|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 61/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx10.13-rasm. Bir izli temirо‘l tonnelida sachratmabeton qoplama qurish uchun mо‘ljallangan moslamalar kompleksi.
Sachratmabeton qoplama qurishda qorishmani tayyorlash, tashish, soploga uzatish va sun’iy bо‘shliq devorlari va ship qismiga yopishtirish ishlarini bajarishda mexanizatsiyalashgan asbob-uskunalar kompleksi qо‘llaniladi. Masalan, bir izli temir yо‘l tonnelini tiklash uchun mо‘ljallangan asbob-uskunalar kompleksi (10.13 -rasm) quyidagicha: harakatlanuvchi aravacha 8, sachratmabeton mashina 5, aralashtirgich 4, suv baki 6, kran 2, konteynerlari bо‘lgan aravacha 1, chо‘michli kо‘targich 3, kо‘chma havozalar 7.
Ikki izli temir yо‘l va avtomobil yо‘llari tonnellari (10.13, b-rasm) uchun sachratmabetonni USM-2 qurilmasi 9 yordamida mexanizatsiyalashtirilgan usulda yopishtirish maqsadga muvofiq. Sachratma beton yopishtirish ishlarini bajarishda tonnelni yaxshi shamollatish zarur. Buning uchun tonnelning yuqori qismida shamollatish yо‘lagi (quvur) 7 о‘rnatiladi.
Sun’iy bо‘shliq yuzasini sachratmabetonga tayyorlash ishlari kо‘chayotgan grunt bо‘laklarini tushirish va yuzani suv bilan yuvishdan iborat. Suv chiqib ketsa, uni chuqurligi 10÷20 sm li burg‘ilangan shpurlarga о‘rnatilgan, diametri 12÷19 mm li quvurlar bilan chetlatiladi.
Sachratmabeton qoplama qurish ishlari texnologiyasi (10.14-rasm) quyidagicha: sement va inert qо‘shimchalar (qum, shag‘al) quruq holda aralashtirilib, sachratmabeton mashinasiga ortiladi. Quruq qorishma siqilgan havo yordamida shlang 1 bilan aralashtirgich soplo 2 ga uzatiladi va u yerga shlang 3 bilan suv yuboriladi. Hо‘llangan beton qorishmasi 4 aralashtirgich soplodan katta tezlikda chiqib, sun’iy bо‘shliq yuzasi 6 ga qalinligi 5-7 sm dagi bir tekis qatlam 5 holida yopishtiriladi.
10.14-rasm. Qoyatosh yuzaga sachratma beton qoplash sxemasi
Sachratmabeton qoplamalarning sifati qalinlikni о‘lchash va uzilib tushish natijasida ashyo yо‘qotilishini hisoblash yо‘li bilan, shuningdek, tashqi kо‘rikdan о‘tkazish va bolg‘acha bilan urib kо‘rish bilan tekshiriladi. Bо‘g‘iq tovush qorishma gruntga zich yopishmaganligini kо‘rsatadi. Bu holda kо‘chayotgan qoplama tushirilib, qaytadan sachratmabeton yopishtirish lozim.
Sun’iy bо‘shliqlarni vaqtinchalik mustahkamlash ishlari texnik nazorat vakili rahbarligida, amaldagi metropolitenlar va tonnellar qurilishida xavfsizlik texnikasi qoidalari va meyoriy hujjatlarga binoan bajarilishi lozim.
10.5. Barqaror gruntlarda tonnel qurish usullari
Tonnel, muhandis-geologik sharoitlar, shuningdek, kо‘ndalang kesimiga qarab turg‘un qoyali gruntlarda quyidagi usullarning biridan foydalanib quriladi: yuzani tо‘liq ochish va zinali qazish, pog‘onali qazish, markaziy yо‘lak usullari.
Yuzani tо‘liq ochish va zinali qazish usullari balandligi 10 metrgacha va oralig‘i 20 metrgacha bо‘lgan tonnellarni mustahkamlik koeffitsiyenti f ≥ 2 bо‘lgan buzilmagan qoyali gruntlarda qо‘llaniladi. Tonnel о‘lchovlarini cheklash mustahkamlanmagan katta yuzani birdan ochishning xavfliligi, burg‘ilash va yordamchi asbob-anjomlardan foydalanish bilan bog‘liq. Yuzani tо‘liq ochish usulida tonnelning kо‘ndalang yuzasi 110-130 m2 gacha, qulay muhandis-geologik sharoitlarda esa – 160 m2 gacha bо‘lishi mumkin.
Qoyatosh yaxlit tuproqlarni burg‘ilash-portlatish usulida, odatda, vaqtinchalik mustahkamlash inshooti о‘rnatmay qaziladi. Qoyatosh yoriqli gruntlarda ankerli, arkali yoki sachratmabeton mustahkamlash inshootlari yoki ularning qurama kо‘rinishlari qо‘llaniladi. Vaqtinchalik mustahkamlash inshooti turi texnik-iqtisodiy asoslash asosida aniqlanadi.
Tonnellarni muzlagan gruntlarda qazishni turi loyihada aniqlanadigan vaqtinchalik mustahkamlash inshooti о‘rnatib amalga oshirish lozim. Vaqtinchalik mustahkamlash inshootisiz qazish, istisno tarzida eriganda barqarorligi kamaymaydigan muzlagan gruntlarda ruxsat etiladi.
10.15-rasm. Qazilayotgan yuzani tо‘liq ochish usuli bilan tonnel qurish sxemasi
Qazilayotgan yuzani tо‘liq ochish usuli. Bu usulning (10.15-rasm) mohiyati shundaki, tonnel kesimi tо‘laligicha biryо‘la о‘tish bо‘lagi uzunligicha qazilib, sо‘ngra qazilayotgan joydan katta uzunlikda qoplama 2 quriladi.Shpurlar 1 ni burg‘ilash ramasi 5 da turib qaziladi. Portlatilgan grunt ortish mashinasi 4 bilan katta hajmdagi vagonetkalar 3 yoki avtoо‘ziag‘dargichlarga ortiladi. Burg‘ilash ramalari burg‘ilovchilar xavfsizligini ta’minlovchi pо‘lat ayvonchalar bilan jihozlangan bо‘lishi zarur.
Qazilayotgan yuzani о‘ziyurar burg‘ilash qurilmalari bilan ham burg‘ilash mumkin.
Tonnellarni yuzani tо‘liq ochish usulida qazish uchun sun’iy bо‘shliq kesimiga qarab, quyidagi asbob-anjomlar komplektlari ishlab chiqilgan .
Kо‘ndalang kesimi yuzasi 30 m2 dan katta bо‘lgan tonnellar qazishda gruntni tо‘plash uchun buldozeri ishlatiladi.
Transport tonnellari qurilishida shpurlar burg‘ilash uchun gusenitsali о‘ziyurar SBU-2k, SBU-2m va relsli BUR-2 va BKG-2 qurilmalari, hamda Moskva mexanik zavodining PBA turdagi portal burg‘ilash agregatlari keng tarqalgan.
Temir yо‘l tonnellarini qazishda transport uzluksiz harakatini ta’minlaydigan PBA-2 turdagi agregatlar eng qulaydir.
Yuzani tо‘la ochish usulning afzalligi katta ish unumdorligiga ega asbob-anjomlardan foydalanib, yuqori о‘tish tezligini ta’minlashdan iborat.
Usulning kamchiliklari – tonnel trassasi bо‘yicha oldindan geologik qidiruv ishlari bajarish zarurligi va bitta qazish yuzasi mavjudligi tufayli PM sarfi kо‘pligi.
Yuzani tо‘liq ochish usulida uzunligi 300 metrdan kam bо‘lmagan tonnellar qaziladi. Kesimi 90 m2 gacha bо‘lgan, mustahkam gruntga quriladigan temiryо‘l, avtoyо‘l va gidrotexnik tonnellarning kо‘pchiligi shu usulda qaziladi.
Qabul qilingan ishlarni tashkil qilish va kompleks mexanizatsiyalash sxemasi asosida tonnel qazish siklogrammasi tuziladi. Ish tashkil qilishni shunday ta’minlash zarurki, bir ish smenasi davomida butun sikl bajarilsin (bir yoki bir nechta). Shunda ish jarayonda mо‘tadillashadi va smenalar bо‘yicha bajarilgan ish hisobini olib borish osonlashadi.
Nam, seryoriq, uncha turg‘un bо‘lmagan, mustahkamlik koeffitsiyenti f 2 dan 5 gacha bо‘lgan gruntlarda qazilayotgan yuzani tо‘la ochish usulida tonnel qurishda pо‘lat quvurlar 1 dan yasalgan himoya ilgarilovchi gumbaz (ekran) dan foydalanish mumkin (10.16-rasm). Pо‘lat quvurlar tonnel о‘qi bо‘yicha gumbaz ustida zarur hollarda esa sun’iy bо‘shliq konturi bо‘yicha ham burg‘ilanadigan quduqchalarga о‘rnatiladi.
Uzunligi 30 metrgacha bо‘lgan buzilgan grunt sharoitlarida (yer qatlami yorilgan zonasi) tonnel bо‘laklarini qazishda ham shunday sxema qabul qilinadi. Bu holda, buzilgan grunt zonasidan о‘tadigan tonnel bо‘lagini qazishdan oldin, uning oldidagi mustahkam qoyatoshda quduqcha burg‘ilash, quduqchalarga quvurlar 1 о‘rnatish va qorishma yuborish asbob-anjomlari 3 о‘rnatilgan rama 2 ni joylashtirish uchun mо‘ljallangan maxsus kamera quriladi. Quvurlar tonnel qoplamasi tashqi konturi bо‘yicha bitta burg‘ilash mashinasi bilan buzilgan grunt zonasining butun uzunligida muhofaza ekrani hosil qilib joylashtiriladi.
Uzunligi 30 metrdan kо‘p bо‘lgan buzilgan grunt zonalarini qazishda tonneldan alohida bо‘laklarda (ya’ni, bir necha qurilmalar yordamida), tonnel bо‘ylama о‘qiga nisbatan 4° qiyalikda quduqchalar burg‘ilanadi. Bunda burg‘ilangan gumbaz quvurlarining uchi keyingi bо‘lakni 1 metrdan 4 metrgacha bо‘lgan masofa l0 da yopishi kerak. Muayyan muhandis-geologik sharoitlar va tog‘ bosimiga qarab, quvurlardan yasaladigan ilgarilovchi muhofaza gumbazning turli konstruksiyalari qо‘llaniladi.
Odatda bunday gumbazlar oldindan burg‘ilangan quduqchalarga kirgiziladigan metall quvurlardan tayyorlanadi.
Gumbaz quvurlariga sement-qum qorishmasi yuborilgandan sо‘ng, ularni о‘rab turgan grunt bilan zich muvozanatini ta’minlash va tutash himoya ekrani hosil qilish uchun perforatsiyalanib tayyorlanadi.
Grunt massivining turg‘unligini oshirish maqsadida perforatsiyalangan quvurlarga sement-qum qorishmasi о‘rniga о‘rab turgan tuproq mustahkamlanishiga yordam beruvchi turli kimyoviy qorishmalar yuborish mumkin. Tonnel qazish jarayonida sun’iy bо‘shliq qazilayotgan joyi olg‘a siljishiga qarab gumbaz quvurlarini belbog‘li metall arkalar 4 (10.16-rasm) yoki arkali beton mustahkamlash inshootlari bilan ushlab turish zarur bо‘lib, ular himoyasida keyinchalik tonnel qoplamasi quriladi. Quvurli ilgarilovchi gumbaz yordamida tonnel qazishda, qazilayotgan yuzani zarur hollarda 3-8 sm qalinlikdagi sachratmabeton bilan mustahkamlash lozim. ,
Bundan tashqari, tonnel qazish tajribasida uncha turg‘un bо‘lmagan yarim qoyatosh gruntlarda ilgarilovchi mustahkamlash inshooti sifatida oldindan biroz qiya (tonnel bо‘ylama о‘qiga nisbatan 5-6°) burg‘ilangan shpurlarga, qazishdan oldin ankerlarо‘rnatiladi. Ularning uzunligi odatda 3,5-4,0 metrdan 8-10 metrgacha bо‘ladi, va qazilayotgan joyga taqab, bir-biridan 0,5-1,5 m masofada о‘rnatiladigan metall arkalarga tiraladi.
|
| |