|
Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya
|
bet | 54/106 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 17,83 Mb. | | #238557 |
Bog'liq 5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx9.7-rasm. Tо‘ntarilgan gumbaz usulidagi ishlarning ketma-ketligi
Ikkala turda ham teskari gumbaz yoki asos plitasi ohirgi navbatda quriladi. Bu usul gumbaz tayanchlari bosimini xavfsiz qabul qilaoladigan tog‘ jinslarida qо‘shganilishi mumkin. Masalan: mergerlar, gillar, quruq grunt (lyoss)lar; zich qumok grunt (suglinok)lar va qoyatosh jinslar.
Kesimni tо‘la ochish usulida grunt qazish ishlari tonnel kesimining yuqori qismidan pastga karab, koplama qurish esa ostki qismidan yuqoriga qarab olib boriladi. Bu usulni qoplamaga katta bosimda ta’sir kо‘rsatmaydigan va qazish uchun PM talab qilmaydigan yumshoq gruntlarda qо‘llash maqsadga muvofikdir. Masalan, slanetslar, ohakgil (mergel)lar.
Tonnel qoplamasi devorlari va gumbaz qismini tahlagandan sо‘ng qaziladigan yadro. Tayanch yadro usulida grunt qazish va qoplama qurish ishlari alohida bо‘laklarda kesimning ostki qismidan boshlanib, yuqori qismida tugallanadi. Bu usul nisbatan bо‘sh va namlangan tog‘ jinslarida qо‘llaniladi.
9.6. Tog‘ usulida tonnel qurish ishlarini tashkil qilish
Tonnellarini tog‘ usulida qurish, qazilayotgan joyda sun’iy bо‘shliq qismlarini vaqtinchalik mustahkamlab grunt qazish va ketma-ket doimiy tonnel konstruksiyasi - qoplama qurishni nazarda tutadi. Joylashish sharoitlari va gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari, shuningdek, tog‘ sun’iy bо‘shlig‘i kesimining о‘lchovlariga qarab, qazish ishlari tо‘la kesimda bir yо‘la yoki alohida qismlarda bajariladi. Bunda grunt qazish, yoki burg‘ilash-portlatish usulida, yoki qо‘l mexanizatsiyalashtirilgan asboblari (kо‘chirish bolg‘alari), yoki kombaynlardan foydalanib bajariladi.
Muhandis-geologik sharoitlar, tonnel kо‘ndalang kesimi о‘lchovlari, kо‘rinishi va uzunligidan kelib chiqib, turli ish usullari tayinlanadi. Bunda shuni inobatga olish zarurki, har bir aniq holat uchun eng optimal ish usuli yetarli darajada yuqori qazish tezligini ta’minlashi lozim (transport tonnellari qurilishida mustahkamlik koeffitsiyenti f > 4 bо‘lgan gruntlarda bir oyda 100÷160 m, 2≤f≤4 bо‘lgan hollarda – 50÷100 m va f<2 bо‘lgan gruntlarda – bir oyda 30÷50 m).
Uzun tonnellar qurish muddatlarini qisqartirish maqsadida ulanish sun’iy bо‘shliqlari kо‘rinishidagi qо‘shimcha qazish joylari ochish kо‘zda tutiladi. Ulanish sun’iy bо‘shliqlari sifatida asosiy tonnelga parallel holda joylashgan ilgarilovchi yо‘laklardan foydalaniladi. Bu yо‘laklar tonnel trassasi bо‘yicha muhandis-geologik ma’lumotlarni о‘z vaqtida aniqlash, qо‘shimcha qazish joylari ochish, grunt massivini quritish va qazish davrida suvni chetlatish, shamollatishni va tashish ishlarini yaxshilashga mо‘ljallangandir. Bunday yо‘laklarni qazish asosiy tonnel qazilayotgan joydan sezilarli masofa (500 metrgacha)da ilgarilab borishi lozim.
Birinchi guruhda sun’iy bо‘shliq kesimi, zarur hollarda vaqtinchalik mustahkamlik inshooti о‘rnatilgach, tо‘la ochiladi (bir yо‘la yoki bir necha bо‘laklarda), sо‘ngra qoplama quriladi. Bu guruhga kesimni tо‘la ochish, biryо‘la qazish, pog‘onali qazish (ustki va ostki pog‘onalar), markaziy tayanch yadro (Yangi Avstriya) usullari kiradilar.
Uchinchi guruhda avval qurilayotgan tonnel bо‘lagining butun uzunligida yonlama yо‘laklar qaziladi (sun’iy bо‘shliq balandligiga qarab bir, ikki yoki uch yarusda) va ularda о‘sha zahoti qoplama devorlari quriladi, undan sо‘ng yuqori yо‘lak qaziladi, kalotta ochiladi va tayyor devorlarga tiraladigan gumbaz betonlanadi. Sо‘ng gumbaz va devorlar himoyasida sun’iy bо‘shliq kesimining о‘rta qismi (yadro), lotok qaziladi va teskari gumbaz betonlanadi. Bu guruhga tayanch yadro usuli kiradi.
Eng ratsional tonnel qazish usuli va mexanizatsiya vositalari, ishlarni bajarish loyihasida, variantlarni texnik-iqtisodiy solishtirish natijalari asosida aniqlanadi.
Tonnel qurilishidagi grunt qazish va qoplama qurish bо‘yicha barcha amallar aniq sharoitlardan kelib chiqib, ketma-ket, parallel va «tutash sikl» sxemalarida bajarilishi mumkin. Ketma-ket sxemada avval tonnelning butun uzunligida grunt qazilib, sо‘ng yaxlit qoplama quriladi. Parallel (birlashgan) sxemada grunt qazish va qoplama qurish ishlari bir vaqtda bajariladi. Bunda beton ishlari qazilayotgan joydagi grunt massivining barqarorligi va vaqtinchalik mustahkamlash inshooti konstruksiyasiga bog‘liq holda aniqlanadigan masofaga orqada qoladi (odatda, bu masofa 150÷500 metrni tashkil etadi). Tutash sikl sxemasida grunt qazish va beton ishlari ketma-ket qazilayotgan joy oldidagi bо‘lakda bajariladi.
Parallel (birlashgan) sxema, odatda, sun’iy bо‘shliqni qoplamasiz uzoq muddatga qoldirish mumkin bо‘lmagan yoriqli qoyatosh gruntlarda uzun tonnellarni qurishda foydalaniladi. Bu sxemada ish tashkil qilishning eng nozik joyi beton ishlari frontini kengaytirish bо‘lib, yuklangan va bо‘sh transport vositalarini qazilayotgan joyga va teskari yо‘nalishda harakatlanishini ta’minlash zarur. Ish tashkil qilishning optimal yechimi sifatida asosiy tonnelga parallel joylashgan qidiruv-transport yо‘lagidan tuproq va ashyolar tashish, bо‘sh transport vositalarining yurishi uchun foydalaniladi. Bunda asosiy tonnel va yordamchi yо‘lak orasida har 300÷500 m masofada transport ulanishlari (sboykalar) quriladi. Katta uzunlikdagi tonnellar qurilishida (ayniqsa nam gruntlarda) bunday yо‘lak (ba’zi hollarda, ikkita) bо‘lishi shart, chunki u asosiy tonnel qurilishini yengillashtiradi (muhandis-geologik ma’lumotlarni aniqlash, tuproq massivini qisman quritish va b.) va ish fronti kengayishi hisobiga qurilish muddatini qisqartiradi (qazilayotgan joy sonini oshiradi).
Tonnel qurish usulini tanlashga ta’sir qiluvchi asosiy omil – bu grunt massivining muhandis-geologik sharoitidir. Hozirgi vaqtda gruntlarni bо‘sh, yumshoq, yarimqoyatosh va qoyatosh guruhlarga turkumlash qabul qilingan bо‘lib, ularda sun’iy bо‘shliq qazilganda katta tog‘ bosimi hosil bо‘ladi. Uning uchun bu gruntlarda sun’iy bо‘shliq kesimini nisbatan katta bо‘lmagan bо‘laklarga bо‘lib, albatta vaqtinchalik mustahkamlash inshootlari bilan mahkamlab qurish usullari qо‘llaniladi.
Mustahkam bо‘lmagan (ya’ni, bо‘sh, yumshoq va yarimqoyatosh) gruntlarda sun’iy bо‘shliq kesimi bо‘yicha о‘rnatiladigan kо‘p sonli vaqtinchalik mustahkamlash inshooti elementlari qazish va betonlash ishlarini mexanizatsiyalashni qiyinlashtiradi. Bu holda grunt qazish ishlari qо‘l va pnevmatik asboblar yordamida, ortish ishlari esa qо‘lda yoki kichik gabaritli ortish mashinalari bilan amalga oshiriladi. Qoplamani betonlash ham, odatda, katta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bо‘lgan beton quyish mashinalaridan foydalanish uchun zarur bо‘lgan keng ish fronti bо‘lmagani uchun qо‘lda bajariladi
9.7. Yig‘ma qoplamali tonnellarni tog‘ usulida qurishning o‘ziga xos xususiyatlari
Bu usuldan mustahkamlik kaeffitsienti f ≥ 1,5 bo‘lgan barqaror gruntlarda sun’iy bo‘shliqni to‘la kesimi bilan ochish imkonini beradigan va ship qismi ishonchli aylana ko‘rinishdagi tonnel qurishda foydalaniladi. Usulning moxiyati shundaki, sun’iy bo‘shliqning ship kismining va qazilayotgan yuzasi inventar mustahkamlash inshootlari yordamida bir yo‘la ochilib, so‘ngra bevosita qazilayotgan joyda yig‘ma qoplama montaj kilinadi. Grunt bolg‘alari vositasida yoki burg‘ilab-portlatib qaziladi. Yig‘ma qoplamani montaj qilish mexanik yig‘uvchilar bilan bajarilishi sababli, tonnel qazish ishlari boshlanishidan oldin montaj kamerasi – mexanik yig‘uvchini montaj qilish uchun mo‘ljallangan, qazilayotgan tonnelning kichik uzunlikdagi bosh bo‘lagi quriladi.
Montaj kamerasini qurish. Kamera qurish tonnel o‘qi bo‘yicha o‘tilgan, qoplamaning birinchi qirqim xalqalarini joylashtirishga mo‘ljallangan yo‘lak 1 ni ochishdan boshlanadi. Bu yo‘lakning uzunligi montaj chig‘irini joylashtirish uchun ochish bo‘lagi tashqarisiga l2 miqdorida chiqib turadigan darajada qabul qilinadi. Ochish bo‘lagi qo‘shimcha qamragichlar 2 o‘rnatiladi, furnel qaziladi va yuqori yo‘lak ochiladi. Bu yo‘lakdagi ishlarni 1.5-paragrafda tasvirlangan ketma-ketlikda, yelpig‘ichsimon yog‘och mustahkamlash inshootidan foydalanib, lk uzunligida kalotta ochiladi. Kalotta bo‘ylama g‘o‘lalari 3 va yuqori g‘o‘lalari 4, qoplama konturli loyihaviy chegarasi tashqarisida, qoplama qirqim halqalarigi chig‘irlar bilan yig‘ish uchun zarur bo‘lgan montaj bloklarini joylashtirishni hisobga olib o‘rnatiladi. Kalottadan bir-ikki qoplama halqasi 5 eniga teng l1 ko‘ndalang qirqim ko‘rinishida kesimning ostki qismi qaziladi.
2>
|
| |