|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 53/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx9.6-rasm. Vagonetkalar uchun mо‘ljallangan aylanma ag‘darish qurilmalari.
Quruq sement-qum qorishmasi tonnelga konteynerlar yoki vagonetkalarda, uzun ashyolar (yog‘och, quvurlar va boshqalar) esa – ramasiga ustunchalar payvandlangan maxsus aravachalarda keltiriladi. 30° dan oshmaydigan qiyaliklarda grunt va ashyolar asosan elektrovozlar yordamida tashiladi. Tonnel qurilishida doimiy tokda ishlovchi elektrovozlar eng kо‘p tarqalgan bо‘lib, ular energiya bilan ta’minlanish usuli va manbai bо‘yicha kontaktli va akkumulyatorli turlarga bо‘linadilar. Kontaktli elektrovozlar kontakt simi va relsli izdan tashkil topgan tortish tarmog‘i orqali beriladigan elektroenergiyadan foydalanadilar. Akkumulyatorli elektrovozlar uchun zarur bо‘lgan elektroenergiya esa, bevosita elektrovozlarning о‘zida о‘rnatilgan akkumulyator batareyalaridan qabul qilinadi.
Kontakt turdagi elektrovozlarning akkumulyator turdagi elektrovozlardan asosiy afzalliklari – bularning ancha yuqori va barqaror (butun smena davomida doimiy) tortish parametrlari (dvigatellar quvvati, tezlik va boshqalar), konstruksiyalarining oddiyligi va ishonchliligidir. Kontakt turdagi elektrovozlarning kamchiliklari – ochiq holdagi kontakt simlari osish zarurati bо‘lib, bu sun’iy bо‘shliq balandligi oshirilishini talab qiladi va tok bilan shikastlanish, hamda uchqun hosil bо‘lish xavfini tug‘diradi (chang va gaz bо‘yicha xavfli sun’iy bо‘shliqlarda bu mutlaqo mumkin emas). Texnik xavfsizlik qoidalari bо‘yicha kontakt simlarini osish balandligi hamma yer osti sun’iy bо‘shliqlarida rels ustidan 2,2 metrdan kam bо‘lmay, har qaysi temir yо‘l izi о‘zining simiga ega bо‘lishi kerak. Tonnellarda kontakt simlarini osish elastik tortqilar bilan ta’minlangan bо‘lishi kerak.
Akkumulyator turdagi eletrovozlarning kamchiliklari ularning katta massasi, har 3-4 soatda batareyalarni zaryadlash uchun almashtiriladigan besо‘naqay zaryadlash stansiyasi zarurligidir.
Vagonetkalardan tashkil topgan ulanmani 100 metrgacha bо‘lgan masofaga tashish uchun chig‘irlar, turtkichlar va boshqalardan foydalanish ruxsat etiladi.Tonnel qurish tajribasida tuproqni gusenitsali ekskavatorlar bilan ortib, relssiz transport – katta yuk kо‘taruvchi о‘zitо‘kuvchi avtomobillardan foydalanish keng tarqalgan. О‘zitо‘kuvchi avtomobillardan foydalanish grunt ortishning yuqori unumdorligini, oddiy usullarda ish tashkil qilish, transportning yaxshi qо‘zg‘aluvchanligini ta’minlash, katta qiyaliklarda yuk tashish imkoniyatlarini yaratadi.
Avtomobil transportining asosiy kamchiligi – ishlatilgan gazlarning tonnel havosini ifloslantirishidir. Bu narsa tonnelda kuchli shamollatish qurilmalari о‘rnatishni, shuningdek, о‘zitо‘kuvchi avtomobillarda maxsus katalitik havotozalagichlar о‘rnatishni talab qiladi. Tonnelda ikkitomonlama avtotransport harakatini tashkil qilish uchun uning kengligi 6 metrdan kam bо‘lmasligi kerak. Kenglik bundan kichik bо‘lgan hollarda esa, transport harakat yо‘nalishini о‘zgartirish uchun maxsus aylanma pо‘lat platformalar о‘rnatilib, ular tonnel kavlash jarayonida surib boriladi. Shuningdek, qazilayotgan joyda о‘z harakat yо‘nalishini mashinani burmasdan о‘zgartira oladigan 6÷15 tonna yuk kо‘taruvchi о‘zitо‘kuvchi avtomobillardan foydalanish ham mumkin.
Qator hollarda, tonnelga tisarilib kiritiladigan bir pritsepli avtomobildan yoki oralarida ikkita pritsep joylashgan ikki avtomobildan tashkil topgan avtopoyezdlardan foydalanish samaralidir. Bu holda qazilayotgan joyga kirish va chiqishda avtomobillardan birining oldinga qarab yurishi ta’minlanadi.
Transport vositalari о‘tish kompleksining ish unumdorligi, sun’iy bо‘shliq о‘lchovlari va qiyaligi, tashish uzunligi va qabul qilingan ishlar texnologiyasiga qarab tanlanadi. Bunda shuni inobatga olish zarurki, bir izli tonnellarda relssiz transportdan foydalanish gruntni 1,5÷2,0 kmgacha bо‘lgan masofaga tashishda iqtisodiy maqsadga muvofiqdir. Odatda avtomobil transportidan tonnelning butun uzunligi bо‘yicha yordamchi yо‘lak yoki oraliq shaxta naylari bо‘lmagan tonnellarni qurishda, shuningdek, peshtoqoldi bо‘laklarida foydalanish tavsiya etiladi.
Tasmali konveyerning asosiy qismlari 0,5÷1,0 m kenglikdagi rezina tasma, roliklar о‘rnatilgan rama, uzatma qurilmali motor va tasma aylanadigan salt harakatlanuvchi barabandan iborat. Transportyorning ish unumdorligi tasma kengligi va uning 0,5÷2,0 m/s ni tashkil etadigan harakat tezligiga bog‘liq. Ishlab chiqarishda qazilayotgan joyning siljishiga qarab 80 metrgacha uzaytiriladigan 1LPT-80 turdagi teleskopik konveyerlar chiqariladi. Lentali konveyerlar qiyaligi 18° gacha bо‘lgan sun’iy bо‘shliqlarda qо‘llaniladi. Shuningdek, motor-barabanli uzatmasi bо‘lgan KLP va KLD turlaridagi kо‘chma tasmali konveyerlar ham qо‘llanilishi mumkin.
Kurakli konveyerlar bir-biridan bir xil masofada о‘rnatilgan kurakchalari bо‘lgan ikki qator uzluksiz zanjirlar va ikkita barabanlardan tashkil topadi. Barabanlardan biri yetaklovchi bо‘lib, motor orqali harakatga keltiriladi. Bunday konveyerlarning harakat tezligi 0,25÷0,7 m/s ni tashkil etadi. Kurakli konveyerlar tasmali konveyerlar ishlay olmaydigan, qiyaligi 25° ga bо‘lgan sun’iy bо‘shliqlarda qо‘llanilishi mumkin. Kavlash tezligini chegaralovchi davriy relsli transport tonnel qurilishidagi “tor” joylardan biridir. Metro qurilishida konveyerli transport gruntni qazilayotgan joydan yer yuzasigacha uzluksiz tashish imkoniyatini yaratadi.
Konveyerlardan tuproqni uzluksiz qazish va ortishni ta’minlovchi kavlash kombaynlari bilan birgalikda foydalanish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Ammo, shuni nazarda tutish zarurki, qazilayotgan joyga zarur ashyolarni kiritish boshqa turdagi transport bilan amalga oshirilishi lozim.Tonnel qurilishida ba’zi hollarda (qiyaligi 30‰ dan yuqori bо‘lgan sun’iy bо‘shliqlarda) gruntni pо‘lat arqonlar yordamida chiqariladi.
Bunda bir yoki ikki barabanli chig‘irlar ikki tomonlama yoki cheksiz pо‘lat arqonli usullarda amalga oshiriladi. Ikki tomonlama pо‘lat arqon usulda yuk ortilgan yoki bо‘sh vagonetkalardan tashkil topgan ulanma 15 m/s dan yuqori bо‘lmagan tezlikda qazilayotgan joydan bosh pо‘lat arqon 4 bilan tortib kiriladi. Pо‘lat arqonlar shpallarda yoki ramalar ustunida mahkamlanadigan roliklar bilan tutib turiladi. Bunday sxema tashish uzunligi 300 metrgacha bо‘lgan xollarda qо‘llaniladi, ish unumdorligi kam. Boshqa kamchiliklari ham bor: maxsus qabul qilish va jо‘natish stansiyalari zarur, foydalanish murakkab, dvigatellari besо‘naqay qatta.
9.5. Tonnellarni tog‘ usulida qurish
Tonnel qurish bо‘yicha ishlar asosan grunt qazish va qoplama qurishdan iborat. Har xil gruntlar uchun turlicha ish usullari va qoplama turlari qо‘llaniladi.
Tog‘ usulida tonnel qurish quyidagi bosqichlaridan iborat:
Sun’iy bо‘shliqning quyidagi qismlarini qazish; kalotta; shtrossa; yо‘lak nay; qazilayotgan joy.
Vaqtinchalik qoplama qurish. Qoplamalarning quyidagi turlari mavjud; yog‘ochli, metalli va temirbetondan.
Peshtoqoldi о‘yiqlarini ular qiyaliklarini torkret, sachratma-beton yoki aeragiyalangan qoplamalar, zarur hollarda esa ankerlar va metall turlardan foydalanib mustahkamlab qazish. Zarur hollarda qiyalik gruntlarni qorishma yuborish yoki kimyoviy (epoksid, furfurol, poliefir va boshqa smolalar) usullarda ham mustahkamlanadi. Yо‘l tomonga og‘ishga ega kesilgan qatlamlarni qazishda, yumshatilgan gruntlar siljishining oldini olish maqsadida turli konstruksiyali (sement qorishmasidagi tosh devor, harsangtoshbeton, beton, yaxlit va yig‘ma temirbeton) tirgovich devorlardan foydalaniladi.
Rо‘para qiyalikni yog‘och mustahkamlash inshootlari (yotiq gulalar, progonlar, egilgan balkalar, tirgaklar, yotiq tо‘sinlar, kalta koziklar va b.) yordamida mustahkamlash;
Tonnel uzunligi 300 m dan ortiq bо‘lgan hollarda muhandis-geologik va gidrogeologik ma’lumotlarni aniqlash, asosiy sun’iy bо‘shliqni quritish va drenaj qurish, tashish yо‘llarini joylashtirish, shamollatishni yaxshilash, yer osti geodezik asos yо‘llarini о‘tish va ish frontini kengaytirish uchun qо‘shimcha qazish yuzalarini ochish maqsadida ilgarilovchi sun’iy bо‘shliq qazish;
Bevosita peshtoqoldi о‘yig‘idan, tonnel trassasida joylashgan shaxta nayidan yoki tonnel bо‘ylama о‘qiga kо‘ndalang yо‘nalishda quriladigan yо‘lak-tuynuklar orkali amalga oshiriladigan ish frontini kengaytirish. Bunda ilgarilovchi sun’iy bо‘shliqlar sifatida yuqori yoki ostki yо‘naltiruvchi yо‘laklardan foydalaniladi.
Tonnel qurilishida turli xil tog‘ usullari qо‘llaniladi. Yumshoq tog‘ jinslari uchun bu tog‘ usullarini tо‘rt guruhga bо‘lish mumkin:
tiralgan gumbaz usuli;
kesimni tо‘la ochish usuli;
tayanch yadro usuli;
yaxlit yuza usuli.
Tiralgan gumbaz usulida grunt qazish va qoplama qurish ishlari tonnel kesimining gumbaz qismidan osti qismiga karab alohida alohida bо‘laklarda bajariladi.
Bu usulda kesim qazishning ikki turi mavjud: 1) bir yо‘lakli tо‘ntarilgan gumbaz usuli (9.7a -rasm); 2) ikki yо‘lakli tо‘ntarilgan gumbaz usuli (9.7 -rasm).
|
| |