• IX BOB. TONNELLARNI TOG‘ USULIDA QURISH ASOSALARI
  • VIII bob uchun nazorat savollari




    Download 17,83 Mb.
    bet48/106
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,83 Mb.
    #238557
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI SUN’IY1docx

    VIII bob uchun nazorat savollari

    1. Ekspluatatsiya xizmatini takomillashtirish uchun qanday tadbirlar tashkil etiladi?


    2. Ko’priklar ekspluatatsiyasining vazifasi, strukturasi va tarkibi qanday qismlardan tashkil topgan?
    3. Ekspluatatsiya qilinayotgan ko’prik inshootlarining diagnostikasi qanday tashkil etiladi?
    4. Ko’prik metall konstruksiyalarini diagnostikasining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
    5. Ko’prik va sun’iy inshootlar konstruksiyalarini deformatsiyasi qanday aniqlanadi?
    6. Sun’iy inshootlar konstruksiyalarida sinov uchun namunalar qanday usullar bilan olinadi?

    IX BOB. TONNELLARNI TOG‘ USULIDA QURISH ASOSALARI


    9.1. Tog‘ sun’iy bo‘shlig‘i qismlari va ularni qazish usullari. Mexanik vositalar yordamida grunt qazish tadbirlar
    Sun’iy bо‘shliq - bu foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish, muhandis-geologik izlanishlar olib borish va yer osti inshootlari (tonnellar) qurish uchun mо‘ljallangan, yer qobig‘ida sun’iy hosil kilingan kovakdir.
    Fazoda joylashuviga qarab sun’iy bо‘shliqlar yotiq yoki qiya va tik bо‘ladi.

    9.1-rasm. 1.Kalotta; 2.Shtrossa; 3.Yо‘lak; 4.Ship; 5.Qazilayotgan joy; 6.Asos (tag); a - о‘tish bо‘lagi

    Tik joylashgan sun’iy bо‘shliq nay deb atalib, о‘ngga ustki, nayoldi sun’iy bо‘shlig‘i va yaqinlashish (tarqalish) yо‘laklari ulanadi.


    Odatda, tonnel qazish ishlari peshtoqoldi о‘yiqlarini qazish va rо‘para qiyalik (врезка)larni mustahkamlashdan boshlanadi.
    Peshtoqoldi о‘yiqlarining chuqurligi iqtisodiy hisoblar natijalari va muhandis-geologik sharoitlardan kelib chiqib, quyidagicha qabul qilinadi:

    • mustahkamlik koeffitsiyenti g=0,5-z,0 bо‘lgan bо‘sh gruntlar uchun -10÷15 m;

    • mustahkamlik koeffitsiyenti g>3 bо‘lgan yarimqoyatosh va qoyatosh gruntlar uchun - 15÷20 m.

    Rо‘para qiyalik va о‘yiqlar qiyaliklari о‘pirilish, grunt siljishlarining oldini olish va ustivorligini ta’minlash maqsadida mustahakamlangan va himoya bо‘g‘ot (kozxrek)lari bilan ta’minlangan bо‘lishlari zarur.
    Tonnel qazish ishlari, odatda, yordamchi sun’iy bо‘shliqlar - yо‘naltiruvchi yо‘laklar qazishdan boshlanadi. Yо‘naltiruvchi yо‘laklar quyidagicha turkumlanadi:

    • vazifasi bо‘yicha: yо‘naltiruvchi, transport, yaqinlashuv (tarqalish) va drenaj yо‘laklari;

    • joylashuvi bо‘yicha: yuqori, pastki, yon tomon va markaziy yо‘laklar.

    Transport yо‘laklarining о‘lchamlari temir izlar soni va foydalanilayotgan transport vositalari (vogonetkalar, avtomobillar va b.) turi bо‘yicha aniqlanadi. Yо‘lakda bitta temir yо‘l izi joylashtirilgan holda (9.1- -rasm) vagonetka yuqori qismi sathidagi yо‘lak kengligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
    b1=b+c+c1+c2
    b - vagonetka kengligi;
    c1=0,2÷0,3 m- mustahkamlash inshooti va vagonetka orasidagi masofa;
    s2 - transport harakati paytida odamlar yurishiga mо‘ljallangan masofa.

    9.2-rasm. Transport yо‘laklari о‘lchamlarini aniqlash sxemasi

    Transport yо‘laklarining balandligi rels usti sathi (RUS)ga nisbatan 2,5 m dan kam bо‘lmasligi kerak.


    Agar grunt qazish usuli bо‘yicha ham yuqori, ham pastki yо‘laklarni qazish lozim bо‘lsa, u holda ular uzaro ma’lum masofadan sо‘ng tik yо‘nalgan grunt tashlagich (furnel)lar yoki qiya (ba’zi hollarda pogonali) joylashgan sboyka (bermsberg)lar yordamida ulanadi.
    Sun’iy bо‘shliqni kavlab borish jarayonidagi eng sermehnat ishlardan biri - bu turli usullarda bajariladigan grunt qazishdir.
    Eng tо‘g‘ri kavlash usulini, zarur asbob-uskuna va mexanizmlarni tanlash grunt hususiyatlari va qurilishining muhandis-geologik sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
    Gruntning qaziluvchanlik darajasi uning quyidagi hususiyatlariga bog‘liq.

    • kattikliq ya’ni qazuvchi asbobning kirib borishiga qarshilik kо‘rsatish;

    • yopishqoqlik ya’ni grunt massasidan bо‘laklar uzilishga qarshilik;

    • elastikli; ya’ni gruntlarning tashqi ta’sir natijasida deformatsi-yalanishidan sо‘ng birlamchi holatiga qayta olish qobiliyati.

    Tog‘ jinslarining tashqi mexanik ta’sirlarga qarshilik kо‘rsata olishi, ya’ni ularning ishlanuvchanligi quyidagi kо‘rsatkichlarga bog‘liq:

    • mustaxkamlik ya’ni tog‘ jinslarining turli mexanik ta’sirlarga qarshiligi;

    • burg‘ilanuvchanlik ya’ni tog‘ jinslarining burg‘ilash jarayonida buzilishga qarshiligi (bu kо‘rsatkich vaqt birligida standart perforatog bilan burg‘ilangan shpur uzunligi bilan aniqlanadi);

    • portlanuvchanlk ya’ni tog‘ jinslarining portlash jarayonida buzilishga qarshiligi (bu kо‘rsatkich portlanuvchi moddalar solishtirma sarfida ish hajmi birligini buzish uchun zarur bо‘lgan PM miqdori bilan aniqlanadi);

    • parchalanuvchanlik ya’ni energiya solishtirma sarfi bilan aniqlanuvchi tog‘ jinslarining parchalanib buzilishga qarshiligidir.

    Yumshoq bо‘sh gruntlar va о‘rtacha kattiklikdagi (1=0,6-h1,5) gruntlarni qazish pnevmatik kо‘chirish bolg‘alari va belchalari yordamida bajariladi. Og‘irligi bо‘yicha ular quyidagicha guruhlanadi: yengil (8 kg), о‘rtacha (9-10 kg) va og‘ir (12,4 kg).
    Pnevmatik vositalarni harakatga keltirish uchun kerak bо‘lgan, 5-8 atm. bosimdagi siqilgan havo kо‘chma (6-9m3/min) va statsionar kompressor stansiyalarida ishlab chiqariladi.
    Kompressor stansiyasining unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    rk=(is+iy)khhb
    bu yerda: is - pnevmatik asboblar va mashinalardagi umumiy havo sarfi;
    iy - ulanishlarda havo yо‘kolishi;
    kh= 1h-0,55 - pnevmatik qurilmalarning bir vaqtda ishlashini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
    Tog‘ jinslarining burg‘ulanuvchanligi bо‘yicha qazish vositalari (usullari) tanlash bо‘yicha tasnifi

    Download 17,83 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




    Download 17,83 Mb.