|
X bob uchun nazorat savollari
|
bet | 64/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docxX bob uchun nazorat savollari
1. Tonnellarni qurish usullari bosqichlari nimalardan iborat?
2. Qalqon usulida tonnel qurish texnologiyasining mohiyati nimalarga bog’liq?
3. Tonnel qurilishida “Gruntdagi devor” usulining asosiy fazalari nimalardan iborat?
4. Mustahkam bo’lmagan gruntlarda tonnel sun’iy bo’shlig’ini vaqtinchalik mustahkamlash vazifalari qanday?
5. “Sachratma-beton” usulida qanday mashina va mexanizmlardan foydalaniladi?
6. Barqaror gruntlarda tonnel qurish usullarini aytib bering?
XI BOB. TONNELLAR EKSPLUATATSION ISHONCHLILIGI XAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
11.1. Tonnel ekspluatatsion ishonchliligi haqida asosiy tushuncha va iboralar. Tonnelli kesishuv va uning texnik darajasi
Tranport tonnelining ekspluatatsion ishonchliligi – bu unga yuklangan vazifalarni uzoq vaqt davomida (150 yilgacha), ma’lum sharoitlarda о‘zlarining texnik tavsiflarini о‘rnatilgan darajada saqlagan holda bajarilishidan iborat. Tonnellarga yuklatilgan asosiy vazifalarga – berilgan parametrlardagi yuk va yо‘lovchi tashish trnapsortini, tonnelni kesishuv bо‘lagida о‘rnatilgan о‘tkazish qobiliyatini saqlagan holda xavfsiz va tо‘xtovsiz о‘tkazish kiradi.
Inshoot ishonchlilik darajasini aniqlovchi asosiy tushunchalar – bu ishlash imkoniyati va ishdan chiqishdir.
Ishlash imkoniyati (ishga layoqatli holat) – bu obyektning berilgan vazifalarni bajara olish qobiliyatini tavsiflovchi barcha kо‘rsatmalar miqdorlari normativ-texnik yoki loyiha hujjatlari talablariga mos keluvchi holatidir. Boshqacha aytanda, ishga layoqatsizlik – bu obyektning berilgan vazifalarni bajara olish qobidiyatini tavsiyalovchi bitta bо‘lsa ham kо‘rsatgichi normativ-texnik yoki loyiha hujjatlariga mos kelmaydigan holatidir. Murakkab va katta uzunlikdagi obyektlar uchun ishga layoqatsizlik holatlari bо‘lishi mumkin. Bunda kо‘p sonli ishga layoqatsizlik holatlaridan, obyekt talab qilingan vazifalarni qisman bajara oladigan qisman ishga layoqatsizlik holatlari ajratib olinadi.
Tonnelni saqlash joriy, profilaktika va ta’mirlash ishlarini nazorat va tahlil qilishni kо‘zda tutadi. Tonnelni ekspluatatsiya jarayonida munosib saqlash, barcha tonnel konstruksiyalari turkumlari va qurilmalarining, inshrrt butun hayotiy qismi davrida ishga layoqatligini saqlagan holda avariyasiz va havfsiz faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi.
Ekspluatatsiyaga topshirishda tonnelli kesishuvning texnik darajasi, uni xavfsiz ekspluatatsiya qilishni qandaydir cheklashlar va ta’mirlash tadbirlari bajarish zaruriyati ta’minlovchi barcha meyoriy talablarga tо‘la mos kelishi kerak. Agar tashqi ta’sirlar natijasda inshootda va uning ayrim qismlarida ishdan chiqishlar rо‘y bersalar, tonnelli kesishuvning texnik darajasi kamayadi. Bu holda inshootni ekspluatatsiya qilishni davom ettirish uchun tegishli cheklashlar (trasport harakati tezligini, tashilayotgan yuk о‘lchovini va b.) joriy qilish yohud kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari bajarish talab qilinadi.
11.2. Tonnelli kesishuvning gidrogeologik sharoitlari. Tonnel ekspluatatsion ishonchligiga konstruktiv yechimlar, qurilish va ekspluatatsiya jarayonlarining ta’siri
Tonnel qazish ishlari jarayonida tog‘ massivining gidrogeologik sharoitlari sezilarli о‘zgaradilar. Agar tonnel talab darajasida suvdan himoyalangan bо‘lmasa, u tog‘ jinslarini kesib borib va о‘ziga yer osti suvlari oqimini va jadal sizib о‘tishini qabul qilib, о‘ziga hos drenaj inshootiga aylanib qoladi.
Tonnel suvlanishini ishonchli prognoz qilish uchun suv о‘tkazgich sathlarining suv bilan ta’minlanishi, yer osti sun’iy bо‘shlig‘iga suv tushish yо‘llari, qurilgan inshoot ta’siri ostida gidrogeologik sharoitlarning о‘zgarishi mumkinligi haqida ma’lumotlarga ega bо‘lish zarur.
Tonnel trassasi bо‘ylab tog‘ massivining suvlanganligini quyidagi omillar, ya’ni tonnel joylashish hududining iqlim sharoitlari, gidrografiyasi, relyefi, tektonikasi, tog‘ jinslarining yemirilish va parstlanish darajasi va harakteri aniqlaydilar.
Tonnel joylashish hududining iqlim sharoitlari: о‘rtacha yillik yog‘ingarchilik, ularni tushish harakteri (sel, shuningdek, jadal yoki sekin qor erishi), bug‘lanish.
Tonnel joylashish hududining gidrografiyasi: daryolar, soylar, yо‘llar, suv omborlari mavjudligi va joylashuvi, hududnig botqoqlanganligi.
Tonnel joylashish hududining relyefi: keskin bо‘lingan relyefda yog‘ingarchilik suvlarining asosiy massasi yer yuzi oqimiga ketib, faqat kichik qismigina – yer ostiga sizib kiradi. Bundan tashqari, chuqur erozion kesimlar suv о‘tkazgich garizontlardan suv chiqish yuzasini kamaytirib, ularni suv bilan ta’minlashni qiyinlashtiradilar:
tonnel joylashish hududining tektonikasi mavjul hududda regional yoki lokal tektonik buzilishlar mavjudligi yoki yо‘qligi, qoyatosh jinslar yoriqliligi darajasi va xarakterini ifodalaydi;
loyihalanayotgan tonnelga nisbatan yotig‘iga va chuqurligi bо‘yicha tog‘ jinslarining shamoldan yemirilish va karstlanish darajasi va xarakteri.
Tonnel inshootlariga nisbatan suvо‘tkazish sathlarining quyidagi asosiy turlarini qayd etish mumkin:
qatlam suvlari (artezian suvlari kabi); yoriqlardagi suvlar; -karst suvlari; grunt suvlari.
Qatlam suvlari, odatda, aniq namoyon bо‘luvchi sizilish hususiyatlariga yega ma’lum litologik о‘zgarishlar yoki qatlamlar kompleksida joylashgan bо‘lib, bu suvо‘tkazuvchi sathning fazoda joylashuvini gidrogeologik kartalar va kesimlar bо‘yicha yengil aniqlash mumkin.
Karst suvlari suvda yeruvchi tog‘ chinslari (ohaktoshlar, gipslar, dolomitlar, tosh va kaliy tuzlari) da uchraydilar. Odatda ular yirik g‘ovaklarda joylashib, haqiqiy yer osti daryolari va kо‘llari hosil qiladilar. Shunga kо‘ra, bu suvlarning harakatlanish qonuniyatlari yer osti suvlanishiga kо‘ra yer yuzi suvlari oqimiga yaqinroqdir.
Karst g‘ovaklarining rivojlanishiga olib keluvchi omillar – bu tog‘ jinslarining kuchli yoriqliligi, ularning eruvchanlik darajasi (yengil eruvchi – tosh va kaliy tuzlari, о‘rtacha eruvchi – gips va angidrit, yomon eruvchi – ohaktosh va dolomit), yer osti suvlarining yuqori darajadagi harakat tezligidir.
Grunt suvlari, odatda, ravoqoldi bо‘laklarida uchraydilar. Bunday suvlar kulsimon-tuproqli tarkibga, kichik suv qabul qilish va chiqarish qobiliyatiga ega delyuvial qatlamli gruntlarda joylashgan bо‘ladilar. Ularnig tarkibi doimiy bо‘lib, yog‘ingarchilik va qor yog‘ishiga bog‘liq. Bunday suvlarning tonnelga oqib kirishi havotirli emas, ammo tonnelni о‘rab turgan delyuvial gruntlar suvlanishi natijasida surilish jarayoni jadallashishi mumkin.
Yer osti suvlari, odatda, gruntlar mustaxkamligi va ustivorligini pasaytiradi. Masalan, mergellar, tuproqlar va qumlar kabi gruntlar, suvlanganda mustahkamligini yо‘qotadi. Tonnellarni ekspluatatsiya qilish tajribasi shuni kо‘rsatadiki, konstruksiyada hosil bо‘luvchi kо‘pchilik nuqsonlar suvning tonnel inshooti va uni о‘rab turgan grunt bilan о‘zaro ta’siri natijasida rо‘y beradi. Buning oqibatida gruntlar va qoplama betoni sement toshining ishqorlanishi va yuvilishi, beton va armatura zanglashi, gidroizolyatsiya qoplamasining buzilishi va boshqalar sodir bо‘ladilar.
Tonnelli kesishuvning konstruktiv tavsiflari quyidagilardan iborat:
parallel tonellar soni;
tonnel kо‘ndalang kesilishining kо‘rinishi;
tonnelni reja va kesimda joylashuvi;
tonnel qoplamasi ravoqlar va taxmonlarning ashyolari va konstruktiv yechimlari;
tonnelning suvdan himoyalanganligi, suvchetlatish va boshqa qurilmalari.
Tonnel ekspluatatsion ishonchliligi qoplama kо‘ndalang kesimining kо‘rinishi hal qiluvchi ta’sir kо‘rsatadi. Jumladan, hozirgacha, avtoyо‘l va temiryо‘l tonellari va qoplamalari yaxlit betondan tog‘ usulida qurilib, kesimlari an’anaviy taqasimon kо‘rinishga ega edilar. Bunday qoplamalar uzunligi bо‘yicha kо‘p sonli taxmon va kameralar bilan kesishgan bо‘lib, bu ulanish joylarida yoriqlar paydo bо‘lishi tonnelga suv oqib kirishini jadallashtiradi. Tonnel qoplamalari kо‘ndalang kesimlarining samaradorligini oshirish katta diamertdagi aylana kо‘rinishdagi va ovalsimon kesimdagi katta oraliqli egri chiziqli devorlarga ega qoplamalarni qо‘llashdir. Bunday qoplamalar tonnel qazish jarayonida sun’iy bо‘shliq ustivorligini, konstruksiyaning turlicha muhandis-geologik sharoitlarda samarali ishlashini ta’minlaydi.
Tonnel trassasi profilining о‘ziga hosligi tonnel bо‘ylab harakat tezligiga va shamollatish masalalarini hal etishga ta’sir qiladi. Bir og‘ishli tonnellarni tabiiy shamollatish mumkin. Ammo, ularda qish paytida muzlanish hosil bо‘lib, yozda iliq havo kirishi natijasida bu muzlar tez eriydi. Egriltilardagi ikki og‘ishli tonnellarda tabiiy shamollatish yomon ishlaydi. Shuning uchun ular shamollatish turkumlari qurishni talab qiladilar.
Tonnel ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlashda tonnelga suv kirishining mumkinligini mukammal о‘rganish va prognoz qilish katta ahamiyatga ega. Bu о‘rganish va prognoz qilishlarning kamchiligi tonnel uzunligi bо‘ylab drenaj va suvchetlatish kurilmalarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqishda xato loyihaviy yechimlarga olib keladi. Suv chetlatish turkumining samarasiz ishlashi foydalanilayotgan tonnelda hosil bо‘luvchi suv oqib kirishlari va muzlashlar bilan kurashish uchun sarflanadigan katta miqdordagi xarajatlarga olib keladi.
Tonnel ekspluatatsion ishonchliligini qurilish sifatining pastligi tufayli hosil bо‘luvchi ishlab chiqarish nuqsonlari pasaytiradilar. Tonnellar qurilish ishlari sifati, qurilish jarayonida olingan inshoot va uning qismlari parametrlarining loyihada, qurilish normalari va qoidalarida, standartlar, texnik reglamentlar va boshqa normativ hujjatlar о‘rnatilgan talablarga mos kelishi bilan aniqlanadi.
Tonnelni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini quyidagi loyihadan chetlanishlar qiyinlashtiradilar:
buzg‘ilash-portlatish usulida tonnel qazishda ba’zi bо‘laklarda qoplama perimetri bо‘yicha sezilarli darajada ortiqcha grunt qazishlar kuchlanishlar konsentratsiyasi va qoplamada yoriqlar hosil bо‘lishiga olib keladi;
yig‘ma qoplamalarning aylana kо‘rinishdan og‘ishlari (xalqalar ellipsligi) ular yuk kо‘tarish qobiliyatini pasaytiradi;
qoplama ortida g‘ovaklar mavjudligi geologik omillar (karst hosil bо‘lishlari, eruvchi gruntlar va b.) va qoplama ortiga sement-qum yuborish sifatiga bog‘liq bо‘lib, ular beton qoplamada sinib tushishlar va jadal yoriq hosil bо‘lishiga olib keladilar;
qoplamani betonlash jarayonidagi tanaffuslarda hosil bо‘luvchi “sovuq choklar” qoplama orqali suv kiirishiga sabab bо‘ladilar. Betonlashda texnologik tanaffuslar mavjud hollarda, suv mavjud bо‘lganda shishadigan “shponkalar” yoki zichlashtiruvchi pastliklardan foydalanib, kerakli choklarni germitizatsiya qilishni kо‘zda tutish zarur.
Tonnelni ekspluatatsiya qilish tartibi temir yо‘l magistrallaridagi tortish turi, poyezdlar va avtoyо‘l tonnellaridagi avtotransport harakati jadalligi, о‘rnatilgan harakat tezligi va boshqalardan tashkil topib, bu omillar butun inshootning ish sharoiti va uning texnik holatiga ta’sir kо‘rsatadi. Jumladan, ichki yonish dvigatellaridan chiquvchi gazlar betonga zararli ta’sir kо‘rsatib, uning kimyoviy parchalanishi va asta-sekin qatlamlab buzilishiga olib keladilar.
Tonnellardagi degradatsion jarayonlar tezligi nafaqt poyezdlar va avtotransport harakati tezligi va jadalligiga, shuningdek bu jarayonlarni chuqurlashtiruvchi quyidagi omillarga bog‘liq:
konstruksiyaga suv kirishi va tonnel havosining ortiqcha namlanishi;
tonnelni qoniqarsiz shamollatish;
nuqsonlarning о‘z vaqtida yо‘qotilmasligi;
Nuqsonlarni yо‘qotish ishlari, suvchiqarish va quritish tadbirlari va qurilmalarni texnik ta’minotining о‘z vaqtida bajarilmasligi.
11.3. Tonnellarni qurish va ekspluatatsiya qilishdagi avariya holatlari va risk tahlilining asoslari. Risk tahlilining asosiy aspektlari. Riskning miqdoriy tahlili
Transport tonnellari uzoq muddatda ekspluatatsion talablarni qoniqtirishlari lozim. Vaqt bо‘yicha qurilish sifatli bajariladigan hollarda, ekspluatatsiya davrining birinchi 5-10 yili davomida konstruksiya va ta’minlovchi turkumlarning hech qanday muhim nuqsonlari paydo bо‘maydi. Keyingi yillarda geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitlari tufayli paydo bо‘luvchi turli buzilishlar kuzatiladi. Turli manbalarga kо‘ra, ekspluatatsiyaning 25-30yillariga kelib о‘rganish, loyihalash va qurilishning hatolari kо‘rina boshlab, konstruksiyalarda va ularni о‘rab turgan grunt massivida degradatsion jarayonlar avj oladi.
Tonnel ekspluatatsion ishonchliligining buzilishlari xavfsiz ekspluatatsiya qilish shartlariga rioya qilinmagan, ya’ni konstruksiya va qurilmalar (qoplamalar, ravoqlar, drenaj va subyeklanish qurilmalari, qatnov qismi, ekspluatatsiya qilish jihozlari) ning nuqsonlari aniqlanmagan va о‘z vaqtida ta’mirlash ishlari bajarilmagan hollarda paydo bо‘lishi mumkin. Bunday hollarda avariyaga olib keluvchi holatlar paydo bо‘lish ehtimoli oshadi. Tabiiy ofatlar (yer qimirlash, kо‘chish va siljishlar va b.) natijasida kutilmagan buzilishlar va shikastlanishlar kо‘rinishlaridagi avariya hosil bо‘lishi mumkin.
Avariya holatlari tonnelning quyidagi bо‘laklarida sodir bо‘lishlari mumkin:
ravoqoldi zonasida;
tonnel uzunligi bо‘yicha istalgan joyda;
yuk kо‘taruvchi konstruksiyalarning uzoq davom etgan zanglash, buzilish va deformatsiyalanish degradatsion jarayonlari sodir bо‘lgan bо‘laklarida;
konstruksiyalarni muz bosgan, drenaj va suvо‘tkazgich qurilmalari muzlagan, qatnov qismlari muz bilan qoplangan joylarda.
Ekspluatatsiya qilinayotgan tonnellarda sodir bо‘luvchi eng kо‘p tarqalgan avariyalar turlari quyidagilardan iborat:
tonnel qoplamalarining buzilishi va deformatsiyalanishi, unga о‘rab turgan gruntning ag‘darilishi;
ravoqlar va ravoqoldi о‘yiqlarining buzilishlari;
shamollatish, drenaj, servis va evakuatsiya sun’iy bо‘shliqlarining buzilishlari;
transport vositalarining tо‘qnashuvi, konstruksiyaga urilishi, ekspluatatsion asbob-anjomlarning ishdan chiqishiga olib keluvchi harakat xavfsizligi sharoitlarining buzilishi;
tonnel ichki atmosferasini gaz bosishi;
tonnel ichida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan yong‘in va portlashlar.
Ekspluatatsiya qilinayotgan tonnellarda avariyalar foydalanishning qisman yoki tо‘la toxtatilishi, iqtisodiy zararlar, harakat tezligi va jadalligining cheklanishi bilan bog‘liqdir. Bu narsa transport tonnellarini ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishni talab qiladi. Ammo, ishonchlilik nazariyasi, avariya holati sodir bо‘lishi imkoniyatiga qaraydi, avariya sabab bо‘luvchi nuqsonlarni tahlil qilishdan kelib chiqib, uning paydo bо‘lish imkoniyatlarini о‘rgatadi. Avariya oqibatida kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zarur miqdorini prognoz qilish va baholash faqtgina riskning tahlili natijasida aniqlanishi mumkin. Bu texnik yechimlar qabul qilish uchun tо‘g‘ri keluvchi risk darajasini asoslash imkonini beradi.
Risk tahlilining asosini sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan avariya holatlarining ssenariyalari tashkil etadi. Bu tahlil qiluvchi ssenariyalar soni qabul qilingan konstruktiv-texnologik yechimlarning yangiligi, о‘tkazilgan muhandis-geologik о‘rganishlarning tо‘laligi, barcha izlanish, loyihalash va qurilish bosqichlaridagi turli darajadagi bajaruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, loyihani inshootni ekspluatatsiya qilish davriga ham tadbiq etish bilan boliq.
Transport tonnellarini qurish va ekspluatatsiya qilishda risk shu holda qabul qilinadiki, agar qabul qilinayotgan risk darajasi shunchalik kichik bо‘lmasin, buyurtmachi ekspluatatsiya davrida samarali kо‘rsatgichlarga ega bо‘lish maqsadida bu riskka borishga rozi bо‘ladi.
Miqdoriy tahlil matematik statistika va ehtimollik nazariyasi usullariga asoslanib, mavjud statistik ma’lumotlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda riskning matematik kо‘rinishini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
P = n / N
bu yerda:– xavfning noqulay paydo bо‘lishlari soni;– ma’lum vaqt davomida rо‘y berishi mumkin bо‘lgan xavfning noqulay paydo bо‘lishlari soni.
Risk qaytirilishini ehtimollik-statistik baholash uchun, transportdagi avariyalar bilan bog‘liq bо‘lan har bir holatni, tegishli xulosalar chiqarilgan va zarur tartiblar aniqlangan о‘rganish materiallaridan foydalanish mumkin.
Sifat tahlili xavflarni tahlil qilish va ekspert baholashning sifat usullarini qо‘llashni kо‘zda tutadi.
Risk oqibatlari (qanday oqibatlar rо‘y berishi mumkin?) ning tahlili quyidagilarni aniqlaydi:
minimal vaqt, ashyoviy va mablag‘ sarfi bilan tuzatiladigan oqibatlar;
buyurtmachi imkoniyatlariga mls keluvchi harajatlar bilan tuzatiladigan oqibatlar;
ekologik, sotsial va texnogen omillar bilan bog‘liq tuzalmaydigan oqibatlar.
Riskning tо‘la tahlili asosida qaralayotgan holatga mos keluvchi risk darajasi aniqlanadi. Bu kо‘rsatgichni noma’qul hodisadan kutilayotgan zarar miqdorining matematik kо‘rinishi sifatida ifodalash mumkin.
Aniqlangan risk darajasi asosida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan zararni bartaraf etish, javobgarlikni loyihachilar, quruvchilar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar orasida taqsimlash bо‘yicha tadbir va takliflar ishlab chiqiladi.Barcha risklarni boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bо‘lish mumkin.
Boshqarilmayligan risklarga vaqtinchalik iqtisodiy va siyosiy barqarorsizlik tufayli sodir bо‘lgan risklar kirib, ularni bartaraf etish yoki kerakli darajagacha pasaytirish mumkin emas. Shuning uchun ularni mablag‘ bilan ta’minlash zarur.
11.4. Tonnelni ekspluatatsiyaga topshirishdagi zarur hujjatlar
Qurilishi yakunlangan tonnelni qabul ekspluatatsiyaga ikki bosqichda qabul qiladi. Birinchi bosqichda qabul ishchi va muassasaviy komissiyalar tomonidan, yakuniy bosqichda esa – Davlat qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki va muassasaviy qabul komissiyalari tarkibi, ish tartibi va muddatlarini byurtmachi bosh pudratchi bilan kelishilgan holda aniqlaydi. Ichki komissiyani byurtmachi bosh pudratcha yozma tarzda obyekt topshirishga tayyorgarligini habar qilgandan sо‘ng tayinlaydi.
Davlat qabul komissiyalari hududiy arminstrativ organ tomonidan buyurtmachining murojaatiga asosan tayinlaydi. Davlat qabul komissiyasi tarkibiga buyurtmachi, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, bosh loyihalovchi, davlat nazorat organlari (sanitar, yong‘in, ekologik, tog‘-texnik), kasaba uyushmalari mehnatni texnik nazorat qilish, fuqaro muhofazasi va bashqa tashkilotlar vakillari kiritiladilar.
Har bir ekspluatatsiyaga topshirilayotgan tonnelga qurilish tashkiloti tomonidan byurtmachiga topshiriladigan quyidagi texnik hujjatlar tayyorlanadi:
tasdiqlangan loyiha-smetaviy hujjatlar;
qurilish jarayonida yо‘l qо‘yilgan tasdiqlangan loyihalarga о‘zgartishlar va chetlanishlarni -rasmiylashtirish va kelishuvi haqidagi hujjatlar;
tonnel ustidagi va unga kirishdagi yerlarni ajratish tasmasining -rasmiylashtirilgan rejasi;
bajarish chizmalari;
1:500 yoki 1:1000 masshtabdagi, tonnel о‘qi va yer yuzi suvchetlatish qurilmalari kо‘rsatilgan, tonnel usti yuzasi va ravoqoldi о‘yig‘ining gorizontallaridagi rejasi;
Bajarish chizmalaridagi tonnel о‘qi bо‘ylab muhandis –geologik kesimda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladilar:
tonnel uzunligi bо‘yicha bо‘yicha piketlash;
grunt massivining muhandis-geologik tavsiflari, tektonik buzilishlar, yoriqlar va siljish tekisliklari joylari, tonnelning har bir 100 metrida har bir qatlamdan olingan namunalarni sinashlarga asoslangan gruntlarning fizik-mexanik hususiyatlari;
ochilgan grunt massivlarining gidrogeologik tavsifi, yer osti suvlari chiqish joylarining pastlanishlar ularning debiti, har bir qazilayotgan joydan oyiga ikki marta olingan suv kimyoviy tahlilining natijalari.
Tonnel ravoq konstruksiyalarining bajarish chizmalarida quyidagilar aks ettiriladi:
ravoqoldi va ravoq usti suv chetlatish qurilmalari;
ravoqoldi о‘yiqlari yon qiyaliklarini mustahkamlash inshooti;
ravoqoldi о‘yig‘i rо‘para qiyaligini mustahkamlash inshooti;
ravoq fasad qismida о‘rnatiladigan geodezik reperning joylashuvi va absolyut belgisi;
ravoqoldi о‘yiqlaridagi tirgovich devorlar konstruksiyalari chizmalari.
Tonnel qoplamasining bajarish chizmalari quyidagilarni aks ettiradi:
tonnelning bо‘ylama kesimi;
tonnel qoplamasining loyihaviy holatdan chetlanishlar kо‘rsatilgan kо‘ndalang kesimi;
tonnelning yurish qismi sathidagi tahmon va kameralar joylashuvi kо‘rsatilgan rejasi;
suvchetlatish lotoklari va drenaj qurilmalarining bо‘ylama profillari va kо‘ndalang kesimlari;
tonnel gabaritini tekshirishlar haqida ma’lumotlar.
Qurilish jarayonidagi yopiluvchi ishlar aktlarida quyidagilar aks ettirlgan bо‘lishi zarur:
tonnel poydevorlar asoslarining joylashuv sathi va о‘lchamlari;
tonnel qoplamasi gumbazi, asos qismlari va teskazi gumbazining qalinliklari;
har bir qoplama halqasi (о‘tish bо‘lagi) bо‘yicha armatura о‘rnatish bо‘yicha yopiluvchi ishlarni qabul qilish aktlari;
Namtо‘sqich (gidroizolyatsiya) о‘rnatish ishlarini qabul qilish bо‘yicha aktlar va b.
Qо‘llanilgan materiallar sifatini tavsiflovchi hujjatlarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
qо‘llanilgan materiallarning loyihaga va texnik shartlarga mosligi;
sement markasi va nomi, qum, sheben, graviyning karyeri kо‘rsatilgan yiriklik moduli;
Tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish aktida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim:
tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish komissiyasining tarkibi va qabul qilish asosi; -tonnelni qurish jarayonining tavsifi;
tonnelning asosiy geometrik parametrlari;
tonnel qoplamasi uchun ishlatilgan iateriallar tavsifi;
tonnel ichi va ustidagi suvchetlatish qurilmalari, tonnel qatnov qismi, ton eldagi elektr ta’minot, shamollatish, signalizatsiya va aloqa;
tonnel suv kirishi, aniqlangan nuqsonlar, ishlarni chala bajarilganligi va ularni bartaraf etish muddatlari. Tonnelni ekspluatatsiyaga qabul qilish akti faqtgina unda barcha a’zolarining imzolari mavjud bо‘lganda haqiqiy hisoblanadi. Aktni komissiyani tayinlagan organ tasdiqlaydi. Agar obyektning ekspluatatsiyaga noloyiqligi aniqlansa, u holda komissiya bu haqda komissiyani tayingalan organga, byurtmachiga, bosh pudratchi va bosh loyihachiga bu haqda asoslangan xulosa taqdim etishi lozim.
11.5. Ekspluatatsiya qilinayotgan tonnellar texnik hujjatlari. Tonnel qoplamalarini ekspluatatsiya qilishda qurilish ishlari
Har bir ekspluatatsiya qilinayotgan tonnel uchun quyidagi texnik hujjatlar -rasmiylashtirilgan bо‘lishlari zarur:
tonnel pasporti;
tonnel kartochkasi;
tonnel kitobi;
sun’iy inshoot ishi.
Tonnel pasporti tonnelni ekspluatatsion nazorat qilish uchun zarkr bо‘lgan, bosh pudratchidan qabul qilib olingan texnik hujjatning asosiy ma’lumotlaridan tashkil topgan. Bu hajjatlar quyidagilardan iborat:
geologik kesim;
qoplama turlari, halqalar raqami; kо‘rsatilgan tonnelning bо‘ylama profili;
muhandis-geologik va gidrogeologik sharoitlarning qisqacha tafsifi;
tonnel usti yuzasi va unga kirish bо‘laklari rejasi;
subyektlanish qurilmalari, signalizatsiya, xabar berish, yoritish va shamollatish qurilmalari haqida ma’lumotlar.
Kelajakda tonnel pasportiga uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish natijasida hosil bо‘lgan о‘zgartishlar kiritiladilar.
Tonnel kartochkasi inshoot haqidagi asosiy texnik tavsiflar va ma’lumotlardan tashkil topadi. Uni tonnel ustasi о‘rnatilgan formula bо‘yicha inshootning mavjud holati bilan solishtirilgan texnik hujjatlar ma’lumotlari asosida tо‘ldiriladi. Kartochka tо‘ldirilishining tо‘g‘riligi tonnelni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbarlari tomonidan nazorat qilinadi va tasdiqlanadi. Tonnel kartochkasi uch nushada tо‘ldirilib, burinchisi tonnel ustasida, ikkinchisi tonnelni eksplutatsiya qilish tashkilotida, uchinchisi avtomobil va temir yо‘lni ekspluatatsiya qilish uchun mutasaddi Respublika muassasasida (masalan “О‘zavtoyо‘l” DAK, “О‘zbekiston temir yо‘llari” DAK).
Har yil ohirida tonnel ustasi tomonidan tonnel kartochkasiga yil davomida о‘tkazilgan ta’mirlash-tuzatish ishlari natijasida hosil bо‘lgan о‘zgartishlar kiritiladilar. Shuningdek, pasport kartochkasiga tonnelning kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilishdan sо‘ng texnik kо‘rsatgichlari aniqlanib kiritiladilar.
Tonnel kitobi – tonnel holati haqidagi ma’lumot kiritilib beruvchi eng muhim texnik hajjatdir. Unda tonnelni kesishuvga kiruvchi barcha inshoot va qurilmalarning joriy holati, shuningdek, nazorat natijalari va bajarilayotgan ta’mirlash-tuzatish ishlarining maqsadga muvofiqligi qayd etib boriladi. Tonnel kitobi uzunligi 100m va undan katta bо‘lgan har bir tonnel uchun alohida, shuningdek boshqa sun’iy inshootlar uchun – bitta yoki bо‘laklar bо‘yicha bir nechta tonnel kitoblari tutiladi.
Harakat tezligini chegarash tadbirlari bо‘yicha uining sabablari, muddatlar va bu chegaralanishlarni olish uchun о‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumotlar.
Tonnel kitobidagi “Devorlar, gumbazlar va ravoqlar” blankidagi qanday ma’lumotlar keltiriladilar:
tonnel devorlari, gumbazlari, ravoqlarini qо‘rishdan о‘tkazishda aniqlangan shikastlanish va buzilishlarning batafsil tavsiri:
ilgari bajarilgan kо‘rikdan о‘tkazishlarda aniqlangan nosozliklarning holatlari va bajarilgan tuzatishlar tavsiloti;
bajarilishi zarur bо‘lgan ta’mirlash ishlari va hajmlari.
Tonnel kitobidagi “Tonnel ichida suv qochishi va qurilmalar” blankida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladilar:
suv chetlatish lotoklari, drenajlar, yо‘laklar, galereyalar, quduqlar, ravoqoldi о‘yiqlari, tonnel usti yuzasi, shamollatish kollektorlari, shaxta naylarining kо‘rikdan о‘tkazish natijalari,
ilgari bajarilgan kо‘rikdan о‘tkazishlarda aniqlangan nosozliklarning holatlari va bajarilgan tuzatishlar tafsiloti;
bajarilishi zarur bо‘lgan ta’mirlash-tuzatish ishlari va hajmlari.
Tonnel kitobidagi “qatnov qismi va gabaritni tekshirish” blankida qatnov qismi va о‘tish gabaritini tekshirishning natijalari belgilanadilar. Tonnel qoplamasi kо‘rinishining rо‘y bergan barcha о‘zgarishlari tegishli tonnel halqalarining kо‘ndalang kesimlari chizmalarida kо‘rsatiladilar.
Tonnel kitobidagi “Ta’mirlash va qurilish ishlari” blankidagi tonnelni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yoki jalb qilingan maxsus qurilish tashkiloti tomonidan bajarilgan barcha tonnelni ta’mirlash va qurilish ishlari aks ettiriladilar.
Tonnel kitobidagi “Inspeksiya qiluvchi shaxslar yozuvlari” blankiga inshootni kо‘rikdan о‘tkazuvchi va tonnel kitobi olib borilishi tо‘g‘riligini tekshiruvchi yо‘l boshqarmasi va yuqori tashkilotlar xodimlarining yozuvlari kiritiladilar.
Sun’iy inshoot ishi ishlarni bajarish va boshqa chizmalar va ularga tushuntirish xatlari, tonnelni ekspluatatsiya topshirishda olingan boshqa texnik hujjatlardan iborat bо‘lib, bu hujjatlar rо‘yxati bilan birga tonnelni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda saqlanadi. Unga shuningdek, statsionar kuzatuvlar materiallari, о‘zgarishlar aktlari va hisobotlari, suvlanish grafiklariva tonnel qoplamasining undagi nuqsonlar kо‘rsatilgan yoyilma (razvetka) si ham joylashtiriladilar.
Tonnelning eng muhim konstruksiyasi uning qoplamasi bо‘lib, uning yuk kо‘tarish qobiliyati atrofdagi bosimiga mos kelishi kerak va qoplama materiali uning ishlash muddatini ta’minlashi kerak. Ilgari qurilgan kо‘pchilik tonnellar, vatanimizdagi tonnel qurilishi amaliyotida hozirda qо‘llanmaydigan, tosh yoki g‘isht obdelkasiga ega. Undan keyingi yillarda kо‘proq quyma betondan va о‘ta murakkab gidrogeologik sharoitlardagina istisno tariqasida – chо‘yan va temirbeton obdelkalar qо‘llana boshlandi. Qator nomaqbul omillar ta’siri ostida obdelkada, unda mahalliy shikastlanishlar hamda buzilishlarga olib keladigan, turli nuqsonlar paydo bо‘lishi mumkin.
Tosh termasi buzilgan choklarini tiklash texnologiyasi ularni tozalash va suv bilan yuvishni, hamda yangi sement qorishmasi bilan tо‘ldirishni kо‘zda tutadi. Buzilgan choklarni qorishma bilan yuzaki suvalishi taqiqlanadi. Devor va ravoqlardagi choklarni ulash harakatlararo tanaffuslardagi “darcha”larda maxsus havozalardan turib bajariladi.
Tonnel obdelkasi ravog‘ining termasidagi kuchsiz qotirilgan pardozlov toshlari transport vositasi harakati va tonnel ichida ishlayotgan odamlar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ravoqda topilgan bunday toshlarni zudlik bilan qotirish yoki vaqtincha olib tashlash lozim.
Tonnellar devorlari va ravoqlarining ayrim toshlarni vaqtincha qotiriluvini ochiq choklarga, qattiq navli yog‘ochlardan yasalgan ponalarni qoqish yо‘li bilan bajariladi. Kuchsizlanib qolgan pardoz toshlarini almashtirish uchun toshlarni muzlashga bardoshliligi, mustahkamligi kamida 40 MPa bо‘lgan, darzlarsiz jinslardan tayyorlab olinadi. Tushib ketgan toshlarni qaytib о‘rniga qо‘yish uchun qorishmani 1:3 nisbatda olingan markasi kamida 400 bо‘lgan sement va donadorligi 0,5...1 mm li qumdan S/Q=0,5 qilib tayyorlanadi; qorishmani tayyorlash uchun ishlatiladigan suv tarkibida sulfatlar miqdori 1500 mg/l dan oshmasligi kerak.
Kо‘pchilik qadimda qurilgan, davriy tarzda muzlash va erishga duchor bо‘lib turadigan, suvlangan tonnellarning tosh yoki beton sirti ayrim uchastkalari shunchalik buziladiki, hatto uni olib tashlash va yangi tosh termasi bilan almashtirish zarurati vujudga keladi. Kо‘pchilik hollarda almashtirish tosh termasi materialini uning buzilish chuqurligigacha о‘yib olib tashlab, tonnel obdelkasidagi о‘yilgan joylarga qalinligi 10 dan 30 sm gacha bо‘lgan temirbeton “kо‘ylak” bilan qoplab berkitib bajariladi.
Tonnel ravog‘ida о‘pirilishlar paydo bо‘lganida, obdelka ushbu uchastkalarda zudlik bilan qotirilishi darkor. Yon tarafdan tutashgan obdelkaning mustahkamligi yetarlicha bо‘lganida, bunday qotirish obdelkalar ortiga qalamchalarni о‘rnatib olib (osma sektorli krujalalarni bog‘lash uchun) hamda yog‘och taxtalardan ship tortqisini о‘rnatib bajariladi.
Tonnellarning meyoriy ekspluatatsiyasi har doim ham joriy ta’mirlashni о‘tkazish bilan ta’minlanavermaydi. Qator hollarda yuqorida uqtirib о‘tilgan omillar tonnel konstruksiyasining ustivorligi va yuk kо‘tarish qobiliyatini yо‘qolishini keltirib chiqarishi, deformatsiyalarning ortishiga va butun tonnel inshootini kapital ta’mirlovining zaruriyatiga olib keladi. Tonnel obdelkasining hech bо‘lmaganida bitta chegaraviy holatga (yuk kо‘tarish qobiliyati, haddan ziyod deformatsiyalar yoki choklar, yoki darzlarning ochilishi kabi) yetib borishida uning bundan keyingi ekspluatatsiyasi tо‘xtatiladi.
natijasi loyihaga asos qilib olinadigan, tо‘laqonli bо‘lmagan boshlang‘ich ma’lumotlar bо‘lgan, kesib о‘tilayotgan tog‘ massivining muhandis-geologik va gidrogeologik sharoitlarini о‘rganilmaganligi keltirib chiqargan kamchiliklar;
loyihalash mobaynida tonnel konstruksiyasining ekspluatatsion, statik va dinamik sharoitlariga ta’sir etuvchi asosiy omillarni yetarlicha e’tiborga olmaslik, obdelkaning hisob-kitoblarda, tog‘ bosimining amaldagi bosimi qiymatiga tо‘g‘ri kelmaydigan xatolar va h.k.;
tonnelni bunyod qilish jarayonida ishlarni amalga oshirish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan qurilish kamchiliklari; yuk kо‘taruvchi konstruksiyalarning qurilish materiallarini past sifati yoki notо‘g‘ri tanlanishi;
tonnel inshootidan foydalanishdagi kamchiliklar va ular ustidan yomon texnik nazorat. Masalan, suv qochirish novlari va drenajlarining qoniqarsiz ishi teskari ravoqlari va devorlarining deformatsiyalariga olib keladi, tonnel usti suv qochirishining qoniqarsiz ishi tonnelning suvlanganligini oshiradi, obdelka ahvoli ustidan qoniqarsiz nazorat va joriy ta’mirning о‘z vaqtida emasligi yuk kо‘taruvchi konstruksiyasining о‘zida ham о‘ta jiddiy nosozliklar paydo bо‘lishiga olib kelishi mumkin.
Qoidaga kо‘ra, kapital ta’mir jarayonida obdelkaning ba’zi elementlarini qayta о‘rnatish, tonnelni quritish, yо‘lning tepa qurilmasini ta’mirlash bо‘yicha ishlar va tonnel inshootini qayta qurish yoki uning konstruksiyasini о‘zgarti-rish bilan bog‘liq bо‘lmagan boshqa ishlar bajariladi. Tonnellar kapital ta’mirlovining о‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni ish fronti juda ham tor hamda kо‘pchilik hollarda ularni transport vositalarining harakatlanib turishi sharoitida olib borishga tо‘g‘ri keladi, shuning uchun ushbu ishlar juda ham kо‘p mehnat sarfiga ega bо‘lib, sezilarli material sarfini talab qiladi.
Qidiruvning izchil о‘tkazilganligi, loyihaning yaxshi tuzilganligi va uni og‘ishmay bajarilishi, shuningdek tonnelni asrash jarayonida oshkor qilingan nosozliklarni о‘z vaqtida bartaraf etilishi uning kapital ta’miri va rekonstruksiyasi zaruriyatini istisno qiladi. Bunday hollarda tonnel inshootlarini kapital ta’mirlashga ehtiyoj faqatgina xizmat muddati chegarasi yetib kelganidagina paydo bо‘ladi. Rekonstruksiya qilishga zaruriyat ekspluatatsiya chegarasiga yetib kelishi bilan bog‘liqdir. Temir yо‘l tonnellarining ekspluatatsiyasida ularning kapital ta’mirlovi yoki rekonstruksiyasi zaruriyati qoidaga kо‘ra qandaydir bitta sababga kо‘ra kelib chiqmaydi, balki bir qator sharoitlarga bog‘liqdir.
|
| |