|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 58/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx10.5-rasm. Qiya (nishab)li (a), tik (b) va qurama (v, g) devorli kotlovanlar
1-qiyalik; 2-yer osti inshooti; 3-metall qoziq (shpunt)lar
Nishabli kotlovanlarni (a) о‘zlashtirilmagan mustahkam grunt sharoitidagi maydonlarda qо‘llaniladi. Bu usulda devorlarni mustahkamlashga sarf bо‘ladigan ashyolar tejaladi.
Tik devorli (b) kotlovanlar imoratlar zich joylashgan shahar sharoitida va bо‘sh gruntlarda qо‘llanilib, ularning devorlari bir-biriga mahkamlangan metall qoziqlar, shpuntlar, ankerlar yordamida mustahkamlanadi.
Bir jinsli bо‘lmagan gruntlarda, agar maydon holati imkoniyat bersa, ashyo va mehnat sarfini kamaytiradigan qurama (v,g) devorli kotlovanlar qaziladi.
«Gruntdagi devor» usuli quyidagicha amalga oshiriladi:
qurilishi mо‘ljallangan yer osti inshooti (tonnel) perimetri bо‘yicha 0,4-1,0 m kenglikdagi, inshoot joylashish chuqurligiga transheya qaziladi;
qazilayotgan tarnsheya devorlari qulamasligi uchun ular gruntli qorishma bilan tо‘ldiriladi;
sо‘ngra gruntli qorishma yaxlit beton yoki temirbetondan quriladigan devor bilan almashtiriladi va uning ximoyasida kotlovan qaziladi va yer osti inshooti (Tonnel) konstruksiyalari tiklanadi.
10.6-rasm. «Gruntdagi devor» usuli bо‘yicha ishlarning asosiy fazalaria) ekskavator yordamida pioner transheya (1) qazish; b) forshaxta (2) qurish; v) transheya ishlanayotgan bо‘lagini greyfer yordamida qazish va ag‘darma avtomashinalarga ortish.
Keyingi yillarda transheya devorlarini mustahkamlash uchun maxsus gruntli qorishmabeton suspenziyasi ishlatilayapti. Bu qorishma 10,5-12 kN/m3 solishtirma og‘irlikka ega bо‘lib, avval suyuk (kul) holatda, vaqt о‘tishi bilan esa kuyuklashib, mexanik ta’sir natijasida yana kulga aylanadi.
Ochiq usulda tonnel qurishda quduq usuli imoratlar zich joylashgan shahar sharoitlarida qо‘l keladi. Bu usulda tonnel devorlarini imoratlar yonida yoki tagida ham joylashtirish mumkin. Bunda katta uzunlikda transheya qazish о‘rniga grunt qazish va beton quyish ishlari kichik bо‘laklarda-quduqlarda olib borilib, tonnelning har bir kо‘ndalang kesimida grunt qazish va beton yotkizish ishlari uch marta bir-biri bilan almashadi. Zarur hollarda, tonnel devorlari ortidagi va inshoot asosidagi grunt ustivorligini ta’minlash maqsadida, tonnel shipi ustidan yuqori mustahkamlash inshooti (kozirek) lar qurish mumkin.
10.3. Mustahkam bo‘lmagan gruntlarda tonnel sun’iy bo‘shlig‘ini vaqtinchalik mustahkamlash
Vaqtinchalik mustahkamlashning vazifasi – bu, doimiy konstruksiya – qoplama qurilgunga qadar tog‘ bosimining о‘sishi, gruntlar qatlam-qatlam bо‘lib kо‘chishi va sun’iy bо‘shliqqa qulashining oldini olishdan iborat.
Mustahkam bо‘lmagan gruntlarda vaqtinchalik mustahkamlash grunt qazish bilan bir vaqtda bajarish zarur bо‘lgan murakkab jarayondir. Shuning uchun bо‘sh, siljishga moyil gruntlarda eng qulay va universal yelpig‘ichsimon yog‘och va ravoqsimon metall mustahkamlash inshootlari keng qо‘llaniladi.
Kalottani kengaytirish, ya’ni nisbatan kichik о‘lchamlardagi yuqori yо‘lakdan tо‘la kenglikdagi sun’iy bо‘shliqqa о‘tish tonnel kesimini kengaytirishning eng mas’uliyatli bosqichidir. Kalotta uzunligi muhandis-geologik sharoitlardan kelib chiqib, 4÷6,5 metrdan iborat bо‘lgan alohida halqalarda kengaytiriladi. Tog‘ bosimi katta va yana о‘sishi mumkin bо‘lgan, yer osti suvlarining katta oqimi mavjud bо‘lgan murakkab sharoitlarda halqa uzunligi 2 metrgacha kamaytirilishi mumkin. Kalottani keigayirish ishlari boshlangunga qadar, yuqori yо‘lakda kamida ikkita grunttushirgich (furnel)lar qurilgan va uchta tonnel halqasi kengligidan kam bо‘lmagan masofaga qazilgan bо‘lishi kerak. Kalottani kengaytirishdan oldin, yuqori yо‘lakning mustaxkamlash inshooti, ularni yig‘ishtirib kalotta qazish maqsadida perimetri bо‘yicha grunt massivini ushlab turuvchi rama (untersuga) о‘rnatilib mustahkamlanadi .
Mustahkamlash ramalari о‘rnatishga kirishishdan oldin yuqori yо‘lak asosida bir-biridan 1,5÷2,0 metr masofada maxsus qazilgan, chuqurligi 50 santimetrli kо‘ndalang ariqchalarda ikki qirrali qilib yо‘nilgan xodalar 1 yotqizilishi kerak. Bunday xodalarning uzunligi yо‘lak kengligidan biroz katta bо‘ladi.
Shunday qilib, kalotta kesimini kichik kalottaga ochish bajariladi, chunki qazish ishlari boshlanayotgan yuqori yо‘lakning balandligi 3.5 metrdan kо‘p bо‘lmay, kalotta sun’iy bо‘shlig‘ini birdaniga tо‘la ochish mumkin emas. Shuning uchun qazish ishlarini ikki (kichik va katta kalottalar ochish) va uch (kichik, о‘rta va katta kalottalar ochish) bosqichda bajarishga tо‘g‘ri keladi.
Kichik kalotta g‘о‘lalari uchida bironta ham ustun joylashtirish mumkin bо‘lmaganda, о‘rta (kamdan-kam hollarda) yoki katta kalottani ochishga kirishiladi. Katta kalottani ochishga kirishishdan oldin kengligi 0,5 metr va uzunligi katta kalotta xodasi 8 ning uzunligidan biroz uzunroq kо‘ndalang ariqcha qaziladi. Katta kalotta xodasi (diametri 0,5 metrgacha bо‘lgan xoda)ning uzunligi sun’iy bо‘shliq asosining kengligidan kichikroq bо‘lishi kerak. Katta kalotta xodasi, ularni joyiga olib borish va о‘rnatishni qulaylashtirish maqsadida, о‘zaro bir-biri bilan о‘yiqlar va ustquymalar yordamida ulanadigan ikki yoki uch qismdan iborat qilib tayyorlanadi.
Bitta halqa masofasida katta kalotta g‘о‘lalari о‘rnatilgandan sо‘ng ustki qatlam mustahkamlash inshooti kichik kalotta ustunlaridan katta kalotta ustunlariga qayta mahkamlanadi. Kichik kalotta fermasi elementlari katta kalotta fermalari о‘rnatilgandan sо‘ng olinishi mumkin.
|
| |