• XII BOB. TONNELLARDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH
  • 12.2. Tonnel qoplamalarini ta’mirlash. Tonnellarni tiklash
  • XI bob uchun nazorat savollari




    Download 17,83 Mb.
    bet65/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    XI bob uchun nazorat savollari

    1. Tonnellarni ekspluatatsiyasi ishonchliligi haqida asosiy tushunchalar nimalardan iborat?


    2. Tonnel kesishuvining gidrologiya sharoitlari qanday omillarga bog’liq?
    3. Tonnel qurish va ekspluatatsiya qilishdagi avariya xolatlari nimalarga bog’liq?
    4. Tonnelni ekspluatatsiyaga topshirishda zarur hujjatlar nimalardan iborat?


    XII BOB. TONNELLARDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH
    12.1. Tonnelli kesishuvning texnik holati va unda hosil bо‘luvchi nuqsonlar. Tonnelli kesishuvning geologik sharoitlari va yoriqlar turlari
    Tonnelli kesishuvning texnik kesishuvi uning texnik holati bilan aniqlanib, bu holat ma’lum tashqi muhit sharoitlarida ma’lum vaqt momentidagi obyekt uchun texnik hujjatlarda tayinlangan parametrlar miqdorlari bilan tavsiflanadi. Obyektning texnik holatini aniqlash (baholash) texnik diagnostika qilish deb ataladi. “Texnik diagnostika” tushunchasi о‘z ichiga obyekt texnik holatini akniqlashning nazariyasi, usullari va vositalarini qamrab oladi.
    Tonnelli kesishuvning texnik darajasi ekspluatatsiya jarayonida turli hil nuqsonlar hosil bо‘lishi oqibatida pasayadi.
    Nuqson (defekt) – bu har bir alohida konstruksiya (element) ning о‘rnatilgan talablarga mos kelmasligidir. Paydo bо‘lish sababalariga kо‘ra nuqsonlar quyidagicha guruhlanadi: -konstruktiv nuqsonlar; -ishlab chiqarish nuqsonlari-ekspluatatsion nuqsonlar; -degradatsion nuqsonlar.
    Konstruktiv nuqsonlar о‘rnatilgan loyihalash, hisoblash va konstruksiyalash qoidalari va normalarining mukammal emasligi yoki ularning buzilishi oqibatida hosil bо‘ladilar;
    Ishlab chiqarish nuqsonlari о‘rnatilgan qurilish yoki ta’mirlash jarayoning buzilishi tufayli hosil bо‘ladilar.
    Ekspluatatsion nuqsonlar о‘rnatilgan ekspluatatsiya qoidalari yoki sharoitlarining buzilishi tufayli hosil bо‘ladilar.
    Degradatsion nuqsonlar barcha о‘rnatilgan loyihalash, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga rioya qilingan holda, tabiiy qarish, yeyilish, zanglash va charchash jarayonlari bilan bog‘liq bо‘lgan nuqsonlardir.
    Transport tonnellari ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir qiluvchi konstruktiv omillar quyidagilar:

    • tonnel uzunligi ;

    • kо‘ndalang kesim; -reja;

    • profil;

    • tonnel qoplamasi va qurilmalariningnoqulay loyihaviy yechimlari.

    Transport tonnellari ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqaruv omillarining quyidagi turlari mavjud:

    • tonnel sun’iy bо‘shlig‘ining loyihaviy konturidan chetlashishlar;

    • beton klassining pasayishi;

    • qoplama ortidan bо‘shliqlar mavjudligi;

    • sun’iy bо‘shliq qazishda kо‘chib tushishlar sodir bо‘lishi.

    Transport tonnellari ishonchliligiga ta’sir qiluvchi ekspluatatsion omilar quyidagilar: -dvigateldan chiquvchi zararli gazlar; -harakat jadalligi; -о‘rnatilgan harakat tezliklari; -shamollatish tartibi.
    Tonnelli kesishuvning geologik sharoitlariga qarab konstruksiya turi va ishlarni bajarish usullari, tonnel joylashish chuqurligi, shuningdek, Tonnel trassasining rejada va kesimda joylashishi tayinlanadi. Tonnel joylashishi geologik sharoitlarini har tomonlama yuqori sifatli va о‘z vaqtida baholash kо‘p jihatdan nafaqt qurilish muddati va qiymatini, balki uni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini ham aniqlash imkonini yaratadi. Shunig bilan birga, aynan muhandis-geologik izlanishlar materiallari kо‘p hollarda yetarli darajada ishonchli bо‘lmay, bu holat tonnelni ekspluatatsiya qilish jarayonida negativ ta’sir kо‘rsatadi.
    Amalda bо‘lgan meyoriy hujjatlarga muvofiq, transport tonnellari qurilishida, quyidagi keltirilgan omillardan birontasi mavjud bо‘lsa ham, tonnel murakkab muhandis-geologik sharoitda joylashgan hisoblanadi:

    • tonnel qoplamasi deformatsiyalanishida gruntning passiv qarshilik kо‘rsatishi yо‘qligi;

    • 0,1 MPa dan yuqori gidrostatik bosimdagi qovushqoq bо‘lmagan suvli gruntlar (yer osti suvlari sathini pasaytirish imkoniyati bо‘lmaganda);

    • M.M. Protodyakonov bо‘yicha mustahkamlik koeffitsiyenti 6 dan kam bо‘lgan suvga tо‘yingan (qaziliyotgan joyga oqib tushuvchi suv miqdori 200m3/s va undan kо‘p bо‘ganda) yarimqoyatosh va qoyatosh gruntlar;

    • tonnel qoplamasiga ta’sir qiluvchi prognoz qiliniyotgan tog‘ bosimi miqdori 06 MPa dan oshadi.

    Tonnel transsasidagi yer osti inshootlari atrofidagi zonaning muhandis-geologik sharoitlarini alohida e’tibor bilan tahlil qilish zarur. Tonnel о‘qi bо‘ylab bu zonaning kenngligini geologiyek va gidrogeologik sharoitlari bо‘yicha aniqlanadi.yer osti inshooti qovushqoq yarim qoyatosh va qoyatosh grunlarda joylashgan hollarda balandligi bо‘yicha tahlil qilinadiganzona yer osti inshootini 30-40 m baland va tonnel asosidan 6-10m past qilib tayinlanadi. Agar tonnel trassasi qovushqoq bо‘lmagan va tо‘kiluvchan gruntlardan о‘tsa, unda kо‘rsatilgan zona yer yuzasigacha bо‘lgan gruntlarning barcha qatlamini qamrab olishi lozim. Karst-suffizion jarayonlar sodir bо‘luvchi rayonlarda, hamda yuqori bosimdagi suvlar mavjud gorizontlar yaqinida yer osti inshooti zonasi chuqurligi oshiriladi.
    Qoyatosh va yarimqoyatosh jinslarning eng muhim tavsiflaridan biri – bu ularning yoriqliligidir. Tog‘ jinslarining yoriqlilik darajasi va xarakteri uning deformatsiyalanuvchanligi va mustahkamligi, suvо‘tkazmasligi, sizuvchanlik va mexanik anizotropligi va natijada qoplamaga teruvchi yuklar xarakteri va miqdorini aniqlaydilar. Qoplamaning qoyatosh va yarimqoyatosh tog‘ jinslaridan tashkil topgan grunt massivi bilan о‘zaro kuch ta’sirining geomexanik jarayotlari, bu jinslarning tarkibi va mustahkamligidan kо‘ra ularning yoriqligiga kо‘proq bog‘liqdir.
    Tektonik yoriqlar uzilish tektonik dislokatsiyalanishlar natijasida hosil bо‘ladilar. Ularning rejadagi uzunligi bir necha о‘z metrdan о‘nlab va hatto yuzlab kilometrgacha bо‘lishi mumkin. Chuqurlishi bо‘yicha ular о‘nlab va yuzlab metrgacha yetadi. Ular turli tarkibdagi va genezisdagi (magmatik, chо‘kuvchan, metomorfik) qoyatosh tog‘ jinslarini kesib о‘tib, chiziqli yо‘nalishga egadirlar. Tektonik yoriqlarning kengligi bir necha millimertdan bir necha mertgacha bо‘lishi mumkin tonnel qoplamasining ish sharoitlari nuqtai nazaridan - bu eng xavfli yoriqlar turidir.
    Qatlamlilik yoriqlari chо‘kuvchan tog‘ jinslarida va qatlamlar chegaralarida uchraydilar. Shamoldan yemirilish yeriqlari istalgan tarkib va genezis (kelib chiqish) dagi qoyatosh jinslarda hosil bо‘ladilar. Bunday yoriqlar fazoda hech qanday yо‘nalishga ega bо‘lmay, odatda yer yuzasiga yaqin zonada tarqaladilar. Yer yuzidan chuqurlashish bо‘yicha bu yoriqlar keskin kamayadilar. Ular ravoqlarni qurish va ekspluatatsiya qilishda eng katta xavf tug‘diradilar, og‘ishlarda tо‘kilishlar, kо‘chishlar hosil bо‘lishiga sabab bо‘lishlar mumkin.
    Yuzaki ta’sir yoriqlari qiyaliklarda yer yuzasiga yaqin zonalarda og‘ishga parallel suyalgan holda paydo bо‘ladilar. Ularning о‘lchamlari katta intervallarda о‘zgarib vat о‘tishi bilan kо‘p hollarda (agar profilaktika choralari kо‘rilmasa) kattalashib boradilar. Kichik va katta tо‘kilishlarga sabab bо‘lishlari mumkin. Ravoq inshootlariga nisbatan xavf tug‘diradilar.
    12.2. Tonnel qoplamalarini ta’mirlash. Tonnellarni tiklash
    Tonnellarni avariyasiz ekspluatatsiya qilishni ta’minlash uchun bajariladigan ishlarning maqsadi obdelkani soz holatda asrashga qaratilgandir. Bu ishlar joriy va kapital ta’mirlar, hamda suv kо‘p tushadigan tonnellarni quritish ishlaridan iborat bо‘ladi.
    Joriy ta’mirda obdelka choklarini suvab berkitish, darzlarni, о‘yiq va singan joylarni yamash ishlari bajariladi. Choklarni suvab berkitish ishlari toshlardan qurilgan tonnel obdelkalarida kо‘proq zarur bо‘ladi. Bunday konstruksiyaning asosiy nuqsoni obdelkaning kattagina deformatsiyalariga sabab bо‘luvchi chok materialining buzilishidir.
    Obdelka konstruksiyasidan bir nechta toshlar tushib ketganda hosil bо‘lgan bо‘shliqni tozalash, yuvish va u yerga kerakli о‘lchamdagi toshni qorishma yordamida о‘rnatish kerak bо‘ladi. Gumbaz qismi ta’mirlanganda, yangi toshni taxtalardan qilingan va obdelkaning qо‘shni uchastkalariga metall ankerlar bilan mahkamlangan tiragichlar ushlab turadi.
    Yuzasi 5m3 gacha bо‘lgan kavaklar va orqasigacha о‘tmagan kо‘chib tushgan joylar tonnel obdelkasiga pо‘lat ankerlar bilan mahkamlangan armatura setkalari qо‘yilgandan sо‘ng beton bilan tо‘ldiriladi. Taxtalardan yasalgan opalubkalarni krujalalar ushlab turadi. Krujalalar esa obdelkaga mahkamlangan skobalarga tiranib turadi. Yangi beton qо‘yilganda paydo bо‘ladigan bо‘shliqlarni yо‘qotish uchun, u yerga betonlashga qadar metall trubkalar о‘rnatiladi va beton qotgandan sо‘ng bu trubkalar orqali sement qorishmasi purkaladi.
    Kо‘chib tushgan joylar obdelkaning orqasigacha о‘tgan bо‘lsa, obdelkani darhol ta’mirlash kerak. Bu holda kо‘chib tushgan zonada (12.1-rasm) obdelka (1) ning bо‘ylama yuzalariga radial yо‘nalish beriladi.
    Ungurning yuzasi orqasiga tosh (10) tо‘ldirilgan taxtalar bilan qoplanadi. Obdelka uchlari orqasiga dvutavr yoki rels qirqimlari (8) о‘tkaziladi va ularga buramalar (6) orqali yog‘och bruschalar (5) osib qо‘yiladi. Bu bruschalarga lekala (4) tayanadi va uning ustiga obdelkaga ponalar (2) bilan siqilgan opalubkaning taxtalari (3) о‘rnatiladi. Pо‘lat truba (II) ning uzunligi zatyajkaning orqasiga sement qorishmasini purkash uchun yetarli bо‘lishi lozim.


    Download 17,83 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




    Download 17,83 Mb.