• XII bob bo’yicha nazorat savollari
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet69/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    12.4-rasm. Tonnellarda joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun maxsus havozalar

    Tonnellar devorlari va ravoqlarining ayrim toshlarni vaqtincha qotiriluvini ochiq choklarga, qattiq navli yog‘ochlardan yasalgan ponalarni qoqish yо‘li bilan bajariladi. Kuchsizlanib qolgan pardoz toshlarini almashtirish uchun toshlarni muzlashga bardoshliligi, mustahkamligi kamida 40 MPa bо‘lgan, darzlarsiz jinslardan tayyorlab olinadi. Tushib ketgan toshlarni qaytib о‘rniga qо‘yish uchun qorishmani 1:3 nisbatda olingan markasi kamida 400 bо‘lgan sement va donadorligi 0,5...1 mm li qumdan S/Q=0,5 qilib tayyorlanadi; qorishmani tayyorlash uchun ishlatiladigan suv tarkibida sulfatlar miqdori 1500 mg/l dan oshmasligi kerak.


    Kо‘pchilik qadimda qurilgan, davriy tarzda muzlash va erishga duchor bо‘lib turadigan, suvlangan tonnellarning tosh yoki beton sirti ayrim uchastkalari shunchalik buziladiki, hatto uni olib tashlash va yangi tosh termasi bilan almashtirish zarurati vujudga keladi. Kо‘pchilik hollarda almashtirish tosh termasi materialini uning buzilish chuqurligigacha о‘yib olib tashlab, tonnel obdelkasidagi о‘yilgan joylarga qalinligi 10 dan 30 sm gacha bо‘lgan temirbeton “kо‘ylak” bilan qoplab berkitib bajariladi (12.5-rasm).





    12.5-rasm Tonnel obdelkasini temirbeton bilan qotirish:
    1 – obdelka; 2 – nuqsonli qatlamni о‘yib olish; 3 – ponalar;
    4 – krujalalar; 5 – armatura;
    6 – chegaralar; 7 – shtirlar;
    8 – qolip


    Tonnel ravog‘ida о‘pirilishlar paydo bо‘lganida, obdelka ushbu uchastkalarda zudlik bilan qotirilishi darkor. Yon tarafdan tutashgan obdelkaning mustahkamligi yetarlicha bо‘lganida, bunday qotirish obdelkalar ortiga qalamchalarni о‘rnatib olib (osma sektorli krujalalarni bog‘lash uchun) hamda yog‘och taxtalardan ship tortqisini о‘rnatib bajariladi (12.6-rasm).

    12.6-rasm. Ikki tomoni ochiq о‘pirilishni bо‘shatish va betonlashga tayyorlash: 1 – kontakt simlari; 2 – lekalo; 3 – qolip; 4 – sim; 5 – yog‘och yoki metalldan qilingan о‘rnatma detal; 6 – temirbeton; 7 – ravoqning eski tosh termasi; 8 – tok qabul qilgich konturi

    Tonnellarning me’yoriy ekspluatatsiyasi har doim ham joriy ta’mirlashni о‘tkazish bilan ta’minlanavermaydi. Qator hollarda yuqorida uqtirib о‘tilgan omillar tonnel konstruksiyasining ustuvorligi va yuk kо‘tarish qobiliyatini yо‘qolishini keltirib chiqarishi, deformatsiyalarning ortishiga va butun tonnel inshootini kapital ta’mirlovining zaruriyatiga olib keladi. Tonnel obdelkasining hech bо‘lmaganida bitta chega-raviy holatga (yuk kо‘tarish qobiliyati, haddan ziyod deformatsiyalar yoki choklar, yoki darzlarning ochilishi kabi) yetib borishida uning bundan keyingi ekspluatatsiyasi tо‘xtatiladi


    Tonnel inshootida jiddiy nuqsonlarning vujudga kelishi (obdelkadagi darzlar va ayrim joylarining kо‘pchishi, beton termasining qatlamlanib va shо‘rlanib maydalanishi, о‘piriqlarning vujudga kelishi, ruxsat etilmaydigan deformatsiyalar, choklarning haddan tashqari ochilishi, yer osti suvlarining obdelka orqali sizishi, hamda qish davrida muz qoplamalarining paydo bо‘lishi va h.k.), konstruksiyaning chegaraviy holatiga erishishi quyidagi sabablar tomonidan keltirib chiqarilishi mumkin:

    • loyihalash mobaynida tonnel konstruksiyasining ekspluatatsion, statik va dinamik sharoitlariga ta’sir etuvchi asosiy omillarni yetarlicha e’tiborga olmaslik, obdelkaning hisob-kitoblarda, tog‘ bosimining amaldagi bosimi qiymatiga tо‘g‘ri kelmaydigan xatolar va h.k.;

    • tonnelni bunyod qilish jarayonida ishlarni amalga oshirish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan qurilish kamchiliklari; yuk kо‘taruvchi konstruksiyalarning qurilish materiallarini past sifati yoki notо‘g‘ri tanlanishi;

    • tonnel inshootidan foydalanishdagi kamchiliklar va ular ustidan yomon texnik nazorat. Masalan, suv qochirish novlari va drenajlarining qoniqarsiz ishi teskari ravoqlari va devorlarining deformatsiyalariga olib keladi, tonnel usti suv qochirishining qoniqarsiz ishi tonnelning suvlanganligini oshiradi, obdelka ahvoli ustidan qoniqarsiz nazorat va joriy ta’mirning о‘z vaqtida emasligi yuk kо‘taruvchi konstruksiyasining о‘zida ham о‘ta jiddiy nosozliklar paydo bо‘lishiga olib kelishi mumkin.

    XII bob bo’yicha nazorat savollari


    1. Tonnel kesishuvining texnik holati qanday aniqlanadi?
    2. Tonnel qoplamalarini ta’mirlash va tiklash qanday amalga oshiriladi?
    3. Yaxlit beton va temirbeton tonnel qoplamalarining buzilishlaridagi nuqsonlar turlarini tushuntirib bering?
    4. Tonnel qoplamasi elementlarining deformatsiya va siljishlari nimalardan iborat?
    5. Tonnellar texnik holatini nazorat qilish, kuzatish qanday amalga oshiriladi?
    6.Tonnel yuk ko’taruvchi konstruksiyalari va qurilmalarini joriy ta’mirlash nimalardan iborat?


    Download 17,83 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.