• 12.4. Tonnel qoplamasi elementlarining deformatsiya va siljishlari. Tonneldagi suvqochirish va drenaj qurilmalari, ravoqlar va tirgovich devorlar nuqsonlari
  • 12.5. Tonnellar texnik holatini nazorat qilish. tonnel konstruksiyalari va jihozlarining texnik holatini kuzatish
  • 12.6. Tonnel ichi qurilma va asbob-anjomlari ekspluatatsiyasi. Transport tonnellarini sovuq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilish
  • 12.7. Tonnel yuk kо‘taruvchi konstruksiyalari va qurilmalarini joriy tamirlash
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet68/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    konstruksion nuqsonlar о‘tkazilgan muhandis-geologik izlanishlarning xatolari, о‘rnatilgan loyihalash qoydalari va normalari buzilganligi bilan bog‘liqdir.Masalan,tonnelning suvdan himoyalash bajarilmaganligi,qoplamani о‘rab turgan gruntlarning katta miqdordagi bosimda teskari gumbazning yuk kо‘tarish qobiliyati yetarli emasligi, suv qochirish inshootlari yо‘qligi yoki ularning isitilmasligi, deformatsion yoki seysmik choklar yо‘qligi yoki totо‘g‘ri joylashganligi suv oqizilishini tashkil qilinmaganligi va hokazolar.

  • ishlab chiqarish nuqsonlari loyihada kо‘zda tutilgan qoplama konstruktiv parametrlardan chetlanishlar bilan bog‘liqdirlar. Maslan, vaqtinchalik mustahkamlash (birlamchi qoplama) betoni yoki sachratmabetoni betonlash jarayoni buzilishini yoki qoplamaning xaddan tashqari deformatsiyalanishi natijasida doimiy qoplamaning loyihaviy kesimigacha kirib qolsa,unda quruvchi bu nuqsonni uni betonlashdan oldin tuzatishga majbur.Ishlab chiqarish buzilishlari kо‘p hollarda betonlash ishlari texnologiyasining buzilishi bilan bog‘liqdir.Masalan,beton qorishmasini tayyorlash va tashish texnologik reglamentining buzilishi, beton qorishmasini qoplama ortiga yetarli darajasida zichlamay quyish.

  • ekspluatatsion nuqsonlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning kadrlarga va texnik jihozlar ishga bо‘lgan talabi tо‘la ta’minlanmaganligi, tonnellarni saqlash jarayonida ta’mirlash-tuzatish tadbirlarning kechikib va sifatsiz bajarilishi, shuningdek о‘rnatilgan ekspluatatsiya qilish qoydalari va shartlaring buzilishi bilan bog‘liq.Masalan qoplamaning gabaritsiz yuklar yoki trasport vositalari bilan buzilishlari

  • degradatsion nuqsonlar qoplamaning barcha о‘rnatilgan loyihalash, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish qoydalari va normalari bajarilgan holda,qoplama materialning tabiy qarshi,yemirilish, zanglashi va charchashi natijasida hosil bо‘ladilar.

    Tonnel qoplamalarning nuqsonlari kо‘rikdan о‘tkazishda aniqlanadigan ochiq nuqsonlar,shuningdek. Maxsus uslublar va asbob-anjomlardan foydalanib mukammal о‘rganishlar va olingan malumotlarni texnik xujjatlar va oldingi о‘rganishlar natijalari bilan solishtirish natijasida aniqlanadigan yopiq nuqsonlar bо‘lishlari mumkin.
    Tonnel yaxlit beton va temirbeton qoplamalarining eng keng tarqalgan nuqsonlari quyidagilardan iborat:

    • betondagi yoriqlar;

    • qoplama betonning turli xil kо‘chib buzilishlari;

    • g‘ovakli yoki bо‘sh beton;

    • betonning ishqorlanishi;

    • sovuqqa chidamllilik risо‘rsi tugashiga bog‘liq bо‘lgan beton mustaxkamligining pasayishi;

    • armatura yalong‘ochlanishi, uning kimyoviy va elektrokimyoviy zanglanish.

    Tonnel qoplamasi betongdagi yoriqlarni betonlash davrida hosil bо‘lishlari mumkin bshlib,ular texnologik yoriqlar deb ataladilar.Hali loyihaviy mustahkamligiga erishmagan betonning uni qotish davridagi ekspluatatsiya reglametining buzilishi, qolipni vaqtidan oldin kо‘chirib olish sababli kirishish yoriqlari hosil bо‘ladilar.
    Odatda, yoriqlar qotib ulgurgan va yangi qо‘ilgan beton ulanishlaridagi “sovuq choklar”da, yangi о‘tish bо‘lagini betonlash uchun zarur bо‘lgan tanaffuslar tufayli hosil bо‘ladilar. Tonnel qoplpmasi kesimi bо‘yicha uni о‘rab turgan havo haroratning tasiridan harorat yoriqlari hosil bо‘ladilar.Tonnel konstruksiyasiga loyihada qabul qilingan yuk va tasirlarning miqdori va xarakteri о‘zgarganda yoki qoplamani tiklashda loyihaviy parametrlardan cheklanishlarga yо‘l qо‘yilganda, qoplamada kuch yoriqlari hosil bо‘ladilar.
    Shuni qayd etish lozimki, beton zanglashish (buzilishi) ning jaddalligi faqatgina agresiv muhitning sement toshi bilan kimyoviy о‘zaro tasirilanishi emas, shuningdek kо‘p jixatdan beton konstruksiyasining fizik holati, birinchi navbatda beton zichligi,uning gaz va suv о‘tkazmasligiga bog‘liqdir.
    Metropolitenlar yer osti liniyalarni, temir yо‘l va avtoyо‘l tonnellarini yopiq usulda qurishda aylana kо‘rinishdagi tonnellar qoplamalarini tiklashda yig‘ma tyubing yoki bloklardan keng foydalanayapti.Bunda muhandis-geologik sharoitlardan kelib chiqib,о‘tish qalqonlari yoki mexanizatsiyalashtirilgan tonnel qurish komplekslardan foydalanidilar.
    Yig‘ma temirbeton elementlardan tiklangan tonnel qoplamalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida, kо‘p hollarda ishlab chiqarish va ekspluatatsion nuqsonlari paydo bо‘ladilar.Temirbeton qoplama elementlarida, ularni tayyorlashda yо‘l qо‘yilgan kirishish yoriqlari mavjud bо‘lishi mumkin. Tyubing va bloklarni tashishda yoki qoplamani montaj qilishda yig‘ma blok (tyubing) lar qirralari va burchaklarining sinishi va armatura ochilib qolishi mumkin. Qoplamani montaj qilishda texnologik reglament buzilishi natijasida xalqalarning ellipisligi ruxsat etilgandan oshib ketishi, halqalardagi blok (tyubing) lar esa siljitilib о‘rnatishlari mumkin. Qalqon domkratlardan hosil bо‘luvchi zо‘riqishlar natijasida ham egri va bо‘ylama yoriqlar blok (tyubing) qirralardagi sinishlar pydo bо‘lishi mumkin.
    Yig‘ma tonnel qoplamalarini ekspluatatsiya qilish jarayonidagi shikastlanishlar,yig‘ma qoplama bloklardagi cheka materialining buzilishi yoki tushib ketishi, choklar va qorishma yuborish teshiklar orqali yer osti suvlarining oqib kirishi, shu usullardan gruntlarni ham chiqarib,о‘rnatilgan detallar joylashuv joylardagi betonning yoriqlari va buzilishlari kо‘rinishida paydo bо‘ladilar.
    Keyingi yillarda temirbeton qoplamalarning yuqori suvо‘tkazmaslik qobiliyati esa, choklarda germetizatsiyalovchi profilli zichlagichlar qо‘llanilgan yangi avlodi qо‘llanilayapti. Bunday qoplamalarning ekspluatatsion ishonchliligi qoplamani montaj qilishda bloklar qirralari orasidagi profil elementni siqish hisobida ta’minlanib,bu siqilishga materialning suv ta’sirida ishishi ham yordam beradi. Profil element inshootni butun ekspluatatsiya, qilish davrida siqilgan holda bо‘lishi zarur.
    Bо‘sh suvga tо‘yingan gruntlarda joylashgan temir beton yig‘ma tonnel qoplamalarning ekspluatatsion ishonchliligi bloklar orasidagi choklarning ochilishi yoki yonma-yon halqalarning о‘zaro siljishida germetizatsiyalovchi zichlagichlarning butunligi yо‘qolmasligi bilan ta’minlanadi. Bu germetizatsiyalovchi zichlagichlarning о‘zaro siljishi va zichligini pasayishini chegaralovchi “ dakusi” lar о‘rnatilgan (mm ) larda.
    Tonnellarni murakkab muhandis- geologik sharoitlarda uzoq muddatda ekspluatatsiya qilishda, tonnel ekspluatatsion ishonchliligini pasayturuvchi deformatsiya va siljishlar hosil bо‘lishi extimoli mavjud. Bunday hollarda bloklarning nafaqat radial, shuningdek xalqadagi choklarda ham о‘zaro siljishiga qarshilik kо‘rsatuvchi konstruktiv bog‘lanishlar kо‘zda tutilishi lozim.
    Murakkab va о‘ta murakkab muhandis- geologik va gidrogeologik sharoitlarda, shuningdek suv osti tonnellari qurilishida aylana kо‘rinishdagi chо‘yan tyubinglardan yig‘ma tonnel qoplamalari qо‘llaniladilar. Bunday qoplamalarning afzalliklari ularning uzoqqa chidamliligi va ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlovchi yuqori darajadagi yuk kо‘tarish qobiliyati, va tonnel gidroizolyatsiyasining ishonchliligidadir.
    Bunday shikastlanishlarga choklardagi materiallarning buzilishi va tо‘kilishi, boltli ulanishlardagi shaybalarning bо‘shab qolishi, choklar va bolt teshiklaridan suv tomishi, shuningdek tyubinglar va boltli ulanishlarning kimyoviy yoki elektrkimyoviy zanglashlari kiradilar. Bunday degradatsion jarayonni о‘z vaqtida bartaraf etish chora tadbirlari kо‘rinmasa,tonnelda avariya holatlari sodir bо‘lishi mumkin.
    12.4. Tonnel qoplamasi elementlarining deformatsiya va siljishlari. Tonneldagi suvqochirish va drenaj qurilmalari, ravoqlar va tirgovich devorlar nuqsonlari
    Tonnel qoplamasi elementlarining deformatsiya va siljishlarini, boshqa konstruksion, ishlab chiqarish va ekspluatatsion nuqsonlar kabi, ularning paydo bо‘lish sabablari va oqibatlarning og‘irligining inobatga olib qarash kerak.
    Ammo, qoplamaning ruxsat etilmagan deformatsiya va siljishlari, turli yoriqlar, kо‘chib tushishlar va muzlashlardan xabarliroq bо‘lib, qoplamaning bosib qolishi yoki yuqori darajada nogabaritlikka, natijada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, qurilish davrida aniqlangan, konstruksion yoki ishlab chiqarishdagi sabablar bilan paydo bо‘lgan deformatsiya va siljishlar, tezlik bilan, bajarishi hujjatlarida qayd etilgan holda bartaraf etishlari lozim. Tonnellarni ekspluatatsiya qilish jarayonida, uning loyihada qabul qilingan hisobiy sxemasini о‘zgartirish mumkin bо‘lgan qoplama yoki alohida elementlarning sezilarli deformatsiyalari rо‘y berishi mumkin. Bunday holat qoplamani о‘rab turgan grunt massiviga qarab g‘ovaklari, yer kо‘chishlari, razlom yoriqlari bо‘yicha surilishlar va boshqalar hosil bо‘lishi natijasida hosil bо‘lishi mumkin. Taqasimon tonnel qoplamalaridagi deformatsiyalar, suvqochirish lotoklari devorlarning siqilishi, rels usti yoki qatnov qismi sathida devorlar siljishi, tonnel gumbaz qismidagi tonnel uzunligi bо‘ylab tor tasma hamda kо‘chib tushishlar kо‘rinishlarida paydo bо‘ladilar.
    Tonnel asosi devorlarning tonnel ichiga siljishi, kо‘p hollarda, qandaydir sabablar bilan teskari gumbaz qurilmagani sababli tog‘ bosimining oshib ketishi oqibatida sodir bо‘ladi. Devorlar tonnelning bir tomonidan ham ikkala tomondan ham siljishi mumkin. Tonnel poydevori asosida devorlarning siljishi, о‘z navbatida tonnel qoplamasining quyidagi nuqsonlarini keltirib chiqarishi mumkin:

    • gumbaz bо‘yicha qoplamaning tashqi tomonidan yoriqlar ochilgan holda bо‘ylama sinishi (Razlom);

    • gumbaz bо‘yicha qoplama ichki tomonidan ezilishi va kо‘chishlar hosil bо‘lishi;

    • suv qochirish lotoklari konstruksiyalari buzilishi;

    • tonnel ichida nogabaritlik hosil bо‘lishi;

    Yig‘ma temirbeton yoki chо‘yan elementlardan yig‘iladigan tonnel qoplamalarning deformatsiyalari, kо‘p hollarda qoplama ichki kо‘rinishining loyihaviy konturdan meyordan ortiq darajada chetlanishidan iborat bо‘ladi.
    Qoplama deformatsiyalanishi darajasi kо‘ndalang kesimni instrumental о‘lchash va uni loyihaviy malumotlar bilan solishtirib aniqlanadilar.
    Tonnel qoplamasini ekspluatatsiya qilish davrida qoplamada deformatsiya va siljishlar aniqlangan holda, tezlik bilan maxsus о‘rganishlar о‘tkazish zarur bо‘lib, bunda qо‘yidagi masalalar hal etishi lozim:

    • hosil bо‘lgan deformatsiya va siljishlarning paydo bо‘lishi sabablari ularning jadalligi va rivojlanishi dinamikasini aniqlash.

    • hosil bо‘lgan deformatsiya va siljishlar oqibatlarini prognoz qilish.

    • deformatsiyalangan konstruksiyalar loyihaviy holatini tiklash yoki deformatsiyalarni stabillash chora –tadbirlarini kо‘rish.

    Hisobiy – nazariy taxlil qilish bilan deformatsiyalangan tonnel qoplamasi yuk kо‘tarish qobiliyati aniqlanadi va deformatsiyalangan bо‘ladi transport harakati tezligini cheklash, xavfli bо‘lak xaqida ogohlantirish yoki boshqa tadbirlar bajarishi orqali ruxsat etilgan risk darajasi ta’minlanadi.
    Quyidagi omillar tonnel metall konstruksiyalarining jadal rivojida sababchi bо‘ladilar:

    • atmosfera, gruntlar va tas’halayotgan yuklarning yuqori darajada agressivligi;

    • adashgan toklar ta’siri;

    • statik toklar va о‘zgaruvchan kuchlanishning katta miqdorda sakrab о‘zgarishi;

    • tonnelda yuqori namlik va suv bosimi;

    Metallning yer ostida zanglashi о‘ziga xos xususiyatlarda ega bо‘lib, kimyoviy yoki elektrokimyoviy kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. Yer osti sharoitlarda metallning zanglashi murakkab jarayon bо‘lib, bu holat kapilyar g‘ovakli va seryoriq muhitda kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlarning kelishi bilan bog‘liq bо‘lib, bunda atmosfera litosfera va gidrosferaning о‘zaro ta’siri namoyon bо‘ladi. Doimiy yuqori darajada namlangan tonnellarda, kо‘p hollarda elektrokimyoviy zanglash jarayonlari hosil bо‘lib, metalning katta miqyosida zanglashiga olib keladi.
    Tonnellarni quritish va yо‘l harakatini normal tashkil qilish, tonnel konstruksiyalarini va tizimlarining samarali ishlashini ta’minlashda suv qochirish va drenaj qurilmalarining nomi kattadir. Ular ishlashining biroq bо‘lsa ham buzilishi inshootnixavfsiz ekspluatatsiya qilish jarayoni xavfsizligining buzilishiga olib kelishi mumkin.
    Tonnelga suv kirishini notо‘g‘ri prognoz qilish quyidagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin:

    • suv qochirish lotoklarning tо‘lib ketishi;

    • suvning yо‘l qoplamasiga toshib chiqishi;

    • qish paytida xavfli muz qoplamalari bhosil bо‘lishi va boshqalar.

    Loy yoki axlat tiqilib qolgan drenaj turkumi qoplamaning jadal suv bosimini keltirib chiqaradi. Agar koptaj quduqlarini burg‘ilash jarayonida, ularning fazoda joyilashuvida loyixadan chetlanishlariga yо‘l qо‘yilgan, yoki quduq chuqurligi ta’minlanmagan bо‘lsa, u holda bunday drenaj turkumining ishlash samaradorligiga past bо‘ladi. Yer yuzi suv qochirish turkimi bо‘lmaganligi yer yuzi suvlari tonnelga kirishishga sababchi bо‘ladilar.
    Tonnelni ekspluatatsiya qilish jarayonida yer yuzi suv chetlatish turkumlari, ularni notо‘g‘ri saqlash natijasida ishdan chiqishlari mumkin. Bunda tog‘ usti ariqlari chiqindi bilan tо‘lib qolishi yoki о‘t bosishi sababli ularda suv sathi kо‘tarilib, oqish tezligi pasayadi, ariqlar betonida, tonnelichi lotoklari asosi va devorlarda yoriqlar paydo bо‘ladilar. Qish vaqtida tonnelichi suv qochirish lotoklarida, ularni yetarli darajada isitilmaganligi yoki sun’iy isitish mavjud bо‘lmaganligi sababli, suv muzlab qolishi mumkin. Vaqt о‘tishi bilan tog‘ usti ariqlari betonning sovuqqa chidamlilik bо‘yicha resursi yо‘qolishi tufayli buzilishi yoki drenaj quduqlari kolmatatsiyasi (grunt zarrachalari bilan tо‘lib qolishi, axlat tiqilishi) kabi degradatsion nuqsonlar ham paydo bо‘ladilar.
    Tonneldan suv qochirishi tizimlarining ishdan chiqishiga quyidagi ish jarayonlarining buzilishlari ham sabab bо‘ladilar:

    • tonneldan suv chetlatish yig‘ma lotoklari ulanish joylardagi va suv chetlatish qurilmalardagi tirqishlar;

    • suvning bemalol oqishiga xalal beruvchi yer yuzi suv chetlatish ariqlari va lotoklar asosidagi pohonalar, teskari og‘ishlar yoki chuqurliklar;

    • baland tog‘ orasi yoki yо‘l qoplamasidan suv chetlatish lotoklariga suv oqizish quvurchalar yо‘qligi.

    Tonnellarni saqlash jarayonida barcha nuqsonlarni о‘z vaqtida aniqlash zarur. Shuning bilan birga, bu aniqlangan nuqsonlarni paydo bо‘lishi sabablari va har bir aniqlangan nuqsonning tonnel inshooti uchun xavflilik darajasi va mumkin bо‘lgan oqibatlarni tahlil qilish va baholash zarur. О‘tkazilgan tahlil natijalari bо‘yicha tonnelning aniq vaqt mobaynidagi texnik holati baholanadi va ta’mirlash tadbirlari turlari tanlanadilar.
    12.5. Tonnellar texnik holatini nazorat qilish. tonnel konstruksiyalari va jihozlarining texnik holatini kuzatish
    Tonnel joylashish xuddudining joy relyefi va iqlimi sharoitlaridan kelib chiqib temir yо‘l yoki avtoyо‘l Respublika muassasasi tomonidan tasdiqlangan, mahalliy qoidalar bilan tо‘ldirilgan va aniqlanagan texnik nazorat qoidalari ishlab chiqilgan bо‘lishlari zarur.
    О‘rnatilgan texnik nazorat qoidasi tonnel inshootlarini davriy va doimiy kuzatib borishini kо‘zda tutib, bunda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

    • tonnel qoplamasidagi har qanday nuqsonlarni aniqlash;

    • temir yо‘l izlari yoki avtoyо‘l qoplamasidagi nuqsonlarni aniqlash;

    • suv chetlatish va boshqa tonnel jihozlardagi nuqsonlarni aniqlash;

    • tonnelli kesishuvning ekspluatatsion sifatlarini talab darajasida ta’minlovchi barcha texnik turkumlar ishidagi nosozliklarni aniqlash;

    Tonnellar holatini texnik nazorat qilishning quyidagi turlari mavjud:

    • doimiy texnik nazorat;

    • joriy kо‘rikdan о‘tkazish;

    • davriy kо‘rikdan о‘tkazish;

    Tonnellar texnik holatini doimiy texnik nazorat qilish nazoratchilar tomonidan ishlab chiqilgan grafik bо‘yicha amalga oshiriladi. Bu grafiklar biriktirilgan nazorat uchastkasidan transport harakatining jadalligini inobatga olib tuzilishi lozim. Bunda nazorat qilinuvchi tonnelga kirish qismining har ikki tomondan temir yо‘l uchun -500 metrdan, avtomagistrallar uchun esa -150 metrdan oshmasligi lozim.

    • konstruksiyalarning nogabarit yuklar bilan shikastlanishi;

    • qoplamaning alohida beton bо‘laklari temir yо‘l iziga yoki yо‘l qoplamasiga kо‘chib tushishi;

    • tonnel qoplamasi va yо‘l qoplamasida yirik muzlashlar hosil bо‘lishi;

    • tonnelga kirishda qiyaliklar sirpanib siljishi yoki qor kо‘chkilari hosil bо‘lishi va boshqalar;

    Bu xavfli hodisalar aniqlanganda nazoratchi tezlik bilan bu xodisa haqida tonnel ustasiga xabar berishi va iloji boricha sodir bо‘lgan xavfni bartaraf qilish choralarni kо‘rishi zarur.
    Tonnellarni texnik holatini doimiy nazorat qilishda nazoratchining vazifalari quyidagilardan iborat:

    • tonneldagi taxmon va tokchalarni toza tutish, hosil bо‘lgan muzlashlarni kо‘chirish va yig‘ishtirib olish;

    • qoplamani holatini nazorat qilish;

    • yо‘laklardan chiqish holatini tekshirish va ularni qish vaqtida teshilganligini nazorat qilish;

    Tonnellar texnik holatini joriy kо‘rikdan о‘tkazish, tonnel ustasi yо‘l bо‘limi rahbari yoki yordamchisi tomonidan yо‘l bо‘limi rahbari tasdiqlangan grafik bо‘yicha о‘tkaziladi. Transport tonneli qoniqarli bо‘lgan holda joriy kо‘rikdan о‘tkazish uch (3) oyda bir marta ta’mirlanayotgan yoki transport harakati xavfsizligiga xalal beruvchi nuqsonlar mavjud inshootlarida esa, bu nuqsonlar bartaraf etilguncha qadar tez-tez kо‘rikdan о‘tkazib turish zarur.
    Joriy kо‘rikdan о‘tkazish jarayonida nazoratchi о‘z vazifasini qanchalik sifatli bajarilganligi tekshirilib, zarur holatlarda tonnel ustasi nazoratchilarga qо‘shimcha instruktaj beradi.
    Joriy kо‘rikdan о‘tkazish tonnelli keshishuvning barcha elementlari, ya’ni tonnel va yо‘laklar qoplamalari, yо‘l qoplamasi, ravoqlar, taxmon va tokchalar konstruksiyalari nazorat qilinadilar. Shuning bilan birga suv qochirish qurilmalari tartibi va muz yopishishi hosil bо‘lishi ham kо‘rikdan о‘tkaziladi. Tonnel ustasi va brigadirlar aniqlangan nosozliklar haqidagi yozuvlarni, zarur ta’mirlash ishlari hajmlarini kо‘rsatib “Sun’iy inshootlarini kо‘rikdan о‘tkazish natijalarini yozuv kitobi”ga kiritadilar. Bu kitobni yо‘l bо‘limi boshlig‘i yoki uning о‘rinbosari har oyda bir marta tekshirishi lozim.
    Har gal suv toshqinlari davri va uning tugallanishidan, shuningdek 6-ballik va undan ortiq yer qimirlashdan sо‘ng bо‘limi boshlig‘i,uning о‘rinbosari yoki bosh muxandis qо‘shimcha tonnelni joriy kо‘rikdan о‘tkazishni amalga oshiradilar. Joriy kо‘rikdan о‘tkazish natijasida, shuningdek yer qimirlash va kuchli yomg‘irlardan sо‘ng aniqlangan kuchli shikastlanishlar “Tonnel kitobi”ga kiritiladilar. “Tonnel kitobi” va “Sun’iy inshootlarini kо‘rikdan о‘tkazish natijalarini yozuv kitobi”ni tо‘laqonli yuritishga yо‘l bо‘limi boshlig‘ining muxandislik inshootlari bо‘yicha о‘rinbosari mas’uldir.
    Tonnelli kesishuvning xavfsiz ishlashini ta’minlashgi qaratilgan quyidagi uning texnik holatini tizimli kuzatish turlari mavjud:

    • Tonnel yuk kо‘taruvchi konstruksiyalari shikastlanishlarini kuzatish;

    • Tonnelga suv kirishini kuzatish;

    • Tonnel usti yuzasi, drenaj va suv chetlatish qurilmalarini kuzatish;

    • Tonneldagi shamollatish qurilmalari va havo holati, yoritish signalizatsiya va aloqa vositalarini ishga yaroqliligini kuzatish?

    • Tonnel gabaritlarini kuzatish.

    Tonnel yuk kо‘taruvchi konstruksiyasi odatda, birinchi kо‘rikdan о‘tkazishda nuqsonlar aniqlangan bо‘laklarda amalga oshiriladi. Bunda tonnel qoplamasining razmeriga (peksa)siga, aniqlangan vaqti kо‘rsatilgan quyidagi shikastlanishlar kiritiladilar:

    • Suv sizib о‘tishi va beton ishqorlanishi;

    • Yoriqlar, о‘yiqlar, kо‘chkilar;

    • Yaxlit tonnelqoplamasi alohida bо‘laklarining buzilishlari;

    • Yig‘ma tonnel qoplamasi choklarining buzilishlari;

    • Himoya qatlami buzilishi, armatura va о‘rnatilgan metal devorlar ochilib qolishi va korroziyasi beton yuzasidagi zanglash dog‘lari;

    • Oddiy kо‘z bilan aniqlanuvchi sezilarli deformatsiyalar.

    Tonnel qoplamasini kuzatishda, tonnel yuzasidagi armatura korroziyasi natijasida beton buzilishini keltirib chiqaruvchi zanglash dog‘lari mavjud bо‘lgan bulaklarni aniqlash zarur. Shuningdek, qoplama yuzasida hosil bо‘lgan yoriqlarning yо‘nalganligi, uzunligi va og‘ilish kengligini aniqlash lozim.
    Qoplamadagi yoriqlar rivojlanish xarakteri gipsli mayaklar yordamida kuzatiladi. Bu yoriq boshi va oxirida, shuningdek uzunligi bо‘yicha har 1 metrda о‘rnatiladilar. Yoriqlar rivojlanish jadalligi uzoq vaqt kuzatishlar asosida aniqlanadi.
    Qoplama holati umumiy kо‘zdan kechiriladi va havotirli joylari tanlanib, kо‘chma havozalor va narvonlar yordamida bolg‘achalar bilan urib kо‘riladi. Bunda beton qatlamining bо‘sh joylarini aniqlash bilan birga qoplama ortida hosil bо‘lgan bо‘shliqlar ham aniqlanadi. Qoplamada oddiy kо‘z bilan aniqlanadigan deformatsiya va siljishlar mavjud bо‘lgan holda, tonnel qoplamasiga о‘rnatilgan markalar bо‘yicha nivilerlash amalga oshirilishi zarur.
    Tonnelga kirish joylari va ravoqlar texnik holatini kuzatib borish uta ahamyatlidir. Tonnelning ravoq qismi uning yer yuzasiga chiquvchi oxirgi bо‘lagi bо‘lib, ravoq oldi о‘yig‘i rо‘para va yon qiyaliklari ustivorligini ta’minlovchi tirgovich devor vazifosini bajaradi. Tonnel qoplamasi oxirgi zvenasi bilan bikr tutashuvchi ravoq konstruksiyasi, notekis va katta miqdordagi yuklarni qabul qiluvchi murakkab kuchlanganlik holatidagi fazoviy konstruksiya sifatida ishlab, shuning bilan birga kо‘p hollarda negativ tabiiy omillar ta’sirida bо‘ladi.
    Tonnelni ekspluatatsiya qiluvchi personallik xavfsizligini taminlash maqsadida taxmon va tokchalar quriladi. Ularni yoriqlar xarakteriga qarab deformatsiyalar sabablarini aniqlash mumkin. Zarur hollarda taxmon va tokchalar qoplamalari yangilanadi.
    Tonnel konstruksiyalari va qurilmalaridagi nuqsonlarning kо‘pchiligi tonnelga suv kirishi tufayli sodir bо‘ladi. Shuning uchun, tonnellarni joriy saqlashing asosiy vazifalaridan biri-bu tonnelga suv kirishi va uning gidrologik tartibini kuzatishdan iborat. Kuzatuvlar natijasida tonnelning eng kо‘p suv kirgan bо‘laklari va yer osti suvlari ta’sirida hosil bо‘lgan nuqsonlar aniqlanadilar. Suv bosish jarayonlarini xalqalariga bog‘langan hujjatlar asosidagi suv bosganlik kartasi tuziladi. Odatda bu kartalar tonnel qoplamasi kartalari bilan birlashtiriladilar.
    Tonnel gabaritlarini kuzatish undan nogabarit yuklarni о‘tkazish zarur bо‘lgan hollarda yoki tonnel qoplamasi ichki kо‘rinishini inshootlar yaqunlashuv gabariti (о‘tish gabariti) talablariga mosligini tekshirishda amalga oshiriladi.
    Hozirgi davrda tonnellarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ular gabaritlarini tekshirish uchun qutb (polyarnqy) koordinatalarini hisoblash bо‘yicha dasturga ega lazer ruletkalari, Leica, Sokkia, Topcon va b. firmalar tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy yarimavtomat – taoxometrlardan foydalaniladi. Tonnelni maxsus о‘rganishlarda lazer skanerlar ham qо‘llanilishi mumkin, ammo ulardan foydalanish juda qimmat.
    12.6. Tonnel ichi qurilma va asbob-anjomlari ekspluatatsiyasi. Transport tonnellarini sovuq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilish
    Tonnel ichidagi qurilma va asbob-anjomlar quyidagi maqsadlarda о‘rnatiladilar:

    • Tonnelni shamollatish;

    • Tonneldagi signalizatsiya va aloqani taminlash;

    • Tonnel ichini yoritish.

    Avtoyо‘l tonnelidagi dvigatellardan ajralib chiquvchi zararli gazlar, yuqori haroratdan sezilarli namlik va bug‘ hosil bо‘lishi, haydovchilar va yо‘lovchilar salomatligiga zararli ta’sir kо‘rsatadi, hosil bо‘luvchi transport harakatini qiyinlashtiradi.
    Tonnellarni shamollatish tabiiy yoki sun’iy usulda amalga oshiriladi. Tabiiy shamollatish, odatda, bir og‘ishli, tо‘g‘ri chiziqli, uzunligi 500 - 700 metrgacha bо‘lgan tonnellarda qо‘llaniladi.
    Tonnellarni sun’iy shamollatish temir yо‘l va avtoyul tonnellarini quyidagi tartiblarda ekspluatatsiya kilishni ta’minlashi lozim:
    A-normal, bunda transportning “pik” soatida mos keluvchi jadallikda, ruxsat etilgan maksimal tezlikda tо‘xtovsiz harakatlanishi taminlanadi;
    B-sekinlashgan, transportning 20 km/s dan past tezlikda tо‘xtovsiz harakatni amalga oshiradi;
    V-Transport tiqilishi (transportnaya probka), bunda dvigatellari ishlayotgan transportning 15 minutgacha tо‘xtab turishi mumkin.
    Tonnelni sun’iy shamollatish turkumlarini ekspluatatsiya qilish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi:

    • Tonnelga toza havo taminlab beruvchi shamollatish binolari, kanallari va kameralaridagi tozalik va tartibni doimiy nazorat kilish;

    • Elektr tarmoqlari va mexanik shamollatish qurilmalarining ishga layoqatlik holatini ushlab turish uchun rejaviy va rejaviy-ogoxlantirish ta’mirlash va xizmat kursatish ishlari bajarish.

    Ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi talablariga binoan tonnellarni qurish saqlash va ekspluatatsiya qilishda, avtomatik tarzda ishlovchi ovozli va elektr yoritish signalizatsiyasi bilan jihozlangan bо‘lishlari lozim.
    Tonnel signalizatsiyasining ovozli signallari sifatida 140 metrdan nam bо‘lmagan masofada bemalol eshitiluvchi sirenalar qо‘llanilib, ular yurish qismi sathidan 2.0 metrdan kam bо‘lmagan balandlikda о‘rnatiladilar. Juftlab о‘rnatiluvchi bu sirenalarni birinchi jufti tonnel ravoq qismidan 75 m masofada, keyingilari esa, har 100 metrdan keyin joylashtiriladilar.
    Tonnellarda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun “tamirlash yoritishi” qо‘llanilib, ularning vazifasi bajariladigan ta’mirlash ishlari xarakteri, qabul qilingan texnologiya va ishchilar soni, tonnel fazosidan kelib chiqib, talab qilingan yuqori darajadagi yoritishni ta’minlashdir. Shu sababli, odatda, “ta’mirlash yoritishi” uchun kо‘chma yoritgichlardan foydalaniladi.
    Tonneldagi doimiy va kо‘chma yoritish tarmog‘i namlikdagi xonalardagi elektr qurilmalar uchun xavfsizlik talablariga javob berishi, yetarli miqdorda namdan himoyalangan shtepsel rozetkalariga ega bо‘lish zarur.
    Tonnellar uzoqqa chidamliligi va ekspluatatsion ishonchliligiga sovuq va о‘zgaruvchan havo haroratining tonnel suvlanishi bilan birgalikdagi ta’siri о‘ta sezilarli darajada rо‘y berishi mumkin. Past haroratli havo va suvning tonnel konstruksiyalari va qurilmalariga ta’sirining oqibatlari turlicha bо‘lib, harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi omillarga kuyidagilar kiradilar:

    • Tonnel gabaritini buzilishiga olib keluvchi, qoplama va qatnov qismining buzilishini tezlatuvchi muz qatqalog‘i hosil bо‘lishi;

    • Muz qatqalog‘ini qatnov qismiga chiqishiga sabab bо‘luvchi, drenaj va suv chetlatish qurilmalarining muzlashi;

    • Tonnel qoplamasi va qatnov qismi konstruksiyasiga qо‘shimcha bosim hosil qiluvchi gruntlarning sovuqdan kо‘pchishi;

    • Konstruksiyalar deformatsiyalanishi va buzilishiga olib keluvchi, tonnel qoplamasidagi katta miqdordagi harorat kuchlanishlari paydo bо‘lishi.

    Tonneldagi muz qatqalog‘i – bu suv oqimi yoki tomchilashi natijasida muz hosil bо‘lishidir. Muz qatqalog‘i faol va о‘zgarmas bо‘lishi mumkin. Faol muz qaqalog‘i – bu tushayotgan suv va tomchilar ta’siri uning issiqlik yо‘qotishidan yuqori bо‘lgan jarayon bо‘lib, bunda muz xajmining о‘sib borishi kuzatiladi. О‘zgarmas muz qatqalog‘i – bu muz xajmining о‘smasligiga mos keluvchi holatdir.
    Tonneldagi harakat xavfsizligiga, ayniqsa elektrlashtirilgan temir yо‘l tonellarida, sumalak muz qatqalog‘lari katta xavf tug‘diradilar. Tonnel gumbazidagi muz qatqalog‘i hosil bо‘lishini kamaytirishda, drenaj qurilmalarining о‘z vaqtida muzdan tozalash va ularni isitish katta ahamiyatga ega bо‘lib, bu narsa yer osti suvlarini suv chetlatish lotoklariga uzatishga kо‘maklashadi.
    Tonnel ichi va tonnel qoplamasi haroratlarining keskin о‘zgarishlari (plyusdan – minusga), qoplamada ba’zi hollarda betonning chо‘zilishiga bо‘lgan mustaxkamligi chegarasidan oshuvchi, chо‘zuvchi kuchlanishlarni hosil qilishi mumkin. Bu holat konstruksiya butunligini turlicha yunalgan yoriqlar hosil bо‘lib buzilishiga olib keladi.
    Past haroratlar mavjud yoriqlarning yanada kengayishiga, yuqori haroratlar esa, ularning jipslashishiga olib keladilar. Tonnel qoplamasining ichki va tashqi (grunt bilan munosabati tufayli) yuzalaridagi haroratlar farqlari ham katta ahamiyatga egadir.
    Izlanishlar natijalari shuni kо‘rsatadiki, 500 – 600 mm kalinlikdagi beton qoplamasining ichki yuzasida harorat 100S ga farq qilganda, 0.4 MPa chо‘zuvchi kuchlanish hosil bо‘lar ekan. Bunday kuchlanishlarning eng faol rivojlanishi tonnel ravoq oldi bо‘laklariga tо‘g‘ri keladi.
    Bundan tashqari, tonnel qoplamasi qalinligi, boshqa bir xil sharoitlarda, qancha kam bо‘lsa, unda hosil bо‘luvchi harorat kuchlanishlari miqdori shuncha past bо‘ladi. Demak harorat kuchlanishlari miqdorini, qoplama va uni о‘rab turgan grunt bilan yopishish darajasini pasaytirish, tonnel sun’iy bо‘shlig‘i yuzasiga chegaraviy qatlam yotqizish, qoplama kalinligini kamaytirish, betonning chо‘zilishga mustaxkamligini oshiruvchi va beton elastiklik modulini pasaytiruvchi qо‘shimchalar qо‘shish yuli bilan pasaytirish mumkin.
    Tonnellar kesib о‘tuvchi gruntlarda yer osti suvlarining yig‘ilishi qish davrida tonnelni о‘rab turgan gruntlarda kо‘pchish hollarini, eriganda esa – tonnel qoplamasi asosidagi jinslarning chо‘kishlari va suyuqlanishiga olib kelishi mumkin. Ekspluatatsiya qilinayotgan tonnellardagi devorlar chо‘kishi va teskari gumbazlar buzilishi kabi deformatsiyalar, kо‘pchish kuchlarining miqdori tog‘ bosimi miqdorining prognoz qilinayotgan miqdordan oshib ketishi natijasida rо‘y beradi.
    Qish paytida tog‘ tonnellarini ekspluatatsiya qilish davrida, gruntning sovuqdan kо‘pchishi negativ oqibatlarining oldini olish maqsadida, tutash kesimli (teskari gumbazli taqasimon yoki aylana kо‘rinishidagi) qoplamalar qurish, shuningdek kо‘pchish hosil bо‘luvchi gruntlar suvlashining oldini olish zarur. Bu yо‘nalishdagi samarali tadbirlardan biri – bu tonnelni isitishdir.
    XX asr boshlarida tonnellarni isitish tonnel ichiga katta temir pechlar о‘rnatib va ravoqlarni brezent bilan yopib amalga oshirilgan.
    Keyinchalik suv chetlatish lotoklari issiq suv yoki ravoqlar yonida quriladigan issiqlik qurilmalaridan chiquvchi bug‘lar bilan isitila boshlandi, XX asrning 60 yillariga kelib lotoklarni isitish uchun TEN (quvurli elektr isitgichlar) dan foydalanildi.
    1970 yillardan boshlab esa isituvchi kabellar va lentalar kо‘rinishidagi chiziqli isituvchi elementlardan foydalanila boshlandi. Isituvchi lentalarning afzalligi – ularning elektr xavfsizligi va elastikligidir.
    Bunda isituvchi qatlam sifatida rulon yoki listlar kо‘rinishidagi sintetik ashyolar (penopolimetilen, penoureban, metall falga ichidagi mineral vata va b.) qо‘llaniladi.
    Texnologik tadbirlarga issiqlik – havo pardalari о‘rnatish, havo oqimini isitish va rekrikulyatsiya qilish, issiqlik boshqaruvchi zontlar о‘rnatish kiradi.
    12.7. Tonnel yuk kо‘taruvchi konstruksiyalari va qurilmalarini joriy tamirlash
    Tonnelning eng muhim konstruksiyasi uning qoplamasi bо‘lib, uning yuk kо‘tarish qobiliyati atrofdagi bosimiga mos kelishi kerak va qoplama materiali uning ishlash muddatini ta’minlashi kerak.
    Ilgari qurilgan kо‘pchilik tonnellar, vatanimizdagi tonnel qurilishi amaliyotida hozirda qо‘llanmaydigan, tosh yoki g‘isht obdelkasiga ega. Undan keyingi yillarda kо‘proq quyma betondan va о‘ta murakkab gidrogeologik sharoitlardagina istisno tariqasida – chо‘yan va temirbeton obdelkalar qо‘llana boshlandi. Qator nomaqbul omillar ta’siri ostida obdelkada, unda mahalliy shikastlanishlar hamda buzilishlarga olib keladigan, turli nuqsonlar paydo bо‘lishi mumkin.
    Aniqlanganki, tonnel obdelkalarining kо‘pchilik deformatsiyalari qо‘qqisdan emas, balki qandaydir vaqt davomida rо‘y beradi. Tonnel obdelkasi tosh termasining tez-tez uchrab turadigan shikastlanishlari – tosh termasi choklarining yorilib va uqalanib ketishi bо‘lib, ayrim hollarda suv termaning tanasiga kirib borib, muzlab, uni buza boshlaydi.
    Buzilgan choklarni qorishma bilan yuzaki suvalishi taqiqlanadi. Devor va ravoqlardagi choklarni ulash harakatlararo tanaffuslardagi “darcha”larda maxsus havozalardan turib bajariladi.
    Tonnel obdelkasi ravog‘ining termasidagi kuchsiz qotirilgan pardozlov toshlari transport vositasi harakati va tonnel ichida ishlayotgan odamlar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ravoqda topilgan bunday toshlarni zudlik bilan qotirish yoki vaqtincha olib tashlash lozim.


    Download 17,83 Mb.
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.