• 10.2. Qalqon usulida tonnel qurish texnologiyasining mohiyati. Qalqonlar tasnifi. Tonnellarni ochiq usulda qurish
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet57/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    10.1-rasm. Kamon о‘qsimon ishchi ajratishga mо‘ljallangan kombaynning umumiy kо‘rinishi


    10.2-rasm. Kamon о‘qi (strela)ga о‘xshash qismli kombayn sxemasi

    Bunday kombaynlar о‘z texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, gruntni qazilayotgan yuza bо‘yicha bir yо‘la qaziydi, yoki avval,qazilayotgan yuzaning yuqori qismidan ruxsat etilgan balandlikkacha qazib, sо‘ng bо‘shliq ostki qismini qaziydi. Jumladan, 4PP-2 kombayni yordamida qazilayotgan yuza tuprog‘ini 4,5 m balandlikkacha, 4PP-5 kombayni bilan - 5.0 m gacha, GPK-2 kombayni bilan – 5,5 m gacha Kavlash mumkin. Balandligi 5 m dan ortiq tonnellarni qazish za’rurati bо‘lgan hollarda TK-2 va TK-1S kombayn komplekslaridan foydalanish lozim.





    10.3-rasm. 1-4PP-2 tipdagi kombayn; 2-kо‘chma platforma; 3-yuqori yukortgich; 4-pastki yukortgich.TK-2 kompleksi bо‘lgan balandligi va kengligi 5 m dan 8 m gacha bо‘lgan tonnellarni 30 dan 80 m3/s unо‘mdorlik bilan Kavlash imkonini yaratadi. TK-1 kompleksi bilan mustahkamlik koeffitsiyenti f ≤ 6 bо‘lgan gruntlarda kо‘ndalang kesimi 18 dan 37 m2 bо‘lgan tonnellarni 70 m3/s unumdorlik bilan kavlash mumkin.

    10.2. Qalqon usulida tonnel qurish texnologiyasining mohiyati. Qalqonlar tasnifi. Tonnellarni ochiq usulda qurish


    Tonnellarni qalqon usulida qurish - bu kо‘chma mexanizatsiyalash-tirilgan qoplama, ya’ni kavlash qalqonidan foydalanishdir.
    Qalqon - bu qazilayotgan joyni kavlash va mustahkamlash, gruntni yig‘ishtirib olish, qoplama qurish va olga siljish uchun mо‘ljallangan mexanizatsiyalashtirilgan qurilma va moslamalar bilan ta’minlangan agregatdir. Qalqon, shuningdeq grunt qazilayotgan joyni qazish va qoplama qurish jarayonlari davomida tog‘ jinslari qо‘llashlaridan himoya qiladi.
    Hozirgi vaqtda har xil diametrdagi va turli muhandis - geologik sharoitlar uchun mо‘ljallangan kavlash qalqonlarining unlab turlari mavjud. Turli qalqonlar uchun har xil qazish, gruntni yig‘ishtirish va qoplama qurish usullari qо‘llaNilsa ham, quyidagi umumiy qalqon usulida ishlash tartibini kayd etish mumkin:

    10.4-rasm. Qalqon usulida tonnel qurish sxemasi
    Pichoq halqasi 1 ximoyasida grunt qazilayotgan joyni о‘tish uzunligi 1 ga qoplama о‘lchovlariga mos qilib kavlash va gruntni yig‘ishtirish; tayanch halqasi 2 aylanasi bо‘yicha joylashgan qalqon gidravlik domkratlari 3 ni ishlatish; tayyor qoplamalar 5 ga tiralgan holda qalqonni oldinga siljitish; sо‘ngra, domkratlar shtoklarini joyiga kirgizib, qalqon qobiqlari 4 ximoyasida yig‘ma qismlardan yoki yaxlit-presslangan betondan qoplama qurish va bir yо‘la keyingi о‘tish uzunligiga grunt qazish.
    Kalqon konstruksiyasi, unda о‘tish mashinalarini joylashtirish va mahkamlash (mexanik asboblar bilan qazish mumkin bо‘lgan yumshoq gruntlarda), portlatish ishlarini bajarish (kattiq qoyatosh tog‘ jisnlarini qazishda) imkonini yaratmog‘i zarur.
    Qalqonlar quyidagicha guruhlanadi:

    • qazish va gruntni yig‘ishtirish usullari bо‘yicha: mexanizatsiyalashti-rilmagan, mexanizatsiyalashtirilgan va qisman mexanizatsiyalashtirilgan;

    • kо‘ndalang kesimining shakli bо‘yicha: aylana, tо‘g‘riburchakli, trapegiodal, ravoqsimon, yasen, murakkab kо‘rinishlarda;

    • о‘lchovlari bо‘yicha: kichik qalqonlar - diametrlari 3,5 metrgacha, о‘rtacha qalqonlar - 3,5 m. dan 6,5 m. gacha, katta qalqonlar - 6,5 m. dan ortiq.

    Mexanizatsiyalashtirilgan qalqonlar quyidagicha tasniflanishi mumkin:

    Qalqon usuli bilan tonnel qurilishi ishlarini tashqil qilish qabul qilingan qalqon turi va tonnel qoplamasining konstruktiv hususiyatlariga bog‘liq. Qalqon usulida tonnel qurish texnologik jarayonini kompleks mexanizatsiyalash faqat qalqon ichida joylashtirilgan uskuna va jihozlar hisobiga emas, balki qalqondan tashqaridagi texnologik platformada joylashgan asbob-uskunalar hisobiga erishiladi. Asosini о‘tish qalqonlari tashkil qilgan bunday qisman yoki tо‘la mexanizatsiyalashtirilgan komplekslar qalqon komplekslari deb ataladi.


    Qalqon usuli bilan tonnel qurilishi ishlarini tashqil qilish qabul qilingan qalqon turi va tonnel qoplamasining konstruktiv hususiyatlariga bog‘liq. Qalqon usulida tonnel qurish texnologik jarayonini kompleks mexanizatsiyalash faqat qalqon ichida joylashtirilgan uskuna va jihozlar hisobiga emas, balki qalqondan tashqaridagi texnologik platformada joylashgan asbob-uskunalar hisobiga erishiladi. Asosini о‘tish qalqonlari tashkil qilgan bunday qisman yoki tо‘la mexanizatsiyalashtirilgan komplekslar qalqon komplekslari deb ataladi.
    Ochiq usulda tonnel qurishning mohiyati shundaki, avval yer yuzasidan turib kotlovan yoki transheya qaziladi, sо‘ngra u yerda tonnel konstruksiyasi quriladi va namо‘tkazmaslik tadbirlari bajarilib, grunt bilan qatlamlab kо‘miladi.
    Ochiq usulda tonnel qurish usuli ochiq (bо‘sh) maydonlarda har xil kollektorlar, sayoz joylashgan bir va ikki yо‘lli metropoliten yurish va bekat tonnellari, yer osti piyoda yо‘llari, tonneloldi va bekatoldi inshootlari, shuningdek suvosti Tonnellari qurilishida foydalaniladi. Ochiq usul bilan tonnel qurishning bir necha usullari mavjud: kotlovan usuli, transheya («gruntdagi devor») usuli, quduq usuli, qalqon usuli, shuningdek chо‘ktiriladigan bо‘lak (seksiya) va tonnel-kesson usullari.
    Muhandis-geologik sharoitlar va shahar qurilishining hususiyatlariga qarab kotlovan devorlari tabiiy qiyalikda, vaqtincha mustahkamlangan tik holatda yoki qurama (kombinatsiyalashgan) holda bо‘ladi (10.5-rasm).




    Download 17,83 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.