• 9.4. Tonnel qurilishida gruntni ortish va tashish
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet51/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    9.4-rasm. Betonni zavoddan tonnelgacha uzatish sxemasi:
    1-betonzavod; 2-betonnasoslar; 3-betonuzatgich; 4-qoliplar
    Qoplamalarni betonlashni ta’minlovchi mexanizatsiyalashgan komplekslar quyidagilardan tashqil topadi: sharnirli - taxlanuvchi va yig‘ma - qismlarga ajraluvchi qoliplar; montaj va betonquyish moslamalari va aravachalar; qorishma uzatish uchun mо‘ljallangan konteyner va betonuzatgichlar; burg‘ilash ramalari; domkratlar; lebedkalar va boshqa asbob-uskunalar.
    Betonlash jarayonini texnik talablar va havfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarur.
    Sachratma-beton tog‘ jinsiga siqilgan havo yordamida sement, mayda va yirik fraksiyadagi tо‘ldirgichlar, suv, hamda yopishish va qotishni tezlatguvchi qо‘shimchalar qorishmasi sifatida yopishtiriladi. Bu usulda olingan sachratma-beton tez qotib va mustaxkamlanib, sun’iy bо‘shliqni mustaxkamlash inshootiga aylanadi. Sachratma-beton hosil qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: tog‘ jinslari yuzasiga fakat hо‘llangan о‘ta yengil sement zarrachalari yopishtiriladi; sо‘ngra asta-sekin kalinlashuvchi qatlam hosil qilinib, о‘nga nisbatan katta fraksiyadagi qum va tuldirgich zarrachalari yopishtiriladi; quruq qorishma purkash natijasida birtekis jipslashish hosil bо‘lib, bu sement faolligining oshishiga, yopishish, zichliq mustahkamlik va namо‘tkazmasligining kо‘tarilishiga olib keladi.
    Yer osti inshootlari qurilishida sachratma-betondan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:

    • sun’iy bо‘shliqni ish havfsizligini ta’minlagan holda tez va mexanizatsiyalashtirilgan usulda mustahkamlash;

    • katta bosim mavjud joylarda mustahkamlash inshootlarini kuchaytirish mumkinligi;

    • tog‘ massivi chо‘qish deformatsiyalarini tо‘xtatish;

    • seryoriq tog‘ jinslarini zichlash;

    • nam о‘tkazmaydigan qoplamalar hosil qilish;

    • sun’iy bо‘shliq kо‘ndalang kesimi о‘lchovlarini kichraytirish.

    Sachratma-beton qoplama kalinligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin;
    h = 1,3 ka
    bu yerda 1,3 - tog‘ bosimi о‘sishini inobatga olish koeffitsiyenti;
    a=1 m - sachratma-beton uchun qoplama kengligi;
    k - qoplama turi va kengligiga nisbatan aniqdanadigan koeffitsiyent;
    q - tog‘ bosimi, t/m2;
    Rh - sachratma-betonning hisobiy chuzilishga qarshiligi.
    Qoplama ortiga qorishma yuborishning asosiy maqsadi qoplama ortidagi bо‘shliqni tо‘ldirish bо‘lib, u quyidagilarni ta’minlaydi:

    • qoplama deformatsiyasini kamaytirish va yer osti va yer usti inshootlari chо‘qishining oldini olish;

    • bir tekis tog‘ bosimi hosil qilish;

    • tog‘ jinsi tomonidan passiv qarshilik hosil qilish;

    • qoplama statik ishlashini yaxshilash;

    • qoplama nam о‘tkazmasligini kо‘tarish.

    9.4. Tonnel qurilishida gruntni ortish va tashish
    Portlatilgan yoki boshqa usulda qazilgan gruntni ortish murakkab amaliyot hisoblanadi, Kavlash ishlari talab qiladigan mehnat sarfining 40% gacha ulushi shunga ketadi. Ayni vaqtda, zaminni ortish va tashish ishlarini tashkil qilish yagona ishlab chiqarish jarayonidir. Bu ishlar uchun zarur mashina va asbob-anjomlar, kо‘p jixatdan, tonnel о‘lchamlariga qarab aniqlanadi, rejalashtirilayotgan kavlash tezligi va gruntning mexanik xususiyatlariga ham bog‘liq.
    Tonnel qurilishida grunt ortish ishlari tо‘la mexanizatsiyalashtirilgan va asosan yuqori unumdorlikka ega bо‘lgan ortish mashinalari bilan bajariladi.Qо‘llaniladigan ortish mashinalarining davriy harakatlanuvchi chо‘michli (9.5 a, b -rasm) va gruntni yig‘ishtirib olish uchun mо‘ljallangan uzluksiz harakatlanuvchi kaftsimon kurakcha (9.5, v -rasm) turlari mavjud.
    Chо‘michli mashinalar gruntni uzatish usuli bо‘yicha ikki turga bо‘linadi:

    • PPN-1S, PPN-2 va PPN-3 rusumli, gruntni chо‘michdan bir yо‘la transport vositalari yoki grunt tо‘kish joyi (otval)ga uzatuvchi mashinalar;

    • PPN-4, PPU-4P, PPN-7 rusumli, gruntni chо‘michdan avval konveyerga, sо‘ng transport vositalari yoki grunt tо‘kish joyiga uzatuvchi mashinalar.




    Download 17,83 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.