• 9.3. Yaxlit tonnel qoplamalarini qurish
  • Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya




    Download 17,83 Mb.
    bet50/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    dk - kontur shpurlari orasidagi masofa, m.;
    Ra- sun’iy bо‘shliq; asosining kengligi, m.;
    da - asos shpurlari orasidagi masofa, m.;
    d - PM patroni diametri, m.;
    KT - shpurlar tо‘ldirish koeffitsiyenti;
    = 1,0÷1,45 - mm zaryadlash yoki patronlash zichligi;
    K = 1,05÷1,45 - zaryadlash jarayonida kukunlangan yoki plastik PM zaryadning zichlashish koeffitsiyenti, g/sm3;
    S1=S–Skont - Tonnel kesimi yadrosining yuzasi, m2.
    Bu yerda:
    Skont= (Nk-1)dkWk
    Nk= - kontur shpurlarining soni;
    Wk= kontur zaryadlarining eng qisqa qarshiligi
    Bu yerda:
    mk - zaryadlar yaqinlashuv koeffitsiyenti:
    mk=1,1÷1,3 - kattiq gruntlar uchun
    mk=0,8÷0,9 - seryoriq gruntlar uchun
    Shpurlar chuqurligi sun’iy bо‘shliq; о‘lchamlari, qizilayotgan grunt hususiyatlari, burg‘ulash asbob-uskunalari turi, qabul qilingan ishlarni tashqil qilish sxemasiga qarab quyidagicha tayinlanadi:
    2-2,5 m - qо‘l perforatorlari bilan burg‘ilashda;
    2,7-4,0 m - burg‘ilash mexanizmlari bilan burg‘ilashda;
    5,0-6,0 m - katta kо‘ndalang kesimli Tonnellarni qurishda portlatuvchi moddalar ularni joylashtirish tartibi, portlatilayotgan gruntlar mustahkamligi, PM qiymati va xavfsizlik shartlaridan kelib chiqib tanlanadi.
    Kо‘ndalang kesim yuzasi S bо‘lgan sun’iy bо‘shliqdagi gruntni о‘tish bо‘lagi 1о‘.b.ga qazish sikli uchun zarur bо‘lgan PMning umumiy sarfini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
    Q=qо‘r . S . lо‘.b.
    Bu yerda: qо‘r- qazilayotgan grunt seryoriqligi va mustahkamligi, sun’iy bо‘shliq kesimi, PM ish qobiliyati, zaryadlash zichligiga bog‘liq PM о‘rtacha sarfi, kg/m .
    qо‘r =
    bu yerda: e=0,65÷1,1- PM ish qobiliyati koeffitsiyenti;
    = 1,0÷1,1 - zaryadlash zichligining ta’sir koeffitsiyenti;
    = 0,6÷0,8dan 2,0 gacha - grunt strukturasi koeffitsiyenti.
    Zaryadlarni portlatish elektrli, alangali, elektralanganli va kapsulasiz-detonatsiyalovchi shnurli usullarda amalga oshiriladi.
    Zaryadlar detonatsiyalanishi (portlatish hosil qilish) ni ta’minlovchi portlatish vositalari quyidagilardan iborat:

    • kapsula-detonatorlar;

    • alanga о‘tqazish shnurlari;

    • oniy, qisqa sekinlashib va sekinlashib ta’sir kо‘rsatadigan elektrdetonatorlar.

    9.3. Yaxlit tonnel qoplamalarini qurish
    Yaxlit tonnel qoplamalari kurit uchun ishlatiladigan ashyolardan eng ma’qо‘li beton bо‘lib, u tashish va qо‘yish ishlarini tо‘la mexanizatsiyalashtirish, tonnel qoplamasiga talab qilingan geometrik kо‘rinishni berish imkonini yaratadi. Yaxlit qoplamalar asosan beton, sachratma-beton, ba’zi hollarda temirbetondan kuriladi. Eng kо‘p qо‘llaniladigan yaxlit beton mustakhamligi, kо‘pga chidamliligi va yonginbardoshligi bilan ajralib turadi. Uning plastiklik hususiyati konstruksiyaga xoxlagan geometrik kо‘rinishni berish, murakkab ulanishlarni bajarish imkonini yaratadi. Yuqori sifatli beton qoplama hosil qilish uchun ishlatiladigan beton qorishma hosil qilish uchun ishlatiladigan beton quyidagi texnologik talablarga javob berishi lozim.

    • qorishmani kerak masofaga tashishda va bir necha marta qayta ortishda qavatlarga ajralmasligini ta’minlovchi yetarli darajadagi qо‘zgaluvchanlik (подвижность);

    • qorishmani kolipdan kavatlarga ajralmasdan xoxlagan shakl, о‘lchov va hajmda joylashishini ta’minlovchi qulay joylashishlik (удобоукладиваемость);

    • qorishmani qatlamlarga ajralmasdan tanlangan vosita bilan berilgan darajagacha zichlash imkonini beradigan shakllanishlik (формируемость);

    Tayyorlanadigan beton qorishmasining yuqori sifatli bо‘lishi konstruksiyada talab kilinadigan hususiyati bir turdagi beton olish uchun zarur, lekin yagona talab emas. Shuningdeq qorishmani kavatlarga ajralmasdan kо‘rsatilgan muddatlarda tashish, ishchi choklari uzunligini minimumga tushirish va puxta shibbalash, meyoriy qotish, birinchi navbatda harorat tartibini ta’minlash zarur...
    Grunt qazish va beton quyish ishlarining ketma-ketligi va о‘zaro bog‘likdigi katog‘ omillarga, shu jumladan, muxdidis-geologik sharoitlar, ish hajmi va usullariga bog‘likdir.
    Tonnel qurilishi ikki xil usulda: bir vaqtda va ketma-ket bajariladi.
    Ishlarni bir vaqtda bajarilganda sun’iy bо‘shliq qazish va betonlash ishlar tonnelning har xil bо‘laklari uchun bir vaqtda olib boriladi. Ketma-ket usulda, esa avval katta masofada (ba’zi hollarda tonnel uzunligi bо‘yicha) sun’iy bо‘shliq kazilib, sо‘ng betonlash ishlari bajariladi. Birinchi usul keng tarkalgan bо‘lib, qurilish muddati va sun’iy bо‘shliqni vaqtincha mustahkamlash inshootlarida turish vaqtini kamaytiradi, ammo kо‘p miqdorda ashyo sarfini va qо‘l mehnatini talab qiladi.
    Ishlarni ketma-ket bajarish usuli yaxlit qoyatosh jinslarda uzun bо‘lmagan va kichik о‘lchamdagi kо‘ndalang kesimli tonnellarni qurishda qо‘llaniladi. Bu usul energiya sarfi, ish kuchi va asbob-uskunalarni kamaytirish imkonini beradi, ammo qurilish muddati uzayadi.
    Betonni kuyilish joyiga har xil mexanizatsiyalashtirilgan usullar bilan uzatish mumkin. Ammo, shu uzatish muddati 50 minutdan oshmasligi lozim.
    Tonnel qurish ishlarini tashqil qilishning umumiy sxemasi quyidagilarni yoritgan bо‘lishi kerak:

    • beton uzellari yoki zavodlarning о‘rnashgan joyi;

    • beton qorishmasini yetqazib berish usullari va vositalari;

    • sun’iy bо‘shliq; qazish va betonlash ishlari bajarilishining ketma-ketligi;

    • qoplama qismlarini betonlashning tartibi;

    • qoplama qurishning qazilayotgan joydan ortdakrlishi;

    • texnologik jarayon barcha buginlari aniq ishlashini ta’minlay oluvchi asosiy mexanizm va asbob-uskunalar.

    Qoplamalarni bо‘sh grunt sharoitida betonlash
    Hamma turdagi yaxlit qoplamalar ularni qurish uchun gumbaz qoliplari (krujala), lekalalar va devor qoliplaridan foydalaniladi...
    Yumshoq gruntlarda qoplama qurishda gumbaz qoliplari (krujalo), lekalolar va qoliplardan foydalaniladi. Gumbaz qoliplari va lekalolar pо‘latdan va yog‘ochdan yasaladi. Pо‘lat gumbaz qoliplari uzaro nakladka va boltlar yordamida, parchinlab yoki payvandlab ulangan ikki va kо‘p alohida ikki tavrli va shveller balkalardan tayyorlanadi. Yog‘och gumbaz qoliplari maxsus talablarni rioya qilib tayyorlanadi. Yog‘och qoliplar uchun 5-7 smqadlinlik va 5-13 sm kenglikdagi taxtalardan foydalanib, beton kuyishda randalangan tо‘tash, harsangtosh qoplamalar uchun esa randalanmagan orasi ochiq holda bajariladi.
    Qoyatosh tog‘ jinslarida qoplama qurish keng mexanizatsiyalashtirilgan beton kuyish usulidan, ya’ni beton qorishmasini betonnasoslar yordamida uzatish va betonkuyish moslamalaridan foydalanish imkonini yaratadi (9.3-rasm).




    Download 17,83 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




    Download 17,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlarni qurish va ekspluatatsiya

    Download 17,83 Mb.