkalar avtomatik tarzda mahkamlanib baraban 360° ga aylanadi (tо‘la aylanish), grunt bunkerga tо‘kiladi.
|