Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




Download 17,83 Mb.
bet62/106
Sana16.05.2024
Hajmi17,83 Mb.
#238557
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

10.16-rasm.Trubalardan qurilgan muhofaza gumbaz yordamida buzilgan gruntlar zonasini о‘tish sxemasi

Bu holda grunt ankerlar uchidan 0,4-0,6 metr kichik о‘tish bо‘lagigacha qazilib, bu bilan, sun’iy bо‘shliq shipi ochilgandan keyingi muvozanat ta’minlanadi.


Fransiya, GFR va Yaponiyadagi tonnellar qurilishida muvaffaqiyatli qо‘llanilgan ilgarilovchi beton mustahkamlash inshooti amaliy ahamiyatga ega. Bu konstruksiyaning mohiyati shundaki, sun’iy bо‘shliq konturi bо‘yicha mexanik. gidravlik yoki plazma usulida, tonnel о‘qiga 5-6° qiyalikda chuqurligi 3 metrgacha va qalinligi 20 santimetrgacha bо‘lgan tirqish kesilib, u tez qotadigan beton qorishmasi bilan tо‘ldiriladi. Natijada 5-8 soatdan sо‘ng ishonchli beton gumbaz 2 (10.16-rasm) hosil bо‘lib, uning himoyasida tuproq qaziladi. Bu holda beton mustahkamlash inshooti tonnel doimiy konstruksiyasi (qoplama)si tarkibiga kiradi. Zarur hollarda bunday inshoot metall arkalar 1 bilan kuchlantirilishi mumkin.
Ilgarilovchi mustahkamlash inshootilik qazish usullarida gruntni ortiqcha qazish, eng kam holatga keltiriladi, chо‘kishi minimumga keltiriladi va, asosiysi, yuzani tо‘la ochish usulini eng murakkab muhandis-geologik sharoitlarda qо‘llashni ta’minlaydigan ishonchli mustahkamlash inshooti turkumini yaratish imkoniyati paydo bо‘ladi.
Baykal-Amur magistralidagi Shimoliy-Muysk tonnelini yuzani tо‘la ochish usuli bilan tez sur’atlarda, qazish mustahkamlik koeffitsiyenti f ≥ 6 bо‘lgan turg‘un, kamyoriqli tuproq sharoitidagi bо‘lakda qazildi. Shpurlar beshta burg‘ilash mashinasi о‘rnatilgan ramasi yordamida burg‘ilandi. Ramaning yuqori supasida qо‘shimcha manipulyator о‘rnatilgan bо‘lib, bu narsa ankerlar uchun shpurlar burg‘ilash muddatini qisqartirdi. Har bir burg‘ilovchi faqat uchiga biriktirilgan shpurlar guruhini burg‘iladi. Shpurlarni tо‘rtta portlatuvchi va yagona portlatuvchi guvohnomasiga ega tonnel qazuvchilar zaryadladilar. Qazilayotgan yuzani zaryadlash muddati 2 soatga qisqartirildi. Portlatilgan tuproqni MoAZ-64011 avtoо‘ziag‘dargich-lariga PNB-Zd mashinalari bilan ortib, qazilayotgan joydan 200-250 metr orqada qoluvchi qayta ortish punktiga tashildi. Ish jarayonida ikkita avtoо‘ziag‘dargich ishlatildi.

10.17-rasm. Ilgarilangan beton qoplama yordamida sun’iy bо‘shliq qazish sxemasi

Portlatilgan grunt qoldiqlarini buldozer bilan yig‘ishtirib olindi. Qayta ortish punktidan gruntni tonnel ravoqi (portal)ga relsli transport – VPK markali vagonlar va elektrovozlar bilan tashildi.


Yuqorida keltirilgan texnologiyani qо‘llash natijasida burg‘ilash-portlatish usulida bir-izli temiryо‘l tonneli qurishning katta tezligiga erishildi: 29 ish kunida 171,5 m tonnel qazildi. Eng katta tezlik – 7,2 metrni, bir smenada esa – 2 metrni tashkil etdi.

10.17-rasm. Zinali usulda tunnel qazish sxemasi.

Zinali qazish usuli. Bu usulning mohiyati shundaki, qazilayotgan yuza balandligi bо‘yicha uzunligi 3-5 metrli supalarga, I va II qismlarga bо‘linadi (10.17-rasm). Ostki supa ikki ochiq yuzaga ega bо‘lgani tufayli portlatuvchi modda zaryadlarining bu supada ishlashi yengillashadi. Shuning uchun tonnel yuqori qismida ikkita portlatish amalga oshirilganda, ostki supa bir martada portlatiladi. Unda shpurlar chuqurligini tonnel yuqori qismidagiga nisbatan 2 marta katta qabul qilinadi.


Zinali qazish usulida yengil yig‘ma burg‘ilash xavozalari 2 qо‘llanilib, ularda turib ankerlar 1 о‘rnatiladi va qazilayotgan yuza burg‘ilanadi. Bu usul burg‘ilash ramasidan foydalanish iqtisodiy samarasiz bо‘lgan kichik uzunlikdagi sun’iy bо‘shliqlarni qurishda, shuningdek, sun’iy bо‘shliq shipini vaqtinchalik mustahkamlash inshooti bilan tez mahkamlash zarur bо‘lgan hollarda qо‘llaniladi.
Usulning afzalliklari: qazilayotgan yuza yuqori qismini burg‘ilashni bilan bir vaqtda grunt ortish mumkin, portlatuvchi moddalar sarfi kam. Usulning kamchiliklari: kuchli qazish asbob-anjomlaridan foydalanib bо‘lmaydi, qо‘l mehnati kо‘p, sun’iy bо‘shliq qazish tezligi sust, yuqori va ostki supalar bir vaqtda qaziladi.
Pog‘onali qazish usuli. Bu usulni mustahkamlik koeffitsiyenti f ≥ 4 bо‘lgan qoyatosh gruntlarda qurilayotgan balandligi 10 metrdan katta bо‘lgan tonnellarni qazish uchun qо‘llash lozim. Usulning mohiyati shundaki, tonnel kesimi ikki qismga bо‘linib, har bir qism alohida qazish joylarida har xil gorizontda qaziladi. Bu usulning ikki sxemasi mavjud: tonnelni yuqori pog‘ona bilan о‘tkazish va tonnelni ostki pog‘ona bilan о‘tkazish.
Pog‘onali qazishning zinali qazishdan farqi – burg‘ilash ishlari hajmi va portlatuvchi ashyolar sarfi kichikligida va shuningdek zinali qazish usulidagi ikki qazilayotgan joyda bir vaqtda ish tashkil qilishning murakkabligidadir.
Yuqori pog‘ona sxemasida qazish (10.18-rasm)ning mohiyati shundaki, avval tonnel kesimining ostki qismi I qazilib, sо‘ngra ma’lum masofada ortda qolib, havozalarda turib yuqori pog‘ona II qaziladi. Bunda ostki va yuqori pog‘ona kesimlari yuzalarining о‘zaro munosabati quyidagicha bо‘lishi kerak:
So : Syu = 1 : 1,5

10.18-rasm. Pog‘onali usulda tonnel qurish sxemasi.

Tonnel kesimi ostki qismi yuzani bir yо‘la qazish usulida ochiladi. Yuqori pog‘onadagi shpurlar yengil mashinalar bilan havozalarda yoki yuqori pog‘onani portlatish jarayonida parchalangan grunt uyumida turib burg‘ilanadi. Bu sxema tonnel kesimining ostki qismidagi gruntlar tonnel kesimi yuqori qismi gruntlariga nisbatan kamroq mustahkamlikka ega bо‘lgan, shuningdek, vaqtinchalik mustahkamlash inshooti qо‘llash zarur bо‘lmagan mustahkam qoyatosh grunt sharoitlarida qо‘llanilishi mumkin.


Sxemaning afzalliklari: ikkita ochiq yuza mavjudligi tufayli yuqori pog‘onada burg‘ilash-portlatishning yuqori samaradorligi, murakkab bо‘lmagan asbob-anjomlar qо‘llanilishi. Sxemaning kamchilikpari: yuqori pog‘onada shpur burg‘ilash qiyinchiliklari, ostki va yuqori qismlarini qazishda ship qismlarini qо‘lda tekislash, I kesimga borish yо‘lini tо‘sib qо‘ygan tuproq uyumlarini tozalash zarurligi.
Ostki pog‘ona sxemasida qazish (10.20-rasm)ning mohiyati shundaki, birinchi navbatda yuzani tо‘la ochish usulida tonnelning yuqori qismi I qazilib, sо‘ngra uning ostki qismi II qaziladi. Yuqori va ostki pog‘ona kesimlari yuzalari orasidagi munosabat quyidagicha bо‘lishi kerak:
Syu : So = 0,75 : 1,0
Bunda qazilayotgan tonnel yuqori qismining balandligi unda qazish asbob-anjomlarini joylashtirish sharoitlaridan kelib chiqib, 3-4 metrdan kam bо‘lmasligi kerak. Tonnel yuqori kesimi – kalottaning qazilayotgan yuzasi ostki pog‘ona qazilayotgan yuzasidan 30-50 metr oldinda bо‘lishi kerak.

10.20-rasm. Shpurlar yotiq joylashgan pastki pog‘ona usulida tunnel qurish sxemasi.


Download 17,83 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Download 17,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

Download 17,83 Mb.